Traneksam 250retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol modda – 250 mg Traneksam kislotasi, Yordamchi moddalar (yadrosi) – mikrokristall tsellyuloza, giproloza, natriy karboksimetilkraxmali, talk, kolloid kremniy dioksidi, kaltsiy stearati. Yordamchi moddalar (qobig‘i) – gipromelloza, titan dioksidi, talk, makrogol.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

250 mg Traneksam kislotasi,

Preparatning savdo nomi:

Traneksam 250

Farmakalogik guruhi:

Gemostatik vosita.

Dori shakli:

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Ikki tomoni qavariq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesilganda – oq yoki och sariq yoki kul rangli tusli oq rangli

Gemostatik vosita.

V02AA02

Antifibrinolitik vosita. Traneksam kislotasi profibrinolizinni (plazminogenni) faollashishi va uni fibrinolizinga (plazminga) aylanishini o‘ziga xos ravishda ingibitsiya qiladi. Fibrinolizni oshishi (trombotsitlar patologiyasi, menorragiyalar) bilan bog‘liq bo‘lgan qon ketishlarida mahalliy va tizimli gemostatik ta’sirga ega. Shuningdek traneksam kislotasi kininlar va allergik hamda yallig‘lanish reaktsiyalarida ishtirok etuvchi boshqa faol peptidlar hosil bo‘lishini bostirilishi hisobiga, allergiyaga va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.

Preparat 0,5-2,0 g diapazonidagi dozada peroral qabul kilinganidan keyin 30% dan 50% gacha qismi so‘riladi. Plazmada maksimal kontsentratsiyaga 0,5 g, 1 g va 2 g qabul qilinganidan keyin 3 soat o‘tgach erishiladi va maksimal kontsentratsiyasi muvofiq ravishda 5 mg/l, 8 mg/l va 15 mg/l ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari (profibrinolizin bilan) bog‘lanishi 3% dan kamroq tashkil qiladi. Preparat to‘qimalarda nisbatan teng taqsimlanadi (istisno – orqa miya suyuqligida traneksamat kislotasining kontsentratsiyasi plazmadagi kontsentratsiyasining taxminan 1/10 ni tashkil etadi); platsentar to‘siq orqali ko‘krak sutiga o‘tadi (onasini plazmasidagi kontsentratsiyasidan taxminan 1%). Traneksam kislotasi urug‘ suyuqligida aniqlanadi, fibrinolitik faolligini kamaytiradi, ammo spermatozoidlarning migratsiyasiga ta’sir qilmaydi. Boshlang‘ich taqsimlanish xajmi – 9-12 l ni tashkil etadi. Turli to‘qimalarda antifibrinolitik kontsentratsiyasi 17 soatgacha, plazmada – 7-8 soatgacha saqlanadi. Metabolizmga ahamiyatsiz darajada uchraydi. Egri chizig‘i ostidagi maydon yarim chiqarilish davri (T½) yakuniy fazada 3 soat bo‘lgan uch fazali shaklga ega. Umumiy buyrak klirensi plazma klirensiga teng (bir soatda 7 l). Buyrak orqali (asosiy chiqarilish yo‘li – kalavalar filtratsiyasi) 95% dan ko‘proq qismi o‘zgarmagan ko‘rinishda birinchi 12 soat davomida chiqariladi. Taneksam kislotasini 2 metaboliti: N- atsetil guruxini qo‘shilgan va amin guruhini yo‘qolgan hosilalari aniqlangan. Buyrak funktsiyasi buzilganda traneksam kislotasini to‘planish xavfi mavjud.

Qon ketishlar yoki qon ketishlar xavfi: Mahalliy fibrinolizni kuchayishi (bachadondan qon ketishlar, shu jumladan Villebrand kasalligi va boshqa koagulopatiyalar fonida, burundan, me’da ichaklardan qon ketishlar, gematuriya, prostatektomiyadan va bachadon bo‘ynining raki bo‘yicha o‘tkazilgan konizatsiyadan keyingi qon ketishlar, gemorragik diatez bo‘lgan bemorlarda tishni sug‘urish; Yoyilgan fibrinolizni kuchayishi (me’da osti va prostata bezi xavfli o‘smalari, ko‘krak qafasi a’zolaridagi operatsiyalar, tug‘ruq, yo‘ldoshni qo‘lda ajratib olish bachadondan qon ketishlar, leykoz, jigar kasalliklari); Homiladorlikda qon ketishlar; Nasliy angionevrotik shishi, allergik kasalliklari (ekzema, allergik dermatitlar, eshakemi, dorivor va toksik toshma); Yallig‘lanish kasalliklari (tonzillit, faringit, stomatit, og‘iz bo‘shlig‘ini shilliq qavatini aftoz shikastlanishi) fonida qo‘llanadi.

Ichga buyuriladi. Mahalliy fibrinolizda 1000-1500 mg dan sutkada 2-3 marta buyuriladi. Bachadondan profuz qon ketishlarda 1000-1500 mg dan sutkada 3-4 marta 3-4 kun davomida buyuriladi. Villebrand kasalliklari va boshqa koagulopatiyalar fonida qon ketishlarda 1000- 1500 mg dan sutkada 3-4 marta buyuriladi. Davolash kursi davomiyligi 3-10 kunni tashkil qiladi. Bachadon bo‘ynining o‘tkazilgan konizatsiya operatsiyasidan keyin 1500 mg dan sutkada 3 marta 12-14 kun davomida buyuriladi. Burundan qon ketishlarda 1000 mg dan sutkada 3 marta 7 kun davomida buyuriladi. Koagulopatiya bo‘lgan bemorlarda tishni sug‘urishda 1000-1500 mg dan sutkada 3-4 marta 6-8 kun davomida buyuriladi. Homiladorlikda qon ketishlarda qon to‘liq to‘xtaguncha 250-500 mg dan sutkada 3-4 marta buyuriladi. O‘rtacha davolash kursi davomiyligi 7 kunni tashkil qiladi. Nasliy angionevrotik shishida 1000-1500 mg dan sutkada 2-3 marta doimiy yoki tanaffuslar bilan prodromal simptomlar mavjudligiga qarab buyuriladi. Allergiya va yallig‘lanish simptomlarida 1000-1500 mg dan sutkada 2-3 marta 3-9 kun davomida ahvolini og‘irligiga qarab buyuriladi. Yoyilgan fibrinolizda davolashni Traneksamni parenteral (vena ichiga) yuborishdan boshlanadi keyinchalik 1000-1500 mg dan sutkada 2-3 marta peroral qabul qilishga o‘tiladi. Buyrak chiqarish funktsiyasi buzilganda dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinadi: qonda kreatinin klirensi 120-250 mkmol/l bo‘lganda 1000 mg dan sutkada 2 marta; qonda kreatinin klirensi 250-500 mkmol/l bo‘lganda 1000 mg dan sutkada 1 marta; qonda kreatinin klirensi 500 mkmol/l yuqori bo‘lganda 500 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi.

Preparat qabul qilinganda ko‘ngil aynishi, qusish, jig‘ildon qaynashi, diareya, toshma, teri qichishi, ishtahani pasayishi, uyquchanlik, bosh aylanishi kuzatilishi mumkin. Rang ajratishini buzilishi, kam hollarda tromboz, tromboemboliya bo‘lishi mumkin.

Preparatga yuqori sezuvchanlik, subaraxnoidal qon quyilishlarda qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan Preparatni trombozlar (bosh miya qon tomirlarni trombozi, miokard infarkti, tromboflebit) yoki hosil bo‘lishini xavfi yuqori bo‘lganida, trombogemorragik asoratlarda (geparin yoki bilvosita antikoagulyantlar bilan birga qo‘llanishi), rang ajratishini buzilishi, siydik chiqarish yo‘llarini yuqori bo‘limidan gematuriya (quyulib qolgan qon bilan obstruktsiya bo‘lishi mumkin), buyrak yetishmovchiligida (to‘planishi mumkin) ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Gemostatik preparatlar va gemokuagulaza birga qo‘llanganida tromb xosil bo‘lishi faollashishi mumkin.

Davolashni boshlashdan oldin va davolash jarayonida oftalmologning ko‘rigini o‘tqazish (ko‘rish o‘tkirligini, rang ajratishni, ko‘z tubining holatini aniqlash uchun) kerak. Hayvonlarda o‘tqazilgan tadqiqotlarda preparatni teratogen va embriotoksik ta’siri aniqlanmagan.

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Retsept bo‘yicha

250 mg li plyonka qobiq bilan qoplangan tabdetkalar. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda polivinil plyonkadan va laklangan muhrlangan alyumin folgada. 1, 2, 3, 5 kontur uyali o‘ramlarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.