Tramadol suppozitoriylarretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 100,00 mg tramadol gidroxloridi yordamchi modda: qattiq yog‘

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tramadol

Preparatning savdo nomi:

Tramadol suppozitoriylar

Farmakalogik guruhi:

aralash ta’sir mexanizmli og‘riq qoldiruvchi vosita.

Dori shakli:

rektal suppozitoriylar

oq yoki deyarli oq rangli tsilindrik konussimon suppozitoriylar.

aralash ta’sir mexanizmli og‘riq qoldiruvchi vosita.

N02AX02.

Markaziy ta’sirga va orqa miyaga ta’sirga ega bo‘lgan sintetik opioid analgetik (kaliy va kaltsiy kanallarini ochilishiga yordam beradi, membranalarning o‘ta keskin qutblanishini chaqiradi va og‘riq impulslarini o‘tkazilishini tormozlaydi), sedativ dori vositalarining (DV) ta’sirini kuchaytiradi. Bosh miya va me’da-ichak yo‘llarida (MIY) notsitseptiv tizimning afferent tolalarining pre- va postsinaptik membranalaridagi opioid retseptorlarni (myu-, delta-, kappa-) faollashtiradi. Katexolaminlarning parchalanishini sekinlashtiradi, markaziy nerv tizimida (MNT) ularning kontsentratsiyasini barqarorlashtiradi. Tramadol – o‘nga aylanuvchi (+) va chapga aylanuvchi (-) 2 enantiomerlarning ratsemik aralashmasi bo‘lib, ularning har biri boshqasidan farqli retseptorga yaqinlik namoyon qiladi. Tramadolning o‘ngga aylanuvchi enantiomeri myu-opioid retseptorlarning selektiv agonisti hisoblanadi, shuningdek serotoninni qayta neyronal qamrab olinishini tanlab tormozlaydi, chapga aylanuvchi esa – noradrenalinni qayta neyronal qamrab olinishini tormozlaydi. Mono-O-dezmetiltramadol (T1 metabolit) shuningdek myu-opioid retseptorlarni selektiv rag‘batlantiradi. Tramadolning opioid retseptorlarga yaqinligi kodeinga qaraganda 10 marta kuchsizroq, va morfinga qaraganda 6000 marta kuchsizroq. Og‘riq qoldiruvchi ta’sirining yaqqolligi morfindan 5-10 marta kuchsizroq namoyon bo‘ladi. Og‘riq qoldiruvchi ta’siri organizmning notsitseptik faollikni pasayishi va antinotsitseptik tizimini oshishi bilan bog‘liq. Nafas markazini susaytiradi, qusish markazining ishga tushiruvchi zonasini, ko‘zni harakatlantiruvchi nerv yadrosini qo‘zg‘atadi. Davomli qo‘llanganida tolerantlik rivojlanishi mumkin.

So‘rilishi Tramadol rektal qo‘llanganda tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Rektal qo‘llanganda biokiraolishligi taxminan 80 % ni tashkil qiladi. 100 mg/l zardobni kontsentratsiyasi taxminan 0,8 soatdan keyin erishiladi (minimal og‘riq qoldirish samarasi rivojlanishi uchun) va 6 soat davomida saqlanib qoladi. Gematoentsefalik va yo‘ldosh to‘siqlaridan o‘tadi, 0,1% tramadol ko‘krak suti bilan chiqariladi. Taqsimlanish hajmi – 306 l, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 20%. Jigarda glyukuron kislotasi bilan kon’yugatsiyalanib N- va O-demetillanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. 11 metabolitlari aniqlangan, ulardan mono-O-dezmetiltramadol (M1) farmatsevtik faollikka ega. Yarim chiqarilish davri (T½) ikkinchi fazada 6 soat (tramadol) va 7,9 soatni (mono-O-dezmetiltramadol) tashkil qiladi; 75 yoshdan oshgan patsiyentlarda – 7,4 soat (tramadol), jigar tsirrozida – 13,3± 4,9 soat (tramadol), 18,5±9,4 soat (mono-O-dezmetiltramadol), og‘ir xollarda muvofiq – 22,3 soat va 36 soat; surunkali buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi (KK) minutiga 5 ml dan kam) – 11±3,2 soat (tramadol), 16,9±3 soat (mono-O-dezmetiltramadol), og‘ir xollarda muvofiq – 19,5 soat va 43,2 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali chiqariladi (25-35% o‘zgarmagan holda), buyraklar orqali chiqarilishining o‘rtacha kumulyativ ko‘rsatgichi – 94%. Taxminan 7% gemodializ yordamida chiqariladi.

turli etiologiyali kuchli va o‘rtacha jadallikdagi og‘riq sindromi (shu jumladan, jarohatlar, operatsiyadan keyingi davr, onkologik bemorlardagi og‘riqlar); og‘riq bilan kechadigan diagnostik va davolash muolajalarni og‘riqsizlantirishda qo‘llanadi.

Rektal qo‘llaniladi. Doza shaxsiy tanlanadi va og‘riq sindromini yaqollik darajasiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalar: 1 suppozitoriy sutkada 3-4 marta qo‘llanadi. Preparatni 3-5 soatdan keyin qayta qo‘llash mumkin. Maksimal sutkalik doza–sutkada 400 mg (100 mg dan 4 suppozitoriy) dan oshmasligi kerak, onkologik bemorlarda og‘riqni yengillashtirish va operatsiyadan keyingi kuchli og‘riqli holatlardan tashqari; bunday holatlarda dozani sutkada 600 mg (6 suppozitoriy) gacha oshirish mumkin. Buyrak/jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar Buyrak/jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda T½ ni uzayishi mumkin bo‘lgani hisobiga tramadol davomliroq ta’sir qilishi mumkin. Bunday bemorlar uchun shifokor bir martalik dozani qabul qilish orasidagi intervalni uzaytirishni tavsiya qilishi mumkin. KK minutiga 30 ml dan kamroq va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda Tramadol preparatini navbatdagi dozalarini qabul qilish orasidagi interval 12 soat bo‘lishi kerak. Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar uchun maksimal sutkalik doza 200 mg (2 suppozitoriy) dan oshmasligi kerak. Gemodializda bo‘lgan patsiyentlarga dializ kunida ham Tramadol preparatining odatdagi dozalari buyuriladi. Jigar tsirrozi bo‘lgan patsiyentlarga sutkada 100 mg (1 suppozitoriy) dan tavsiya etiladi. 75 yoshdan oshgan patsiyentlar 75 yoshdan oshgan patsiyentlarda tramadolni organizmdan chiqarilishi, hatto buyrak va/yoki jigar faoliyati buzilishlarini klinik ko‘rinishlari bo‘lmaganda ham sekinlashadi. Bu bemorlarda shuningdek preparatni qabul qilish orasidagi intervalni oshirish kerak. 300 mg (3 suppozitoriy) sutkalik dozani oshirish tavsiya etilmaydi.

Nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish tez-tezligini tasnifi (JSST): juda tez-tez >1/10 tez-tez >1/100 dan <1/10 gacha tez-tez emas >1/1000 dan <1/100 gacha kam >1/10000 dan <1/1000 gacha juda kam <1/10000 dan, shu jumladan alohida xabarlar. Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan Juda tez-tez: bosh aylanishi; Tez-tez: bosh og‘rig‘i; Tez-tez emas: xavotirlik, ongni chalkashishi, uyquchanlik; Kam hollarda: eyforiya, emotsional beqarorlik, tungi daxshatlar, kognitiv buzilishlar, gallyutsinatsiyalar, amneziya; harakat koordinatsiyasini buzilishi, tirishishlar, paresteziyalar, tremor, diqqat koordinatsiyasini buzilishi, tutqanoqsimon xurujlar, uzoq vaqt qo‘llanganda – doriga qaramlikni rivojlanishi. Juda kam hollarda: sarosimali xujumlar, quloqlarda jaranglash; Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: Kam hollarda: taxikardiya, yurak urishini xis qilish, yurak-qon tomir kollapsi, xushdan ketish, ortostatik gipotenziya, yurak-qon tomir yetishmovchiligi; Juda kam hollarda: bradikardiya, arterial bosimni oshishi; Nafas tizimi tomonidan: Kam hollarda: hansirash, nafasni susayishi, o‘pka shishi; Sezgi a’zolari tomonidan: Juda kam hollarda: ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, ba’zida midriaz, ta’mni buzilishi; Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: Juda tez-tez: ko‘ngil aynishi; Tez-tez: qusish, qabziyat yoki diareya, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining quruqligi; Tez-tez emas: dispepsiya, qorin og‘riqlari, qorinni dam bo‘lishi; Kam hollarda: yutishni qiyinlashishi; Juda kam hollarda: “jigar” transaminazalari faolligini oshishi; Teri qoplamalari tomonidan: Tez-tez: ko‘p terlash; Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: Tez-tez emas: siydikni tutilishi, siyish tez-tezligini oshishi, xayz ko‘rish tsiklining buzilishi, menopauza belgilari; Kam hollarda: dizuriya; Tayanch-harakat apparati tomonidan: Kam hollarda: mushak kuchsizligi; Moddalar almashinuvi tomonidan: Tez-tez emas: anoreksiya; Kam hollarda: tana vaznini pasayishi; Allergik reaktsiyalar: Kam hollarda: allergik reaktsiyalar (masalan, eshakemi, terini qichishishi, ekzantema, bullyoz toshma, angionevrotik shish) va anafilaksiya. Boshqalar: uzoq muddat qo‘llanganda – doriga qaramlik; keskin bekor qilinganda – “bekor qilish” sindromi.

tramadolga va boshqa analgetiklarga yuqori sezuvchanlik; nafasni susayishi yoki MNT yaqqol susayishi bilan birga kechuvchi xolatlar ( shu jumladan alkogol, uxlatuvchi DV, narkotik analgetiklar va boshqa psixoaktiv DV bilan zaxarlanish); farmakorezistent tutqanoq; og‘ir buyrak (KK minutiga 10 ml dan kam) yoki jigar yetishmovchiligi; tramadolni narkotiklarni “bekor qilish” sindromini davolash uchun preparat sifatida qo‘llash; bolalar (14 yoshgacha); monoaminooksidaza ingibitorlarini bir vaqtda va ular bekor qilinganidan keyin 14 kun davomida qo‘llash; suitsidal moyillik, psixoaktiv moddalarni suiste’mol qilishga moyillik; homiladorlik, laktatsiya davrida (homiladorlik va emizish davrida faqat xayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin) qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan Buyrak (KK minutiga 10-30 ml) va/yoki jigar faoliyatini buzilishi, bosh miya jarohatlari, ongning turli genezli buzilishlari, tirishishlar, bosh suyagi ichki gipertenziya, tutqanoq, noma’lum genezli qorin bo‘shlig‘idagi og‘riqlar (“o‘tkir” qorin), serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari (ayrim antidepressantlar va ishtaxani pasaytiruvchi dori vositalari) bilan bir vaqtda qo‘llash, tritsiklik antidepressantlar, boshqa tritsiklik birikmalar (masalan, prometazin bilan), migrenga qarshi DV (triptonlar), narkotik analgetiklar, neyroleptiklar va tirishish faolligi bo‘sag‘asini pasaytiruvchi boshqa DV, qaramlik shakllanishiga moyillik (alkogolizm, doriga yoki narkotikka qaramlik).

Tramadolni MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda yoki ular bekor qilinganidan keyin 2 hafta davomida qo‘llash mumkin emas. MNT ta’sir qiluvchi moddalar (anestetiklar, antidepressantlar, neyroleptiklar, sedativlar, anksiolitiklar, uxlatuvchi vositalari) bir vaqtda qo‘llanganda yoki alkogol iste’mol qilinganda, oshiqcha sedatsiya va og‘riq qoldiruvchi ta’sirini kuchayishi bilan namoyon bo‘luvchi sinergetik samaraning ehtimoli bor. Tramadol MNT susaytiruvchi DV va etanolning ta’sirini kuchaytiradi. Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (shu jumladan karbamazin, barbituratlar) og‘riq qoldiruvchi samaraning yaqqolligini va ta’sirining davomiyligini kamaytiradi. Tirishishlarning yuqori xavfi tufayli, karbamazepin va tramadolni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Opioid analgetiklar yoki barbituratlarni davomli qo‘llash kesishgan tolerantlik rivojlanishini rag‘batlantiradi. Anksiolitiklar og‘riq qoldiruvchi samaraning yaqqolligini oshiradi; barbituratlar bilan majmuada anesteziyaning davomiyligi oshadi. Opioidli analgetiklar qo‘llanganidan keyin analgeziyani yo‘qotib, nalokson nafasni faollashtiradi. MAO ingibitorlari, furazolidon, prokarbazin, antipsixotik DV (neyroleptiklar) tirishishlarni rivojlanish xavfini oshiradi (tirishish bo‘sag‘asini pasayishi). Xinidin tramadolning plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradi va CYP2D6 izofermentni raqobatli ingibitsiya qilishini hisobiga M1 metabolitni kontsentratsiyasini pasaytiradi. CYP2D6 izoferment ingibitorlari (fluoksetin, paroksetin va amitriptilin kabi) tramadolning metabolizmini pasaytiradi. Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (ayrim antidepressantlar va ishtahani pasaytiruvchi DV), tritsiklik antidepressantlar, boshqa tritsiklik moddalar (masalan, prometazin), migrenga qarshi DV (triptanlar), narkotik analgetiklar, MAO ingibitorlari, neyroleptiklar va tirishiga tayyorlik bo‘sag‘asini pasaytiruvchi boshqa DV, tirishishlarni rivojlanish xavfini oshiradi. Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari, serotonin va noradrenalinni qayta qamrab olinishini ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlari, migrenga qarshi DV (triptanlar) va tramadolning metabolizmini buzuvchi DV (CYP2D6 va CYP3A4 izofermentlarning ingibitorlari), tramadol bilan birga qo‘llanganda serotonin sindromini chaqirishlari mumkin (ongni chalkashishi, ajitatsiya, gipertermiya, ko‘p terlash, ataksiya, giperrefleksiya, mioklonus, diareya). Serotoninergik preparatlarni bekor qilish, serotonin sindromining simptomlarini tezda bartaraf qiladi. Tramadol va kumarin hosilalari (masalan, varfarin) bilan bir vaqtda davolashda ehtiyotkorlik kerak, chunki ayrim patsiyentlarda xalqaro me’yorlashtirilgan nisbatni (XMN) oshishi va ekximozlar paydo bo‘lishi haqida xabarlar bor. Qusishga qarshi vosita – 5-NTZ-serotonin retseptorlarini antagonisti operatsiyadan oldin va keyin qo‘llanganda, operatsiyadan keyingi og‘riq sindromi bo‘lgan patsiyentlarda tramadolga ehtiyojni oshiradi.

Tramadolni opioidlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin, lekin juda ehtiyotkorlik bilan. Qaramlik shakllanishiga moyilligi bo‘lgan shaxslarda (alkogolizm, doriga yoki narkotikka qaramligi bo‘lganlarda) tramadol qo‘llashdan saqlanish kerak. Tramadol qo‘llanganda suitsid xavfi oshadi. Og‘ir noxush samaralar rivojlanganda preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Tserebral tirishishlari bo‘lgan patsiyentlar preparat bilan davolash davomida va uni qo‘llash to‘xtatilganidan keyin bir necha kun davomida sinchkov tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak. Tramadolni opioidli qaramlikda o‘rinbosar davolash sifatida qo‘llash to‘g‘ri kelmaydi. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda jigar klirensini pasayishi oqibatida, qon zardobida tramadolning kontsentratsiyasi va uning T½ oshadi. Bunday patsiyentlarga kam dozalar va/yoki Tramadol preparatini qabullari orasidagi intervalni oshirish tavsiya etiladi. Tramadolni yuqori bosh miya ichki bosimi va anamnezida bosh miya jarohati bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin, lekin juda extiyotkorlik bilan.

Homiladorlik vaqtida qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Yuqori dozalari homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqqa noxush ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qo‘llash faqat qat’iy tibbiy kuzatuv ostida va shaxsiy ravishda, istisno hollarda, agar ona uchun potentsial foyda, bola uchun xavfni oqlasagina qo‘llash mumkin. Laktatsiya vaqtida preparatning taxminan 0,1% dozasi ko‘krak sutiga chiqarilishini hisobga olish kerak. Homiladorlik va emizish vaqtida Tramadol preparatini faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin.

Tramadol diqqatni jamlashni buzilishini, gallyutsinatsiyalar, ongni chalkashishi, bosh aylanishi va boshqa nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, shuning uchun preparat bilan davolanish vaqtida diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

30 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: ongni buzilishi (xatto komagacha), tirishishlar, arterial bosimni pasayishi, taxikardiya, qorachiqlarni torayishi yoki kengayishi, nafasni susayishi. Davolash: xushni yo‘qotish va yuzaki, kuchsiz nafas bilan og‘ir intoksikatsiyada opioid retseptorlarning antagonistlarini (nalokson), tserebral tirishishlarda – benzodiazepin qatori preparatlarni (diazepam) vena ichiga yuborish kerak. Gemodializ kam samarali. Gemodializ yordamida tramadolning chiqarilishi – taxminan 7% ni tashkil qiladi.

Faqat shifokor retsepti bo‘yicha.

Rektal suppozitoriylar 100 mg. 5 suppozitoriydan Al/PE striplarda 1 strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

5 yil.