Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
Yodopovidon (polividon) 30/06 va 30/06 M10, to‘yintirilgan rN 2,5-3,5 gacha natriy fosfati trigidrati eritmasi, tozalangan suv 1000 ml gacha.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
Povidon-yod
Preparatning savdo nomi:
Tozaden
Farmakalogik guruhi:
Antiseptik va dezinfektsiyalovchi vositalar.
Dori shakli:
sirtga qo‘llash uchun eritma
plyonka hosil qiluvchi to‘q jigarrang rangli suyuqlik, kuchsiz o‘ziga hos hidli, barcha nisbatlarda suv bilan aralashadi.
Antiseptik va dezinfektsiyalovchi vositalar.
D08AG02
Qo‘llarni dezinfektsiya qilishda va shilliq qavatiga antiseptik ishlov berishda, masalan, jarrohlik operatsiyalaridan, ginekologik, akusherlik muolajalaridan, qovuqni kateterlashda, biopsiyadan, inyektsiyalardan, punktsiyalardan, qon olishdan oldin, hamda infektsiyalangan materiallardan tasodifan ifloslanganda birinchi yordam sifatida;Jarohat va kuyishlarga antiseptik ishlov berish;Qo‘llarga gigiyenik va jarrohlik ishlov berish;Preparatning suyultirilgan eritmasi oftalmologiya amaliyotda va chaqaloqlarda ko‘z infektsiyalarini oldini olish uchun;Xalqum va og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida (stomatit, paradontit va boshq.) og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqni chayish uchun qo‘llaniladi.
Sirtga.
Preparatni qo‘llash sohasiga qarab suyultirilmagan yoki suyultirilgan (1:2, 1:10, 1:25 yoki 1:100) suvli eritma ko‘rinishida ishlatiladi.
Kichik jarohatlarga, tirnalishlarga, kuyishlarga ishlov berish uchun preparat suyultirilmagan xolda yuzaga surtish yo‘li yoki eritma bilan shimdirilgan salfetkani qo‘yish orqali qo‘llaniladi.
Terining sog‘lom soxalarini dezinfektsiya qilish uchun.
Punktsiyadan, qon olishdan, biopsiyadan va shunga o‘xshashlardan oldin suyultirilmagan preparat 1-2 minutga ko‘yiladi.
Operatsiyadan va invaziv aralashuvlardan oldin (shu jumladan akusherlik va ginekologik amaliyotda) teri va shilliq qavatini dezinfektsiya qilish uchun operatsiya maydoniga suyultirilmagan preparat bilan 2 minutlik ekspozitsiya bilan 2 marta ishlov beriladi.
Jarroh qo‘llariga ishlov berish uchun 5 ml suyultirilmagan preparat kaftlar bilan tirsakkacha 5 minut davomida ishqalanadi.
Muolaja 2 marta takrorlanadi.
Xodimlarning quliga gigiyenik ishlov berish uchun 3 ml suyultirilmagan preparat kaftlar bilan tirsakkacha 5 minut davomida ishqalanadi.
Muolaja 2 marta takrorlanadi.
Teri va shilliq qovatlarini davolash uchun preparat suyultirilmagan xolda yuzalarga 1-2 minut davomida ishlov berish orqali qo‘llanadi.
Og‘iz va tomoqni chayqash suyultirilmagan yoki suyultirilgan (5 ml ½ stakan suvga) preparat bilan amalga oshiriladi.
Bemorga operatsiyadan oldin “dezinfektsiyalovchi cho‘milish” deb nomlangan gigiyenik ishlov berish uchun suyultirilgan (1:100) preparat eritmasi bilan ho‘llangan gubka bilan bemorni ishqalash yo‘li orqali amalga oshiriladi.
Bachadon ichki spiralini yuborishda, qinni yuvishda, chov sohasini yuvishda va urologiyadagi yuvishlarda eritmani suyultirilgan (1:25) xolda ishlatiladi.
Invaziv muolajalardan keyingi asoratlarni oldini olish yoki davolash uchun, yiringli jaroxatlarni davolashda preparat suyultirmasdan yoki suyultirib yuzaga surtish yoki namli salfetkani qo‘yish yo‘li orqali ishlatiladi.
Kuyishlarni davolashda jarohatning xolatiga qarab preparat suyultirmasdan yoki suyultirib ishlatiladi.
Suyultirilmagan preparat bilan bog‘lov materiali shimdiriladi.
Bakterial yoki zamburug‘li dermatitni davolash uchun preparat suyultirilgan (1:10) holda ishlatiladi.
Oftalmologik jarrohlik.
Preparatni steril fiziologik eritma va/yoki 1,23%-5% kontsentratsiyali fosfat buferda suyultirilgan steril eritmasini qo‘llash tavsiya qilinadi.
Uy sharoitida teriga, uning sog‘lom sohalariga ishlov berishda yoki kichik jaroxatlarga, tirnalishlarga, kuyishlarga, terining bakterial va zamburug‘li shikastlanishlariga ishlov berishda preparatni suyultirilmagan holda qo‘llash tavsiya qilinadi.
Preparatni suyultirishni bevosita qo‘llashdan oldin amalga oshirish kerak.
Preparatning (1:2) va (1:10) nisbatdagi suyultirilgan eritmasi 10 sutkadan ko‘p bo‘lmagan, 1:25 va 1:100 nisbatdagisi 3 sutkadan ko‘p bo‘lmagan vaqtgacha saqlanadi.
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Yuqori sezuvchanlik teri reaktsiyalari (masalan sekinlashgan turdagi allergik reaktsiyalar: qichishish, qizarish, po‘rsildoq va boshqalar).
Juda kam hollarda ta’riflangan.
Alohida hollarda arterial bosimini pasayishi va/yoki nafasni qiyinlashishi bilan bo‘lgan yoyilgan o‘tkir teri reaktsiyalari (anafilaktik reaktsiyalari) ta’riflangan.
Preparatning eritmasi uzoq muddat qo‘llanganida yodning ahamiyatli miqdori so‘rilishi mumkin.
Moyilligi bo‘lgan shaxslarda alohida hollarda yod bilan induktsiyalangan gipertireoz aniqlangan.
Preparatni va vodorod peroksidini, hamda jarohatlarga ishlov berish uchun kumush va touloridin saqlovchi ferment preparatlarini yoki antiseptik preparatlarini birga qo‘llash o‘zaro samaradorlikni pasayishiga olib keladi.
Simob saqlovchi dezinfektsiyalovchi vositalar, ishqorlar va kislotalar bilan farmatsevtik nomutanosib.
Ikki oylikdan ortiq homiladorlikda, hamda emizish davrida preparatni faqat qat’iy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin va u ona va bolaning qalqonsimon bezi faoliyatini sinchkov kuzatuvini talab qiladi.
Bunday xollarda preparatni faqat qisqa muddat qo‘llash mumkin.
Yod yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi.
Preparatni qo‘llash qalqonsimon bezini yodni yutishini pasaytirishi mumkin, shu sababli qalqonsimon bezining kasalliklarini yod preparatlari bilan davolashni rejalashtirilishi mumkin emas.
Preparatni qo‘llash to‘xtatilgandan keyin kamida 1 hafta intervalni saqlash lozim.
Preparatni oksidlovchi ta’siri turli tashxisiy sinamalarni soxtamusbat natijalariga olib kelishi mumkin (masalan: siydikda glyukozani o‘lchash).
Preparatni oksidlovchi xususiyati metallarning korroziyasini chaqirishi mumkin, shuning uchun alohida hollarda rangni o‘zgarishi kuzatilishi mumkin, u odatda tiklanadi.
Preparat to‘qima va boshqa gazlamalardan sovunli issiq suv bilan oson ketkaziladi.
Preparatni ko‘zga tushishidan saqlanish lozim.
Yorug‘lik va 400S dan yuqori harorat preparatning faolligini pasayishini tezlashtiradi.
Preparat eritmasi to‘q jigarrang rangda bo‘lishi kerak.
Preparatni bakteritsid ta’siri qon ishtirokida pasayadi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Preparatning katta miqdori qo‘llanganidan keyin quyidagi belgilar paydo bo‘lishi mumkin: anuriya, qon aylanishini yetishmovchiligi, hiqildoqni kuchsiz puls bilan va u bo‘lmaganida shishishi, o‘pkalarning shishishi, moddalar almashinuvini buzilishi.
Davolash: Darxol kraxmal yoki oqsil saqlovchi ovqat mahsulotlarini (kraxmalni suvdagi yoki sutdagi eritmasi) yuborish.
Me’dani 5% tiosulfat natriy eritmasi bilan (yoki vena ichiga 10 ml 10% tiosulfat eritmasini yuborish) zaruratga qarab 3 soatlik interval bilan yuvish tavsiya etiladi.
Retseptsiz
30 ml, 50 ml, 100 ml, 500 ml va 1000 ml dan eritma zarg‘aldoq shisha yoki polietilenterftalat flakonlarda.