Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: suv va elektrolit muvozanatini buzilishlari (gipovolemiya, gipokaliyemiya, giponatriyemiya); metabolik alkalozni kuchayishi.
Kuchli siydik chiqarilishi natijasidagi suyuqlik va elektrolitlarni ahamiyatli darajada yo‘qotilishlarida arterial gipotenziya, ongni chalkashishi, trombozlar, yurak ritmini buzilishi, stenokardiya, o‘tkir miokard infarkti, sinkope rivojlanishi bilan kardial va tserebral ishemiya kuzatilishi mumkin.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, kuchli toliqish, mushaklarni tirishishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qabziyat, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, me’dada og‘riq, diareya, jigarning ayrim fermentlarini (xususan, gamma-glutamiltranspeptidaza) oshishi, pankreatit.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: siydik chiqarilishini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, prostata bezining gipertrofiyasi) siydikni jadal ajralishi, siydikni tutilishiga va qovuqni haddan tashqari kengayishiga olib kelishi mumkin; qonda kreatinin va mochevinani oshishi.
Moddalar almashinuvi tomonidan: qonda siydik kislotasi, glyukoza, lipidlar (triglitseridlar, xolesterin) miqdorini oshishi.
Qon tizimi tomonidan: trombotsitlar, eritrotsitlar, va/yoki leykotsitlar sonini kamayishi.
Immun tizimi tomonidan: allergik reaktsiyalar, shu jumladan toshmalar, qichishish, ekzantema, fotosezuvchanlik, og‘ir teri reaktsiyalari.
Boshqalar: umumiy holsizlik, og‘izni qurishi, paresteziyalar, ko‘rishni buzilishi, quloqda shovqin, eshitishi pasayishi, eshitishni yo‘qolishi.