Torroksretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

№ Aminokislota Yorlig‘idagi ko‘rsatma g/100 ml Spetsifikatsiya 1. L-Asparagin kislotasi 0,250 Br.F. 2. L-Treonin 0,250 AQSH F. 3. L-Serin 0,100 AQSH F. 4. L-Glutamin kislotasi 0,075 AQSH F. 5. Glitsin 0,760 Br.F. 6. L-Alanii 0,200 AQSH F. 7. L-Valin 0,360 AQSH F. 8. L-Metionin 0,225 AQSH F. 9. L-Izoleytsin 0,352 AQSH F. 10. L-Leytsin 0,490 AQSH F. 11. L-Tirozin 0,025 AQSH F. 12. L-Fenilalanin 0,533 AQSH F. 13. L-Gistidin 0,250 Br.F. 14. L-Triptofan 0,090 AQSH F. 15. L-Lizin gidroxloridi 0,430 AQSH F. 16. L-Arginin 0,500 AQSH F. 17. L-Prolin 0,100 AQSH F. 18. L-Tsistein 0,010 Br.F. 19. Sorbitol 5,000 Br.F. 20. Natriy metabisulfiti 0,020 Br.F. 21. Natriy gidroksidi 0,140 Br.F. 22. Inyektsiya uchun suv Q.S. Br.F.

Preparatning savdo nomi:

Torroks

Farmakalogik guruhi:

parenteral oziqlantirish uchun preparat, aminokislotalar.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma

tiniq, rangsiz yoki och sariq eritma.

parenteral oziqlantirish uchun preparat, aminokislotalar.

V05VA10

“TORROKS” oqsilga ehtiyoji past, normal yoki yuqori bo‘lgan turli patologiyali bemorlarni, enteral oziqlanish samarasiz yoki iloji bo‘lmagan hollarda parenteral oziqlantirish uchun mo‘ljallangan. “TORROKS” da saqlanuvchi almashtirib bo‘ladigan va almashtirib bo‘lmaydigan L-aminokislotalar tabiiy fiziologik birikmalardir. Ovqat bilan tushadigan va oqsillarning parchalanishi yo‘li bilan olinadigan aminokislotalar kabi, parenteral yuboriladigan aminokislotalar ham qon plazmasining erkin aminokislotalarining umumiy tarkibiga tushadi, undan xujayralarga oqsillarning sintezi uchun va turli metabolik yo‘llariga ketadi. Barcha aminokislotalar L-shakllarda bo‘lib, bu ularning oqsil biosintezida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyatini ta’minlaydi. Barcha sakkizta almashtirib bo‘lmaydigan, shuningdek shartli ravishda almashtirib bo‘ladigan L-arginin va L-gistidin saqlaydi. L-arginin ammiakni mochevinaga aylanishiga yordam beradi, jigarda oqsillarning katabolizmida hosil bo‘ladigan ammoniyning zaharli ionlarini bog‘laydi. Bu preparatlarda energiyaning asosiy manbai sorbitoldir, u jigarda fruktoza-6-fosfatga fosforlanadi. Sorbitol va fruktozani o‘zlashtirilishida insulin ishtirok etmaydi, bu ularni insulinga bog‘liq bo‘lmagan energiya manbaiga aylantiradi – ular qo‘llanganida glyukoza saqlovchi parenteral oziqlanish uchun preparatlar ishlatilganida uchrashi mumkin bo‘lgan giperglikemik atsidoz paydo bo‘lmaydi. Bundan tashqari, sorbitol glyukozaga qaraganda aminokislotalarning eng yaxshi erituvchisidir, chunki aldegid va keton guruhlarni saqlamaydi, aminoguruxlar bilan o‘zaro ta’sir qilmaydi va aminokislotalarning o‘zlashtirilishini pasaytirmaydi.

Parenteral yuborilgan aminokislotalar organizmda oqsil sintezi jarayonida ishlatiladi. Bu jarayonda ishlatilmaydigan aminokislotalar mochevinani hosil bo‘lishi bilan dezaminatsiyaga uchraydilar, u so‘ngra siydik bilan chiqariladi. Aminokislotalarning T1/2 (sog‘lom odamlarda) 5-15 minutni tashkil qiladi. Aminokislotalarning qondagi kontsentratsiyasi tez oshirilganida, ular biotransformatsiyalanishga ulgurmay, organizm tomonidan o‘zlashtirilmay, siydik bilan chiqishi mumkin. “TORROKS” organizmda flavinmononukleotid fermentiga biotransformatsiyalanadi, so‘ngra esa flavinadenindinuleotidga. “TORROKS” metabolitlari plazma oqsillari bilan 60% ga bog‘lanadi. “TORROKS” siydik bilan, qisman metabolitlari shaklida chiqariladi. Sorbitol dastlab jigarda fruktozagacha metabolizmga uchraydi, lekin darhol glyukozagacha metabolizmga uchrashi ham mumkin.

Enteral oziqlanishning imkoni yo‘qligida; ovqat hazm qilish a’zolarining og‘ir kasalliklarida (me’da-ichak yo‘llarining obstruktsiyasi, kamso‘rilish sindromi, ichakning yallig‘lanish kasalliklari, pankreatit, ichak oqmalari); jarohatlarda; kuyishlarda; sepsisda; xavfli o‘smalarda operatsiyadan oldingi va keyingi davrda parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadi.

Patsiyentning holatiga qarab individual ravishda belgilanadi. Dozalash patsiyentning yoshi, tana vazni va holatiga qarab, aminokislotani talab etilishiga muvofiq buyurilishi kerak. Preparat v/i infuziya ko‘rinishida (yuborish tezligi minutiga 3-4 ml) sutkada tana vazniga qarab qo‘llaniladi, bu sutkada 1-2 g aminokislota/kg ga muvofiq keladi.

Ovqat hazm qilish tizimi: jigar fermentlarining faolligini oshishi. Mahalliy reaktsiyalar: preparat yuborilgan joyda terini ta’sirlanishi, tromboflebit. Aminokislotalar qon tarkibini o‘zgartirishi va qonda ammiakning miqdorini oshirishi mumkin. Ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riqlar, charchoqlik hissi, eshakemi, arterial gipertenziya, taxikardiya, paresteziyalar, nafasni buzilishi, terlash va tana haroratini oshishi paydo bo‘lishi mumkin.

proteinlar sintezini buzilishi; buyrak funktsiyasini yaqqol buzilishlari; jigar funktsiyasini yaqqol buzilishlari; yurak yetishmovchiligining og‘ir shakllari; fruktozani o‘zlashtiraolmaslik; metanol bilan zaharlanish; giperkaliyemiya; atsidoz.

Argininni tiazid diuretiklar va aminofillin bilan bir vaqtda yuborish qonda insulin miqdorini oshiradi. Arginin spironolakton bilan bir vaqtda qo‘llanganida og‘ir giperkaliyemiya bo‘lishi mumkin. Birga qo‘llanganida izoniazid, penitsillin, peroral kontratseptivlar piridoksinning metabolizmini pasaytiradi. Bir vaqtda qo‘llanganida “TORROKS” doksitsiklinning, tetratsiklinning, oksitetratsiklinning, eritromitsinning va linkomitsinning faolligini ahamiyati kamaytirdi. Preparat yuborilganida argininni tiopental bilan nomutanosibligini hisobga olish kerak. Eritmaga amikatsin, ampitsllin, tsefotaksim, tseftriakson, xloramfenikol, klindamitsin, doksitsiklin, eritromitsin glyutseptati yoki laktobionati ko‘rinishida, gentamitsin, netilmitsin, penitsillin, piperatsilin, tetratsiklin, torbamitsin, vankomitsinlarni qo‘shish mumkin. Bunday eritmalar xona haroratida 6-24 soatgacha barqaror bo‘lib qoladi. Shuningdek eritmaga aminofillin, kaltsiy glyukonati, xlorpromazin, tsimetidin, nizatidin, famotidin, ranitidin, tsiklofosfamid, tsitarabin, digoksin, dopamin, ftoruratsil, folat kislotasi, furosemid, geparin, insulin, propranolol, noradrenalin, lidokain, morfin, metotreksat, metildopa, metilprednizolon, metoklopamid, fitomenadionni qo‘shish mumkin. Bunday eritmalarning xona haroratidagi barqarorligi – 24 soatgacha.

Sepsisda, noaniq genezli arterial gipertenziyada, jigar kasalliklarida, shuningdek suyuqlikni yuborish cheklash kerak bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Preparatni buyurishda, preparatning tarkibiga kiruvchi arginin qon plazmasida fosforning kontsentratsiyasini kamayishini va kaliyning kontsentratsiyasini oshishini, ayniqsa qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda chaqirishi mumkin. Shuning uchun har qanday turdagi qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga “TORROKS” ni faqat insulinoterapiya fonida buyurish mumkin. Homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanishi: “TORROKS” preparatini homiladorlikda va emizish davrida qo‘llash mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: nojo‘ya ta’sirlarini kuchayishi. Davolash: simptomatik davolash. Chiqarilish shakli 100 ml, 200 ml va 500 ml dan rezina tiqinli, alyuminiy qopqoqcha bilan zich yopilgan shisha flakonlarda.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlatilmasin.

Simptomlari: nojo‘ya ta’sirlarini kuchayishi. Davolash: simptomatik davolash.

Retsepti bo‘yicha.

100 ml, 200 ml va 500 ml dan rezina tiqinli, alyuminiy qopqoqcha bilan zich yopilgan shisha flakonlarda.

2 yil.