Torasemid Sandozretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 2,5 mg/5 mg/10 mg torasemid; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, laktoza monogidrati, magniy stearati, makkajo‘xori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

torasemid (torasemide)

Preparatning savdo nomi:

Torasemid Sandoz

Farmakalogik guruhi:

diuretiklar, sulfanilamidlar, sodda hayvonlar.

Dori shakli:

tabletkalar

Torasemid Sandoz® 2,5 mg: oq yoki biroz sarg‘ish rangli, dumaloq tabletkalar. Torasemid Sandoz® 5 mg: oq yoki biroz sarg‘ish rangli, dumaloq shaklli, sindirish chizig‘i bo‘lgan tabletkalar. Tabletkani teng ikki qismga bo‘lish mumkin. Torasemid Sandoz® 10 mg: oq yoki biroz sarg‘ish rangli, dumaloq shaklli, krestsimon sindirish chizig‘i bo‘lgan tabletkalar. Tabletkani teng to‘rt qismga bo‘lish mumkin.

diuretiklar, sulfanilamidlar, sodda hayvonlar.

S03SA04.

Torasemid halqali diuretik hisoblanadi. Shunga qaramasdan, past dozalarda qo‘llanilganda uning diurez darajasi va davomiyligiga nisbatan farmakodinamik profili tiazid guruhidagilarga o‘xshash. Torasemid yuqoriroq dozalarda yuqori diurezni induktsiya qiladi, uning yaqqolligi dozaga bog‘liq va maksimal samara bilan xarakterlanadi. Torasemid ichga qabul qilingandan keyin 2 soat o‘tgach maksimal diuretik faollikni namoyish qiladi.

Torasemid ichga qabul qilingandan keyin tez va deyarli to‘liq so‘riladi; qon zardobidagi cho‘qqi kontsentratsiyalariga qabul qilingandan keyin 1-2 soat o‘tgach erishiladi. Ichga qabul qilingandan keyin tizimli biokiraolishligi – 80-90%. Taxminiy taqsimlanish xajmi – 16 litr. Torasemid uchta metabolitlarini (M1, M3 va M5) hosil qilib metabolizmga uchraydi. M1 va M3 gidroksil metabolitlari farmakologik faollikning taxminan 10% ni ta’minlaydi, M5 metaboliti esa faol hisoblanmaydi. Torasemidning 99% dan ko‘prog‘i, M1 metabolitining 86%, M3 metabolitining 95% va M5 metabolitining 97% qon plazmasidagi oqsillar bilan bog‘lanadi. Torasemid va uning metabolitlarining terminal yarim chiqarilish davri taxminan uch-to‘rt soatni tashkil qiladi. Umumiy klirensi – minutiga 40 ml, buyrak klirensi esa – minutiga taxminan 10 ml. Qabul qilingan dozaning taxminan 80% torasemid va uning metabolitlari ko‘rinishida buyrak kanalchalari orqali chiqariladi. Buyrak yetishmovchiligida torasemidning yarim chiqarilish davri o‘zgarmaydi, lekin M3 va M5 metabolitlarining yarim chiqarilish davri oshadi. Gemodializ va gemofiltratsiya torasemid va uning metabolitlarini organizmdan ahamiyatli darajada chiqarilishini ta’minlamaydi. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda torasemidning plazmadagi kontsentratsiyasini oshishi kuzatilgan, bu ehtimol jigarda metabolizmni susayishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Yurak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda torasemid va M5 metabolitining yarim chiqarilish davri biroz oshadi, lekin bu moddalarni to‘planishi ehtimoli kam (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang).

Torasemid Sandoz® 2,5 mg/5 mg: essentsial (birlamchi) gipertenziyada qo‘llanadi. Torasemid Sandoz® 5 mg/10 mg: yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlardagi shishlarda qo‘llanadi.

Dozalari Essentsial (birlamchi) gipertenziyani davolash Kattalar Standart doza: 2,5 mg, nonushta vaqtida qabul qilgan afzal. Davolash boshlanganidan 2 oydan keyin preparatning dozasini oshirish mumkin, bunda maksimal sutkalik doza 5 mg ni tashkil etadi. Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda shishlarni davolash Kattalar Standart doza: 5 mg sutkada bir marta ichga qabul qilinadi. Odatda bunday doza samarani bir maromda saqlab turish uchun qo‘llanadi. Zarurati bo‘lganida dozani sutkada bir marta 20 mg gacha asta-sekin oshirish mumkin. Keksa patsiyentlar Keksa patsiyentlarda preparatni dozalash bo‘yicha standart tavsiyalar qo‘llanadi. Shunga qaramasdan, keksa shaxslar va yoshroq shaxslar orasida qiyosiy tadqiqotlardan yetarli bo‘lmagan ma’lumotlar olingan. Bolalar (12 yoshgacha) Torasemidni bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang). Jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar Jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish zarurati haqida ma’lumotlar cheklangan. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarni davolaganda ma’lum ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki qon plazmasida preparatning kontsentratsiyasi oshishi mumkin (“Farmakokinetikasi”ga qarang). Qo‘llash usuli Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Tabletkalarni ertalab, chaynamasdan, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. Preparat odatda uzoq vaqt yoki shishlar bartaraf etilguncha qabul qilinadi.

Torasemid bilan davolash vaqtida bir qator nojo‘ya samaralar kuzatilishi mumkin. Ularni paydo bo‘lish tez-tezligi quyidagi tarzda ko‘rsatilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida aniqlab bo‘lmaydi). Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar Tez-tez: metabolik alkalozni kuchayishi. Mushak spazmlari (ayniqsa davolashni boshida). Qonda siydik kislotasi, glyukoza va lipidlar (triglitseridlar, xolesterin) ning kontsentratsiyasini oshishi. Kaliy miqdori past parhez, qusish, diareya rivojlanganda, surgi vositalarni haddan tashqari ko‘p qabul qilish, shuningdek jigar faoliyatini surunkali buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda gipokaliyemiya. Doza va davolash davomiyligiga qarab suv-elektrolit muvozanatini buzilishlari, xususan gipovolemiya, gipokaliyemiya va (yoki) giponatriyemiya. Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar Juda kam hollarda: trombotsitlar, eritrotsitlar va (yoki) leykotsitlar sonini kamayishi. Yurak va qon tomirlar tomonidan buzilishlar Juda kam hollarda: tromboembolik asoratlar, ongni chalkashishi, arterial gipotenziya, gemokontsentratsiya oqibatida yurak va markaziy tsirkulyator buzilishlar (shu jumladan yurak va bosh miya ishemiyasi). Bu masalan aritmiyalar, zo‘riqish stenokardiyasi, o‘tkir miokard infarkti yoki hushdan ketishga olib kelishi mumkin. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Tez-tez: me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (masalan ishtahani yo‘qolishi, me’dada og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat), ayniqsa davolashni boshida. Juda kam hollarda: pankreatit. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: qonda kreatinin va mochevina kontsentratsiyasini oshishi. Siyishni buzilishlari (masalan prostata bezi giperplaziyasi oqibatida) bo‘lgan patsiyentlarda siydikni hosil bo‘lishini kuchayishi siydikni tutilishi va qovuqni haddan tashqari cho‘zilishini chaqirishi mumkin. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar Tez-tez: qonda jigarning ayrim fermentlari (gamma-GT) kontsentratsiyasini oshishi. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar Juda kam hollarda: allergik reaktsiyalar (masalan qichishish, ekzantema, fotosezuvchanlik), og‘ir teri reaktsiyalari. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar Tez-tez: bosh og‘rig‘i, vestibulyar bosh aylanishi, yuqori toliqish, asteniya (ayniqsa davolashni boshida). Tez-tez emas: og‘izni qurishi, paresteziya. Juda kam hollarda: ko‘rishni buzilishi, quloqlarda shovqin, eshitishni yo‘qolishi. Izoh Torasemid bilan uzoq vaqt davolaganda elektrolit muvozanatni, ayniqsa zardobda kaliyning darajasini muntazam nazorat qilish talab etiladi. Shuningdek qonda glyukoza, siydik kislotasi, kreatinin va lipidlar darajasini muntazam nazorat qilish kerak. Latent yoki manifest qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda uglevod almashinuvini sinchkovlik bilan nazorat qilish tavsiya etiladi, chunki qonda glyukoza darajasi oshishi mumkin. Shuningdek qonning shaklli elementlarini (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) sonini muntazam aniqlash kerak. Ayniqsa davolashni boshida va keksa patsiyentlarda elektrolitlarni yo‘qotilishi va gemokontsentratsiya belgilari yuzasidan ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Torasemid, sulfonilmochevina preparatlari yoki preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga ma’lum o‘ta yuqori sezuvchanlik; anuriya bilan kechuvchi buyrak yetishmovchiligi; jigar komasi yoki koma oldi holati; arterial gipotenziya; gipovolemiya; giponatriyemiya va gipokaliyemiya; siyishni og‘ir darajadagi buzilishlari (masalan prostata bezi giperplaziyasi oqibatidagi); emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Ushbu preparatning quyidagi o‘zaro ta’sirlarini e’tiborga olish kerak. Torasemid gipotenziv dori vositalari, xususan AAF ingibitorlarining samaralarini kuchaytiradi. AAF ingibitorlarini qo‘shimcha dori vositasi yoki ketma-ket davolash ko‘rinishida qo‘llash arterial bosimni yaqqol pasayishiga olib kelishi mumkin. Torasemidni qabul qilish oqibatida paydo bo‘luvchi gipokaliyemiya birga qabul qilinayotgan digitalis preparatlarining noxush samaralarini kuchayishiga va tezlashishiga olib kelishi mumkin. Torasemid diabetga qarshi preparatlarning ta’sirini susaytirishi mumkin. Probenetsid va nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (masalan indometatsin, atsetilsalitsil kislotasi) torasemidning diuretik va gipotenziv samarasini kamaytirishi mumkin. Salitsilatlarning yuqori dozalari bilan davolaganda torasemid ularning neyrotoksik ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Torasemid, ayniqsa yuqori dozalarda quyidagi noxush samaralarni kuchaytirishi mumkin: aminoglikozid antibiotiklari (masalan kanamitsin, gentamitsin, tobramitsin)ning ototoksik va nefrotoksik samaralarini, platina hosilalarining tsitotoksikligini va tsefalosporinlarning nefrotoksik samaralarini. Torasemid kurare-saqlovchi miorelaksantlar va teofillinning ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Mineralo- va glyukokortikoidlarning kaliyuretik samaralari, shuningdek surgi vositalarning samaralari kuchayishi mumkin. Torasemid va litiy preparatlari birga qo‘llanilganda litiyning zardobdagi kontsentratsiyasi va muvofiq ravishda litiyning ta’siri va nojo‘ya samaralari kuchayishi mumkin. Torasemid katexolaminlar (masalan adrenalin, noradrenalin) ning vazopressor ta’sirini susaytirishi mumkin. Xolesteramin bilan birga qo‘llash peroral qo‘llanadigan torasemidning so‘rilishini, shu orqali samaradorligini kamaytirishi mumkin.

Preparatni qo‘llash tajribasi yetarli emasligi tufayli, quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin emas: podagra; yurak aritmiyalari (masalan sinoatrial blokada, ikkinchi yoki uchinchi darajadagi atrioventrikulyar blokada); kislota-ishqor muvozanatini patologik o‘zgarishlari; litiy, aminoglikozidlar yoki tsefalosporinlar bilan birga qo‘llash; qonning shaklli elementlarining sonini patologik o‘zgarishlari (masalan trombotsitopeniya yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lmagan patsiyentlarda anemiya); nefrotoksik moddalar chaqirgan buyrak yetishmovchiligi; 12 yoshdan kichik bolalarda. Ushbu preparat antidoping test o‘tkazilganda ijobiy reaktsiya berishi mumkinligi haqida sportchilarni ogohlantirish kerak. Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi kabi kam uchraydigan nasliy patologiyalari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.

Torasemidni odamda embrion va homilani rivojlanishiga ta’siri haqida ma’lumotlar yo‘q. Zarur tajriba to‘planmaguncha, homiladorlik vaqtida torasemidni qat’iy ko‘rsatmalar va eng past samarali dozada qo‘llash kerak. Homiladorlik vaqtida gipertenziya va shishlarni odatdagi davolash uchun diuretiklar to‘g‘ri kelmaydi, chunki ular yo‘ldoshda qon aylanishini va shu orqali homilani rivojlanishini izdan chiqarishi mumkin. Agar homilador ayolda yurak yoki buyrak yetishmovchiligini davolash uchun torasemidni qo‘llash zarurati bo‘lsa, elektrolit, gematokrit, shuningdek homilani rivojlanishini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Torasemidni odamda ko‘krak suti bilan ajralishi haqida ma’lumot yo‘q. Emizish davrida torasemidni qo‘llash mumkin emas. Agar ushbu preparatni qo‘llash qat’iy zarur bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.

Torasemidni hatto ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llaganda ham transport vositalari, muxanizmlarni boshqarish va potentsial xavfli sharoitlarda ishlash qobiliyati izdan chiqquncha reaktsiyani o‘zgartirishi mumkin. Bu ayniqsa davolashni boshida, doza oshirilganda, preparatlar almashtirilganda, qo‘shimcha preparatlar buyurilganda yoki alkogol bilan birga iste’mol qilinganda namoyon bo‘ladi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Torasemidni hatto ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llaganda ham transport vositalari, muxanizmlarni boshqarish va potentsial xavfli sharoitlarda ishlash qobiliyati izdan chiqquncha reaktsiyani o‘zgartirishi mumkin. Bu ayniqsa davolashni boshida, doza oshirilganda, preparatlar almashtirilganda, qo‘shimcha preparatlar buyurilganda yoki alkogol bilan birga iste’mol qilinganda namoyon bo‘ladi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Retsept bo‘yicha beriladi.

Torasemidni hatto ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llaganda ham transport vositalari, muxanizmlarni boshqarish va potentsial xavfli sharoitlarda ishlash qobiliyati izdan chiqquncha reaktsiyani o‘zgartirishi mumkin. Bu ayniqsa davolashni boshida, doza oshirilganda, preparatlar almashtirilganda, qo‘shimcha preparatlar buyurilganda yoki alkogol bilan birga iste’mol qilinganda namoyon bo‘ladi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

2 yil.