Tonzilotren rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka (250 mg) quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: Atropinum sulfuricum D5 – 12,5 mg, Hepar sulfuris D3 – 10,0 mg, Kalium bichromicum D4 – 50,0 mg, Mercurius bijodatus D8 – 25,0 mg, Silicea D2 – 5,0 mg; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, saxaroza, magniy stearati.

Preparatning savdo nomi:

Tonzilotren

Farmakalogik guruhi:

gomeopatik vositalar.

Dori shakli:

tabletkalar

oq yoki deyarli oq rangli, har ikki tomonlama yassi faskali, katta bo‘lmagan dog‘lari bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabletkalar.

gomeopatik vositalar.

R02AX

Gomeopatik davolash uslublari va gomeopatik substantsiyalarni qo‘llanilishi ananaviy tibbiyotda o‘rin tutgankasalliklar haqidagi tushunchalardan tubdan farqlanadi. Gomeopatik vositalar organizmning xususiy himoya mexanizmlarini rag‘batlantiradi va shu tarzda organizmni o‘z-o‘zini davolash imkoniyatlarini potentsialini) faollashtiradi. Gomeopatik vositaga nisbatan xar bir organizm javobi qat’iy individualdir. Shu sababli gomeopatik vositasini dozospetsifik (dozaga bog‘liq) farmakologik samaralari, farmakodinamik yoki farmakokinetik ma’lumotlarni aniqlab bo‘lmaydi.

O‘tkir tonzillit, surunkali va surunkali qaytalanuvchi (retsedivlanishuvchi) tonzillit, bodomsimon bezlarni shishib kattalashishi, bodomsimon bezlarni jarrohlikdan keyingi bitib ketishini tezlashtirish uchun qo‘llanadi.

Dozalash tartibi Kattalar: o‘tkir xolatlarda, har soatda 1 tabletkadan, ammo kuniga 12 tabletkadan ko‘p emas, simptomlar yengillashgunicha qabul qilinadi. Keyingi davogacha yoki surunkali xolatlarda 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi. Pediatrik guruhda 2 yoshdan 6 yoshgacha bolalar: o‘tkir xolatlarda, keyingi davogacha yoki surunkali xolatlarda 1 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bolalar: o‘tkir xolatlarda har 2 soatda 1 tabletkadan, ammo kuniga 6 tabletkadan ko‘p emas, simptomlar yaxshilangunigacha qabul qilinadi. Keyingi davolashgacha yoki surunkali xolatlarda 1 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi. 12 yoshdan va katta yoshdagi bolalar: o‘tkir xolatlarda, 1 tabletkadan har kuni, ammo kuniga 12 tabletkadan ko‘p emas, simptomlar yengillashgunicha qabul qilinadi. Keyingi davolash uchun yoki surunkali xolatlarda 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi. Bodomsimon bez kattalashgan kattalar va bolalar kuniga 3 marta 1 tabletkadan qabul qilishligi lozim. Davolashni 6-8 xafta davomida davom ettirish tavsiya etiladi. Surunkali va surunkali qaytalanish xolatlarida yiliga bir necha davolash tsikllari xar bir xolat bir yilda 6-8 xafta davomiyligi bilan qabul qilish kerak. Qo‘llash usuli Tabletkalarni ovqatdan 30 minut oldin yoki 30 minutdan keyin, og‘izda sekin so‘rib qabul qilish lozim. Kichik bolalarni davolashda tabletkalarni oz miqdordagi suvda eritish tavsiya qilinadi.

Juda kam xollarda (<1/10,000) yoki noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga asosan tez-tezligini baxolab bo‘lmaydi): Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, masalan, terida toshmalar kuzatilishi mumkin. Bunday xollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. So‘lak ko‘p xosil bo‘lishida preparatni dozasini kamaytirish yoki qabul qilishni bekor qilish kerak. Izoh: gomeopatik dori vositalari qo‘llanganda vaqtinchalik birlamchi yomonlashishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokor bilan maslaxatlashish kerak.

Preparatni xrom, simob yoki yoki boshqa ingrediyentlariga, shuningdek 2 yoshdan kichik bolalarga yuqori sezuvchanligi ma’lum bo‘lganda qo‘llash mumkin emas.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri noma’lum. Gomeopatik preparatlar bilan davolash boshqa dori vositalarni qo‘llashni istisno qilmaydi. Har qanday boshqa dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash zarurati xollarida shifokor bilan maslaxatlashish kerak.

Preparat laktoza va saxaroza saqlaydi. Kam uchraydigan nasliy galaktozani o‘zlashtiraolmaslik shakllari, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukozo-galaktozali malabsorbtsiyasi sindromi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni qo‘llash mumkin emas. Preparat saxaroza saqlashi tufayli uni fruktozani o‘zlashtiraolmaslik yoki saxaroza-izomaltoza yetishmovchiligi kabi kam nasliy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas. Quyidagi holatlarda o‘zingizning davolovchi shifokoringiz bilan maslaxatlashish lozim: – Agar o‘tkir xolat simptomlari yaxshilanmasa yoki 2 kun davolash davomida yomonlashsa, – Agar qo‘shimcha shikoyatlar masalan 39°S dan yuqori tana harorati paydo bo‘lsa. Qalqonsimon bez funktsiyasini buzilishlari (gipertireoz) bo‘lgan bemorlarni davolash uchun Tonzilotrenni faqat oldindan shifokor maslaxatidan keyin qabul qilish kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi Barcha dori preparatlari kabi, homiladorlik yoki emizish davrida preparatni faqat shifokor maslaxatidan keyin qabul qilish kerak. Avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligi qobiliyatiga ta’siri. Ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Original o‘ramda 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retseptsiz.

250 mg li 20 tabletka blisterda; 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

5 yil.