Tonikar rasmini ko'rish

Tarkibi:

10 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: levokarnitin – 1 g. yordamchi moddalar: 70% li sorbitol eritmasi, metilparaben Ye218, saxarin natriy, suvsiz natriy tsitrati, apelsin aromatizatori, xlorid kislotasi (kerakli rN darajasiga erishish uchun), inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

levokarnitin

Preparatning savdo nomi:

Tonikar

Farmakalogik guruhi:

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun eritma.

rangsizdan och-sariq rangligacha bo‘lgan apelsin hidli tiniq eritma.

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

A16AA01

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun preparat. Levokarnitin – V guruhi vitaminlariga yaqin bo‘lgan tabiiy moddadir. Moddalar almashinuvi jarayonlarida, hujayra membranalari orqali tsitoplazmadan mitoxondriyaga uzun zanjirli yog‘ kislotalarni (shu jumladan, palmitin kislotasini) o‘tkazuvchi sifatida ishtirok etadi, u yerda, bu kislotalar katta miqdordagi metabolik energiyani (ATF shaklida) hosil qilib, oksidlanadi (beta-oksidlanish jarayoni). Qonninng ishqoriy zahirasini to‘ldiradi, tserebral gemodinamikaning autoregulyatsiyasini tiklanishiga va shikastlangan sohani qon bilan ta’minlanishini oshishiga yordam beradi, shikastlangan o‘choqda reparativ jarayonlarni tezlashtiradi va anabolik ta’sir ko‘rsatadi. Neyrotrofik ta’sir ko‘rsatadi, apoptozni rivojlanishini tormozlaydi, shikastlanish sohasini cheklaydi va nerv to‘qimasining strukturasini tiklaydi. Oqsil va yog‘ almashinuvini normallashtiradi, ortiqcha tana vaznini, mushaklardagi yog‘ miqdorini kamaytiradi, jismoniy zo‘riqishlarga chidamlilikni va harakat faolligini oshiradi. Me’da va ichak shirasining sekretsiyasini va fermentativ faolligini oshiradi, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi. Tiroksinning qisman antagonisti bo‘lib, gipertireozda oshgan asosiy moddalar almashinuvni normallashtiradi.

Parenteral yuborilganida barcha to‘qimalardan yaxshi o‘tadi, skelet mushaklarida va miokardda yuqori kontsentratsiyalari hosil bo‘ladi. Buyrak orqali (24 soatda 80% dan ko‘pi) asosan atsil efirlari ko‘rinishida chiqariladi, erkin karnitin qayta so‘riladi.

Preparatni karnitin tanqisligida kattalarga, bolalarga va chaqaloqlarga qo‘llanadi. birlamchi va ikkilamchi karnitin tanqisligida; yurak ishemik kasalligida (stenokardiya, infarktdan keyingi holat) miokard metabolizmini buzilishida qo‘llaniladi.

Preparat ichga qabul qilinadi. Iste’mol qilishdan oldin 100 ml sovutilgan qaynagan suvda suyultiriladi. Adekvat dozani aniqlash uchun plazmada va siydikda erkin va atsil levokarnitinning kontsentratsiyasini o‘lchab, davolashni nazorat qilish tavsiya qilinadi. Karnitinning plazmadagi kontsentratsiyasi 35-60 mkmol/l ni tashkil qiladi. Atsil va erkin levokarnitinning plazmadagi nisbati 0,35 ni tashkil qiladi. Sutkalik doza patsiyentning yoshi va tana vazniga bog‘liq. Kattalarga va 12 yoshdan katta bolalarga preparatni sutkada 2-3 g dan buyuriladi. 6-12 yoshdagi bolalarga – sutkada 75 mg/kg, 2-6 yoshda– sutkada 100 mg/kg, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda – sutkada 150 mg/kg dozada buyuriladi. Preparatni birlamchi va ikkilamchi karnitin tanqisligida doza moddalar almashinuvini tug‘ma buzilishiga va davolanish davridagi og‘irlik darajasiga bog‘liq. Ko‘pchilik holatlarda ichga qabul uchun tavsiya qilinadigan doza sutkada 2-4 marta qabul qilish uchun 100-200 mg/kg ni tashkil qiladi. Agar klinik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar yaxshilanmasa, doza qisqa muddatga oshirilishi mumkin. Preparatni o‘tkir metabolik dekompensatsiyada yuqori dozalarda sutkada 400 mg/kg dan buyuriladi. Ikkilamchi tanqislikda, gemodializda preparatni ichga sutkada 2-4 g dan buyuriladi. Stenokardiyada va infarktdan keyingi holatda preparatani ichga sutkalik 2-6 g dozada buyuriladi

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: epigastral sohada og‘riqli hislar, dispeptik simptomlar. Suyak-mushak tizimi tomonidan: mushak zaifligi kuzatilishi mumkin. Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Preparatni qandli diabetda, homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida juda zarur bo‘lgan hollarda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Preparatni buyurishdan oldin, bemor qanday dori vositalarni qabul qilayotganini aniqlash kerak. Preparatni turli anabolik vositalar, antioksidant va/yoki antigipoksant faollikga ega bo‘lgan preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin. Xolinning juda yuqori dozalari levokarnitin sintezini va faolligini tormozlaydi. Glyukokortikosteroidlar levokarnitinni to‘qimalarda (jigardan tashqari) to‘planishiga yordam beradi. Anabolik vositalar karnitinini samarasini kuchaytiradi.

Preparatning adekvat dozasini aniqlash uchun qon plazmasida va siydikda erkin va atsil levokarnitining kontsentratsiyasini tekshirib, davolashni nazorat qilish tavsiya etiladi. Levokarnitin o‘rganib qolishni chaqirmaydi, chunki odam organizmining endogen moddasi hisoblanadi. Insulin yoki peroral gipoglikemik preparatlarni qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarga preparatni yuborish, gipoglikemiyani chaqirishi mumkin. Shuning uchun, bu toifa patsiyentlarni preparat bilan davolash vaqtida, gipoglikemik preparatlarning dozalash tartibiga darhol tuzatish kiritish uchun qonda glyukoza miqdorini doimiy nazorat qilish lozim. Preparat avtotransportni boshqarish va boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Kuruk, yorug‘liqdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: diareya. Davolash: simptomatik davolash, me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish kerak.

Retseptsiz.

Ichga qabul qilish uchun eritma 1000 mg/10 ml, 10 ml va 50 ml dan flakonlarda.

3 yil.