Tonigraretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: tadalafil – 10 mg yoki 20 mg; yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, kaltsiya digidrofosfati, laktoza, povidon (k-30), natriy kraxmal glikolyati, magniy stearati, tozalangan talk, suvsiz kolloid kremniy, mikrokristall tsellyuloza, titan dioksidi, temir (II) oksidi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tadalafil

Preparatning savdo nomi:

Tonigra

Farmakalogik guruhi:

potentsiyani muvofiqlashtiruvchi vosita.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

rombsimon shaklli, ikki yoqlama qavariq, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

potentsiyani muvofiqlashtiruvchi vosita.

G04BE08

Erektsiyani buzilishini davolash uchun preparat. Tadalafil erektsiyani va muvaffaqiyatli jinsiy yaqinlashish jarayonini yaxshilaydi. tsGMF ning spetsifik fosfodiesteraza 5 turini (FDE5) qaytuvchan selektiv ingibitori hisoblanadi. Jinsiy qo‘zg‘alish azot oksidining mahalliy ajralib chiqishini chaqirganida, FDE5 ni tadalafil bilan ingibirlanishi jinsiy olatni kavernoz tanasidagi mGMF darajasini oshishiga olib keladi. Natijada arteriyalarning silliq mushaklarini relaksatsiyasi va jinsiy olat to‘qimalariga qonni oqib kelishi yuz berib, bu erektsiyani chaqiradi. Tadalafil jinsiy rag‘batlantirish bo‘lmaganida samara ko‘rsatmaydi. Preparat 36 soat davomida ta’sir qiladi. Samara preparat qabul qilingandan keyin, jinsiy qo‘zg‘alish bo‘lganida 16 minutdan keyinoq namoyon bo‘ladi. Tadalafil sog‘lom shaxslarda platsebo bilan solishtirilganda, sistolik va diastolik bosimini yotgan (o‘rtacha maksimal pasayishi muvofiq 1,6/0,8 mm sim. ust. ni tashkil qiladi) va turgan holatda (o‘rtacha maksimal pasayishi muvofiq 0,2/4,6 mm sim. ust. ni tashkil qiladi) ishonchli o‘zgarishini chaqirmaydi. Yurak qisqarishlari sonini (YUQS) ishonchli o‘zgarishini chaqirmaydi. Tadalafil rang ajratish xususiyatiga, ko‘rish o‘tkirligiga, elektroretinogrammaga, ko‘z ichki bosimiga va qorachiqning o‘lchamiga ta’sir qilmaydi. Platsebo-nazoratli tekshirishlarda preparatni sutkalik dozada 6 oy davomida qabul qilgan erkaklar spermasining xarakteristikasiga klinik sezilarli ta’sirlari kuzatilmagan

Ichga qabul qilingandan keyin tadalafil tez so‘riladi. Maksimal kontsentratsiyaga (Smax) o‘rtacha 2 soatdan keyin erishiladi. So‘rilish darajasi va tezligi ovqat qabul qilishga bog‘liq emas. 2,5 li dan 20 mg gacha bo‘lgan dozalar diapazonida “kontsentratsiya-vaqti” egri chizig‘i ostidagi maydoni (AUC) dozaga proportsional ravishda oshadi. Plazmadagi muvozanatli kontsentratsiyasiga (Sss), preparat sutkada 1 marta qabul qilinganida 5 kun davomida erishiladi. Tadalafil organizm to‘qimalarida taqsimlanadi. Taqsimlanish hajmi (Vd) 63 l ni tashkil qiladi. Terapevtik kontsentratsiyalarda tadalafilning 94% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. CYP3A4 izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti metilkatexolglyukuroniddir. Sog‘lom shaxslarda ichga qabul qilinganida tadalafilning o‘rtacha klirensi soatiga 2,5 l, o‘rtacha yarim chiqarilish davri (T1/2) -17,5 soatni tashkil qiladi. Nofaol metabolitlari ko‘rinishida asosan ahlat bilan (taxminan 61%) va kam darajada siydik bilan (taxminan 36%) chiqariladi. Alohida klinik vaziyatlardagi farmakokinetikasi – yengil (kreatinin klirensi (KK) minutiga 51 ml dan 80 ml gacha bo‘lgan) yoki o‘rtacha darajali og‘irlikdagi (KK) minutiga 30 ml dan 50 ml gacha) buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda AUC sog‘lom shaxslardagiga nisbatan yukori. Og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda (KK<30 ml/min) preparatni qo‘llanishi o‘rganilmagan. Jigar faoliyatini kuchsiz yoki o‘rtacha ifodalangan buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda tadalafilning farmakokinetikasi sog‘lom shaxslardagi bilan o‘xshash.

Jinsiy olatni qoniqarli jinsiy aloqa uchun yetarli bo‘lgan erektsiyasiga erishaolmaslik yoki saqlay olmaslik bilan ifodalanuvchi erektsiyani buzilishida qo‘llanadi.

Ichga buyuriladi. O‘rta yoshdagi erakaklarga preparatni 20 mg dozada taxmin qilingan jinsiy faollikdan kamida 16 minut oldin, ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar qabul qilish tavsiya qilinadi. Patsiyentlar preparatni qabul qilgandan keyin 36 soat davomida jinsiy aloqani amalga oshirishga urinib ko‘rishlari mumkin. Maksimal tavsiya qilinadigan qabul qilish soni sutkada 1 martani tashkil kiladi. Keksa erkaklar, buyrak (KK >30 ml/min) va jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar uchun dozani tanlash talab qilinmaydi. O‘rta yoshdagi erkaklar uchun preparatni qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar keksa patsiyentlar uchun ham taaluqlidir.

Juda tez-tez: bosh og‘rig‘i (11%), dispepsiya (7%). Bo‘lishi mumkin: belda og‘riq, mialgiya, burunni bitishi, yuzga qonni oqib kelishi. Kam hollarda: qovoqlarni shishi, ko‘zlarda og‘riq, kon’yunktivani qizarishi, bosh aylanishi.

tadalafilga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; har qanday organik nitratlarni saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish; 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

Boshqa preparatlarni tadalafilga ta’siri CYP3A4 ning selektiv ingibitori ketokonazol AUC ni 107% ga, rifampitsin esa uni 88% ga kamaytiradi. Mahsus o‘zaro ta’sirlari o‘rganilmaganligiga qaramay, ritonavir va sakvinavir kabi proteaza ingibitorlari, shuningdek CYP3A4 ning eritromitsin va itrakonazol kabi ingibitorlari tadalafilning faolligini oshiradi. Antatsid (magniy gidroksidi/alyuminiy gidroksidi) va tadalafilni bir vaqtda qabul qilish, tadalafilning AUC ko‘rsatkichini o‘zgarishisiz, so‘rilish tezligini kamaytiradi. N2-gistamin retseptorlarining blokatori nizatidinni qabul qilish natijasida me’da shirasining rN ko‘rsatgichini oshishi, tadalafilning farmakokinetikasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Tadalafilni boshqa preparatlariga ta’siri Tadalafil nitratlarning gipotenziv ta’sirini kuchaytiradi. Bu nitratlar va tadalafilni azot oksidi va mGMF metabolizmiga additiv ta’siri natijasida yuz beradi. Shuning uchun preparatni nitratlar fonida qo‘llash mumkin emas. Tadalafil metabolizmi R450 tsitoxrom izofermentlari ishtirokida yuz beradigan preparatlarning klirensiga klinik sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Varfarinning protrombin vaqtiga nisbatan ta’siri va atsetilsalitsil kislotasining ta’siri fonidagi qon ketish davomiyligini oshirmaydi. Tadalafilni antigipertenziv preparatlar kaltsiy kanallarining blokatorlari (amlodipin), angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari (enalapril), beta-adrenoblokatorlar (metoprolol), alfa-adrenoblokatorlar, tiazid diuretiklar (bendoflyuazid), angiotenzin II retseptorlarining blokatorlari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sir namoyon qilmaydi. Preparatni antigipertenziv preparatlar bilan birga yoki ularsiz qo‘llagan patsiyentlarda nojo‘ya ko‘rinishlari bo‘yicha farqlar aniqlanmagan. Preparat bir marta qabul qilinganida etanolning qondagi kontsentratsiyasiga, etanolning kognitiv faoliyatga ta’siri va arterial bosimga (AB) ta’siri aniqlanmagan. Bundan tashqari, tadalafil etanol bilan birga qabul qilinganidan so‘ng 3 soatdan keyin uning qondagi kontsentratsiyasining darajasini o‘zgarishi kuzatilmagan. Tadalafil teofillinning farmakokinetikasiga klinik sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.

Og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligida (KK <30 ml/min) va og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni o‘ta ehtiyotkorlik bilan va juda zarur bo‘lgan hollarda qo‘llash kerak. O‘rtacha og‘irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda preparat bilan davolash fonida (KK minutiga 31 dan 50 ml gacha bo‘lgan) yengil og‘irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 51 dan 80 ml gacha bo‘lgan) yoki sog‘lom ko‘ngillilar bilan solishtirilganda ko‘proq belda og‘riq aniqlangan. KK<50 ml/min bo‘lgan patsiyentlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar uchun jinsiy faollik potentsial havfga ega. Shuning uchun erektil disfunktsiyani, shu jumladan preparatni qo‘llash bilan davolashni yurakning jinsiy faollik tavsiya qilinmaydigan kasalliklari bo‘lgan erkaklarda o‘tkazish mumkin emas. Yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda jinsiy faollikda asoratlarni rivojlanishini potentsial havfini hisobga olish lozim: oxirgi 90 kun davomida miokard infarkti; nostabil stenokardiya yoki jinsiy aloqa vaqtida paydo bo‘ladigan stenokardiya; oxirgi 6 oy davomida rivojlangan surunkali yurak yetishmovchiligi (II funktsional sinfi va yuqori NYHA tasnifi bo‘yicha); yurak ritmini nazorat qilib bo‘lmaydigan buzilishlari; arterial gipotenziya (AB 90/50 mm sim. ust. kamroq) yoki nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipotenziya; oxirgi 6 oy davomida o‘tkazilgan insult. Preparatni priapizmga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, o‘roqsimon-hujayrali anemiyada, ko‘p sonli miyeloma yoki leykemiyada) yoki jinsiy olatning anatomik deformatsiyasi (masalan, angulyatsiyada, kavernoz fibrozda yoki Peyron kasalligida) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Patsiyent 4 soat va undan ko‘p davom etgan erektsiya hollarida darhol shifokorga murojat qilishi kerak. Priapizmni o‘z vaqtida davolamaslik jinsiy olat to‘qimasini shikastlanishiga olib keladi, buning natijasida potentsiyani uzoq muddatli yo‘qolishi yuz berishi mumkin. Preparatni davolashning boshqa turlari bilan majmuaviy qo‘llash havfsizligi va samarasi o‘rganilmagan. Shuning uchun bunday majmualar tavsiya qilinmaydi. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri – maxsus tavsiyalar yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Sog‘lom ko‘ngillilarda sutkada 500 mg dan bir marta va erektil disfunktsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda sutkada 100 mg gacha bo‘lgan dozada ko‘p marta qo‘llanganida nojo‘ya samaralari preparatni kichik dozalarda qo‘llanganidek bo‘lgan. Davolash: standart simptomatik davolashni o‘tkazish kerak

Ratsept bo‘yicha.

Plyonka qobiq bilan qoplangan 4 tabletka Al/PVX blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

24 oy.