Tikovit

Tarkibi:

faol moddalar: A vitamini (retinol atsetati)                                                      1,135 mg (3300 XB) Ye vitamini (a-tokoferol atsetati)                                               10 mg V1 vitamini (tiamin gidroxloridi)                                           1 mg V2 vitamini (riboflavin-mononukleotidi)                              1,27 mg V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi)                                             5 mg S vitamini (askorbin kislotasi)                                                            50 mg Nikotinamid                                                                                              7,50 mg Folat kislotasi                                                                             100 mkg Rutozid (rutin)                                                                              25 mg Kaltsiy pantonenati                                                                    5 mg V12 vitamini (tsianokobalamin)                                                   12,5 mkg Tioktat kislotasi (lipoy kislotasi)                                         2 mg Fosfor                                                                                            60 mg (magniy gidrofosfat trigidrati ko‘rinishida) (kaltsiy fosfat digidrati ko‘rinishida) Temir (temir sulfat geptagidrati)                                            5 mg Marganets (marganets sulfat ×monogidrati ko‘rinishida)        2,50 mg Mis (mis  sulfat pentagidrati ko‘rinishida)                          750 mkg Rux (rux sulfat geptagidrati ko‘rinishida)                             2 mg Magniy (magniy gidrofosfat trigidrati ko‘rinishida)         16,40 mg Kaltsiy (kaltsiy fosfat digidrati ko‘rinishida)                  50,50 mg Kobalt (kobalt sulfat geptagidrati ko‘rinishida)              100 mkg

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

comb. drug (vitamins, minerals)

Preparatning savdo nomi:

Tikovit

Farmakalogik guruhi:

polivitamin vosita+multimineral

Dori shakli:

tabletkalar

oq rangli qobiq bilan qoplangan, tsilindrik shaklli, o‘ziga xos hidli tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida ikki qavat ko‘rinadi.

polivitamin vosita+multimineral

A11AA04

– vitaminlar va mineral moddalar tanqisligini oldini olish va to‘ldirish uchun; – yuqori jismoniy va intellektual zo‘riqish; – davomli va/yoki og‘ir kechuvchi, shuningdek infektsion kasalliklardan keyin tiklanish davri; -antibiotiklar bilan davolashni buyurishda majmuaviy davolashda;

Ichga, ovqatdan so‘ng qo‘llaniladi. Vitamin-mineral tanqisligini oldini olish uchun – 1 tabletkadan kuniga 1 marta. Vitaminlarga va minerallarga yuqori ehtiyoj bo‘lgan holatlarda 1 tabletkadan kuniga 2 marta. Davolash kursi 4 hafta. Takroriy kurslar – shifokor tavsiyasiga bo‘yicha.

Preparat komponentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalik yoshi.

Temir va kaltsiy tetratsiklinlar guruhi antibiotiklarini va ftorxinolonlar hosilalarini ichakda so‘rilishini sekinlashtiradi. Bir vaqtda S vitamini va qisqa ta’sir etuvchi sulfanilamid preparatlarni qo‘llash kristalluriya rivojlanishi xavfini oshiradi. Alyuminiy, magniy, kaltsiy, hamda kolesteramin saqlovchi antatsid preparatlar temirni so‘rilishini kamaytiradi. Askorbin kislotasi penitsillinlar guruhi preparatlarini, temirni so‘rilishini oshiradi. Bir vaqtda tiazidlar guruhi siydik haydovchi preparatlarini buyurish  giperkaltsiyemiya rivojlanish xavfini oshiradi. V6 vitamini parkinsonizmi bo‘lgan bemorlarda levodopani faolligini kamaytiradi.

Siydik yorqin sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu organizm uchun mutlaqo zararsiz va preparat tarkibida riboflavin borligi bilan tushuntiriladi. Komplavitni boshqa vitaminlar yoki minerallarni saqlovchi preparatlar bilan birga ishlatish tavsiya etilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Doza oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qilish lozim. Davolash: preparatni qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatiladi, me’da yuviladi, ichga faollashtirilgan ko‘mir beriladi, simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retseptsiz

10, 20 va 30 donadan tabletkalar kontur-uyali o‘ramda. 50 va 100 donadan flakonlarda.

2 yil.