Tiaminretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: tiamin gidroxloridi – 25 mg yoki 50 mg Yordamchi moddalar: dimerkaptopropoansulfonat natriy monogidrati (unitiol), inyektsiya uchun suv.

Preparatning savdo nomi:

Tiamin

Farmakalogik guruhi:

Vitamin.

Dori shakli:

mushak ichiga yuborish uchun eritma

tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish yoki sarg‘ish-ko‘kimtir tusli, kuchsiz o‘ziga xos hidli suyuqlik.

Vitamin.

A11DA01.

Qondagi kontsentratsiyasi nisbatan past, bunda plazmada erkin tiamin aylanib yuradi, eritrotsitlar va leykotsitlarda–uning fosforli efirlari mavjud. Fosforlanish jigarda amalga oshadi. Faolroq fosforli efiri koferment faollikka ega tiamindifosfat hisoblanadi. Asosan jigar, yurak, miya, buyrak, taloqda to‘planadi. Umumiy miqdorining ½ qismi ko‘ndalang-targ‘il va miokardda va taxminan 40% – ichki a’zolarda mavjud bo‘ladi. Ichak va buyrak orqali chiqariladi.

V1 gipovitaminozi va avitaminozi. Majmuaviy davolashda: -nevritlar, radikulitlar; nevralgiya; periferik parez va falaj; -me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, me’daning sekretor va motor faoliyatini pasayishi, anoreksiya, ichak atoniyasi; atonik qabziyatlar; -miokardiodistrofiya; koronar qon aylanishni buzilishi; -qandli diabet; -neyrotrofik o‘zgarishlar va moddalar almashinuvini buzilishlari bilan dermatozlar (ekzema, neyrodermit, psoriaz, qizil yassi temiratki) da qo‘llaniladi.

5% li tiamin eritmasini mushak ichiga (mushakka chuqur) yuboriladi. Preparatni yuborishni kichik dozalardan (5% li eritmani 0,5 ml dan ko‘p emas) boshlash va yaxshi o‘zlashtirilganida yuqoriroq dozalarga o‘tish tavsiya qilinadi. Kattalarga tiaminni har kuni 25-50 mg dan (5% li eritma 0,5 ml yoki 1 ml) kuniga 1 marta buyuriladi. Davolash kursi – 10-30 inyektsiyadan iborat. Bolalarga – tiamin 12,5 mg (2,5% li eritma 0,5 ml) dan buyuriladi.

Allergik reaktsiyalar (teri qichishishi, eshakemi, Kvinke shishi, anafilaktik shok), ko‘p terlash, taxikardiya, ba’zida yuborish joyida og‘riq (eritmaning rN pastligi sababli) bo‘lishi mumkin.

Shaxsiy yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan: Vernike entsefalopatiyasi, ayollarda peri- va postmenopauza davrida qo‘llash mumkin emas.

Tiamin va piridoksin (V6 vitamini) yoki tsianokobalaminni (V12 vitamini) bir vaqtda parenteral yuborish tavsiya etilmaydi. Tsianokobalamin tiaminning allergiya chaqiruvchi ta’sirini kuchaytiradi. Piridoksin tiaminning biologik faol shakliga o‘tishini qiyinlashtiradi. Tiamin va benzilpenitsillin yoki streptomitsinni (antibotiklarni parchalanishi), tiamin va nikotin kislotasini (tiaminni parchalanishi) bir shpritsda aralashtirish mumkin emas. Tiamin suksametoniy yodidi, fentolamin, propranolol, simpatolitiklar (rezerpin), uyqu vositalarning (uxlatuvchi samarasi kamayadi) farmakologik faolligini kamaytiradi. Tiamin eritmasini sulfitlar saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas, chunki ularda u to‘liq parchalanadi. Tiamin ishqoriy va neytral muhitda noturg‘un; karbonatlar, tsitratlar, barbituratlar, mis preparatlari bilan buyurish tavsiya qilinmaydi.

Spektrofotometriya usuli bilan qon zardobida teofillinni, Erlix reagenti yordamida urobilinogenni aniqlash vaqtida natijasini o‘zgartirishi mumkin (yuqori dozalarni qabul qilishda). Anafilaktik reaktsiya ko‘pincha yuqori dozalarni vena ichiga yuborilganida rivojlanadi. Parenteral yuborish faqat ichga qabul qilish imkoniyati bo‘lmaganida (ko‘ngil aynishi, qusish, malabsorbtsiya sindromi, operatsiyadan oldingi va/yoki operatsiyadan keyingi holat) tavsiya etiladi. Vernike entsefalopatiyasida dekstrozani tiaminni qabul qilishdan oldin buyurish kerak. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Avtomobilni boshqarish va diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga preparatning salbiy ta’siri haqida xabar berilmagan. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

15 dan 25oS gacha haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Simtomlari: nojo‘ya samaralarining kuchayishi. Davolash: simptomatik davolash.

Retsept bo‘yicha

Mushak ichiga yuborish uchun eritma 25 mg/ml va 50 mg/ml. 1 ml yoki 2 ml dan neytral shisha ampulada. Ampulaga o‘zi yopishadigan etiketka yopishtiriladi yoki etiketka matni bevosita ampulaga chiqur bosma usuli bilan yoziladi. 10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampulani ochish uchun pichoq yoki ampula skarifikatori bilan karton qutiga joylanadi. Qutiga etiketka-banderol yopishtiriladi. 5 ampuladan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyumin folgali yoki folgasiz kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampulani ochish uchun pichoq yoki ampula skarifikatori bilan karton qutiga joylanadi. Sindirish nuqtasi bo‘lgan ampulalarni ishlatishda ampulani ochish uchun pichoq yoki ampula skarifikatorini joylashtirilmaslikka yo‘l qo‘yiladi.

3 yil.