TEARS NATURALE II 0,1%+0,3% SLЕZA NATURALNAYA II 0,1%+0,3%retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 1 mg dekstran 70 va 3 mg gipromelloza saqlovchi suvda eruvchi DUASORB*polimer tizimi; konservant: 0,011 mg polikvaternium-1 (POLIKVAD® konservanti); yordamchi moddalar: natriy tetraborati, kaliy xloridi, natriy xloridi, pH ni boshqarish uchun xlorid kislotasi va/yoki natriy gidrooksidi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

dekstran 70, gidroksipropilmetiltsellyuloza

Preparatning savdo nomi:

TEARS NATURALE II 0,1%+0,3% SLЕZA NATURALNAYA II 0,1%+0,3%

Farmakalogik guruhi:

sun’iy ko‘z yoshi va boshqa neytral preparatlar.

Dori shakli:

steril namlovchi ko‘z tomchilari, eritma

tiniq, biroz tovlanuvchan, rangsiz suyuqlik.

sun’iy ko‘z yoshi va boshqa neytral preparatlar.

S01XA20.

Gipromellozaning (86,000 Dalton) yuqori molekulyar massasi ko‘z ichiga, yoki ovqat xazm qilish tizimidan so‘rilishi uchun molekulyar massa chegarasidan oshadi yoki/va shuning uchun u organizmga so‘rilmaydi. >20,000 daltondan ortiq molekulyar massaga ega Dekstran, shox parda yuzasidan xaddan ziyod past o‘tish qobiliyatiga ega. Kalamushlarga 40,000 Dalton dekstranni tizimli peroral yuborish natijasida faqat 0,04% biokiraolishiga olib kelgan, bu ko‘rsatkich molekulyar massaning oshishi bilan kamayib boradi. SLЕZA NATURALNAYA II namlovchi ko‘z tomchilari xavfsiz, sensibilizatsiya qilmaydigan Polikvad 0,0011% konservant saqlaydi. In vitro sharoitidagi tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, Polikvad boshqa ko‘z yoshi o‘rnini bosuvchi konservantlarning mumkin bo‘lgan epitelial xujayralarni toksik buzuvchi ta’sirini ahamiyatli oldini oladi va epitelial xujayralarning o‘sishiga yordam beradi. Polikvad 99% hollarda normal subyektlarda va 97% hollarda konservantlarga sezgir subyektlarda o‘zini reaktsiyaga kirishmaydigan sifatida namoyon qilgan. O‘zining noyob formulasi va neytral rN darajasi, past darajali qovushqoqligi va izotonikligi bilan, SLЕZA NATURALNAYA II preparati sizga komfortni va quruq ko‘zlar uchun tez uzoq yengillashishni ta’minlaydi. Steril. Faqat maxalliy oftalmologik qo‘llash uchun buyuriladi.

SLЕZA NATURALNAYA II namlovchi ko‘z tomchilari ko‘zning quruqligi oqibatidagi achishishi va ta’sirlanishini vaqtinchalik yengillashtirish va keyinchalik ta’sirlanishdan ximoyalash vositasi sifatida qo‘llash uchun, shuningdek ko‘zning biroz ta’sirlanishi, ularga shamol yoki quyosh ta’siri chaqirgan noqulayligini vaqtinchalik kamaytirish uchun qo‘llanadi.

Oftalmologik qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Qopqoq olib tashlanganidan keyin, agar ochishdan himoya tiqin xalqasi bo‘shashgan bo‘lsa, preparatni qo‘llashdan oldin uni yechish kerak. Pipetkaning uchini va eritmaning ifloslanishidan saqlanish uchun, pipetka uchini qovoqlarga, atrof yuzalariga yoki boshqa yuzalarga tekkizmaslikka e’tibor berish kerak. Ishlatilmaganida flakonni zich yopiq holda saqlash kerak. Agar bittadan ortiq maxalliy oftalmologik preparatlar qo‘llanadigan bo‘lsa, preparatlarni kamida 5 minut oraliq bilan ishlatish kerak. Ko‘z surtmalarini oxirgi navbatda qo‘llash kerak. Zarurati bo‘lganda shikastlangan ko‘z (lar) ga 1 yoki 2 tomchidan tomiziladi. Boshni orqaga tashlang.Pastki qovoqni barmoqlar bilan pastga ehtiyotkorlik bilan, ko‘z va qovoq orasida V-shaklli cho‘ntak hosil bo‘lgunicha torting.V-shaklli cho‘ntakka 1 yoki 2 tomchi tomizing. Ko‘zga pipetka uchini tekkizmaslikka harakat qiling.

Klinik tadqiqotlar va postmarketing tekshiruvlar vaqtida quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar aniqlangan. Bu nojo‘ya reaktsiyalar quyidagi tartibga muvofiq tasniflanadi: juda tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1,000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10,000 dan <1/1,000 gacha), juda kam hollarda (<1/10,000) yoki noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi); postmarketing tekshiruv ma’lumotlari. Xar bir tez-tezlik guruhida nojo‘ya reaktsiyalar jiddiyligining kamayishi tartibi berilgan.

Preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Garchi o‘zaro ta’sirining tadqiqotlari o‘tkazilmagan bo‘lsa ham, klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sirlar kutilmaydi.

Faqat mahalliy oftalmologik qo‘llash uchunPreparatni qo‘llash vaqtida patsiyentlarda bosh og‘rig‘i, ko‘zlarda og‘riq, ko‘rishni buzilishi, ko‘zlarni ta’sirlanishi, turg‘un qizarish yoki sanab o‘tilgan holatlarning yomonlashishi paydo bo‘lganida, shuningdek 72 soatdan ko‘p vaqt davomida ularni turg‘un namoyon bo‘lishida, preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.Agar eritmaning rangi o‘zgargan yoki xiralashgan bo‘lsa, preparatni qo‘llash mumkin emas.

30oS dan yuqori bo‘lgan haroratda saqlansin. Ochilgandan keyin bir oy o‘tgach qo‘llamang.

SLЕZA NATURALNAYA II namlovchi ko‘z tomchilarining oftalmologik doza oshirib yuborilganida ko‘zlarni iliq suv bilan yuvib bartaraf qilish mumkin. Ushbu preparatni xarakteristikasi tufayli oftalmologik doza oshirib yuborilganida, shuningdek flakon ichidagisi tasodifan yutib yuborgan holda ham hech qanday toksik ta’siri kutilmaydi.

Shifokor retseptisiz

15 ml – flakon tomchilagich “Drop-Teyner*”

2 yil.