Tales Energo rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: temirtikan o‘tining quruq ekstrati 250 mg (furostanolli saponinlar yig‘indisi protodiostsinga nisbatan hisoblanganda – 112,5 mg dan kam emas). yordamchi moddalar: mikrokristallik tsellyuloza, laktoza angidrid, aerosil, polivinilpirrolidon, poliplasdon, talk, magniy stearati; qobiq: Sepifilm LP 007 (gipromelloza, mikrokristallik tsellyuloza, stearin kislotasi); kandurin “Qizil yaltiroq”.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

temirtikan o‘tining quruq ekstrati Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Preparatning savdo nomi:

Tales Energo

to‘q qizil rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomoni riskali, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Preparat organizmda degidroepiandrosteron darajasigacha faol singib boradi. O‘zgarmas protodiostsin qon plazmasida tezda chiqariladi va 3 soat o‘tganidan keyin uning kontsentratsiyasi sezilarli darajada kamayadi. Preparat qabul qilinganidan so‘ng 24 soat ichida safro bilan birga protodiostsinning minimal miqdori – 2% dan 4% chiqariladi. O‘zgarmagan protodiostsinning peshob tarkibidagi o‘lchanadigan kontsentratsiyasi belgilanmaydi.

Tablektalar ovqatdan keyin qabul qilinadi. Kattalar uchun quyidagi dozalar tavsiya etiladi: Libido pasaygan, impotentsiya va bepushtlik bilan og‘rigan erkaklarga – sutkasiga 3 marta 1-2 ta tabletka (uch marta qabul qilishga taqsimlagan holda sutkasiga 11,5 mg/kg-23,0 mg/kg). Davolanish muddati – kamida 90 kun. Davolanish kursini qoniqarli terapevtik samaraga erishgunga qadar davom ettirish mumkin. Ayollarda ichki sekretsiya bezlariga bog‘liq bo‘lgan bepushtlikda  – sutkasiga 3 marta 1-2 ta tabletka (uch marta qabul qilishga taqsimlagan holda sutkasiga 11,5 mg/kg-23,0 mg/kg). Menstrual tsiklning 1-kunidan 12-kunigacha. Ushbu davolash kursini homiladorlik kuzatilguniga qadar davriy ravishda takrorlash mumkin. Klimakterik va postkastratsion sindrom kuzatilgan ayollar: 60-90 kun davomida sutkasiga 3 marta 1-2 ta tabletka (uch marta qabul qilishga taqsimlagan holda sutkasiga 11,5 mg/kg-23, mg/kg). Holat yaxshilanganidan keyin asta-sekin qo‘llab-quvvatlovchi dozaga o‘tiladi – 1-2 yil davomida kuniga 2 tabletka (uch marta qabul qilishga taqsimlagan holda sutkasiga 7,7 mg/kg). Dislipidimiya (umumiy xolesterin darajasini kamaytirish uchun): sutkasiga 3 marta 2 ta tabletka (uch marta qabul qilishga taqsimlagan holda sutkasiga 11,5 mg/kg-23,0 mg/kg). Davolanish muddati – kamida 3 oy. Umumiy tetiklantiruvchi vosita sifatida: sutkasiga 3 marta 2 ta tabletka (uch marta qabul qilishga taqsimlagan holda sutkasiga 11,5 mg/kg-23,0 mg/kg). Davolanish muddati – barqaror yaxshi holatga erishgunga qadar davom etadi. Dozalar yakka tartibda, shifokorning ko‘rsatmasiga asosan belgilanadi.

– ko‘ngil aynish ehtimoli mavjud, bu holatda doza kamaytiriladi yoki preparat vaqtincha (2-3 kun) qabul qilinmaydi; – allergik reaktsiyalar; – me’daning shilliq pardasiga qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

– homiladorlik; – laktatsiya (emizish) davri; – yoshi 18 dan kichik bo‘lsa; – qon ketishga bo‘lgan moyillik; – prostata bezi adenomasi; – og‘ir yurak-tomir va buyrak kasalliklari; – preparat komponentlariga nisbatan o‘ta sezgirlik.

Tales®Energo preparatini ovulyatsiyani rag‘batlantiruvchi vositalar bilan birga qo‘llanilishi ularni samaradorligini oshiradi. Tales®Energo preparatini diuretiklar bilan birga qo‘llanilishi diuretiklar samaradorligini oshirishi va antigipertenziv preparatlarning gipotenziv ta’sirini kuchaytirishi mumkin.

Klimakterik sindromi bo‘lgan ayollar terapiyasida davolash dozasidan qo‘llab-quvvatlovchi dozaga o‘tish asta-sekin amalga oshirilishi kerak. Samarali dozani keskin kamaytirish yoki bekor qilish natijasida klimakterik simptomlar qayta namoyon bo‘lishi mumkin. Oshqozonning shilliq pardasiga yallig‘lantiruvchi ta’sir oldini olish maqsadida preparatni ovqatdan keyin qabul qilish lozim. Tales®Energo preparati avtotransport boshqarish qobiliyatiga va diqqatni bir joyga jamlashni hamda tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi faoliyatning xavfli turlari bilan shug‘ullanishga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Homiladorlik va emiziklik davrida preparat qo‘llanilishi bo‘yicha aniq klinik ma’lumotlar bo‘lmagani sababli, ushbu davrda preparatdan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Aynan homiladorlik va emiziklik davrida Tales®Energo preparatidan foydalanish xavfsiz ekanini tasdiqlovchi ma’lumotlar yo‘q. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

Tales®Energo preparatining me’yoridan ortiq qabul qilingani haqida ma’lumotlar yo‘q.

Retseptsiz

«Tales® Energo», qobiq bilan qoplangan tabletkalar 250 mg dan, №30 va №60. Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

2 yil.