Tabletki ot kashlya rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: nashtarsimon afsonak o‘tining kukuni – 0,0067 g, natriy gidrokarbonati – 0,2500 g Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali – 0,0279 g, talk – 0,0054 g.

Preparatning savdo nomi:

Tabletki ot kashlya

Farmakalogik guruhi:

Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

Dori shakli:

tabletkalar

ko‘kimtir-kulrang rangli, yassitsilindrik shakilli, faskali tabletkalar. To‘q dog‘larning bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

R05FA02

Qiyin ajralib chiquvchi balg‘amli yo‘tal bilan birga kechuvchi nafas yo‘llarining kasalliklari (traxeit, bronxit) – majmuaviy davolash tarkibida qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli: ichga buyuriladi. Kattalarga 1 tabletkadan kuniga 3 marta 3-5 kun davomida buyuriladi. 12 yoshdan oshgan bolalarga – 1 tabletkadan kuniga 3 marta 3-5 kun davomida. Davolashning davomiyligi shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qo‘llaniladi.

Allergik reaktsiyalar, ko‘ngil aynishi kuzatilishi mumukin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, me’da va o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligi (zo‘rayish bosqichida), bolalik yoshi (12 yoshgacha). Preparatni qon tupurishga moyilligi bo‘lgan o‘pka kasalliklarida (qon ketishi bo‘lgan o‘pkaning raki va tuberkulezi) buyurish mumkin emas. Tabletka ot kashlyani homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Adsorbentlar, burishtiruvchi va o‘rab oluvchi vositalar, afsonak o‘tining tarkibiga kiruvchi alkaloidlarning me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Tabletka ot kashlyani kodein va boshqa yo‘talga qarshi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash kerak emas, chunki bu balg‘amning yo‘tal bilan ajralib chiqarilishini qiyinlashtiradi.

Balg‘amning suyulishi va ajralib chiqishini yaxshilash uchun ko‘p iliq ichimlik ichish tavsiya qilinadi. Preparatni qo‘llash yuqori diqqatni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini (avtotransportni boshqarish, xarakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi) bajarish qobilyatiga ta’sir qilmaydi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Tabletka ot kashlyani homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishining simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish. Davolash – simptomatik.

Retseptsiz

Tabletkalar. 10 tabletkadan polietilen qoplama bilan qoplangan qog‘oz kontur uyasiz o‘ramda yoki polivinilxlorid plenkali va bosma laklangan alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.

4 yil.