Svorotka protivobotulinicheskaya tipa Ye loshadinaya ochiщyennaya kontsentrirovannaya jidkayaretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Botulizmga qarshi zardobining Ye turi, Ye turi toksini bilan immunizatsiyalangan otlarning qon zardobini botulizm anatoksini yoki spetsifik immunoglobulinlarni saqlovchi oqsil fraktsiyasidir. Zardobning bir ampulasi bir davolovchi dozani saqlaydi, u 10000 xalqaro birlikni (XB) tashkil qiladi.

Preparatning savdo nomi:

Svorotka protivobotulinicheskaya tipa Ye loshadinaya ochiщyennaya kontsentrirovannaya jidkaya

Farmakalogik guruhi:

MIBK-zardob

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma.

preparat tiniq yoki biroz tovlanuvchi rangsiz yoki sarg‘ish tusli cho‘kmasiz suyuqlikdir. 1:100 nisbatda suyultirilgan tozalangan ot zardobi bilan komplektda chiqariladi, u tiniq rangsiz cho‘kmasiz suyuqlikdir.

MIBK-zardob

J06AA04.

Botulizmni davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi.

Botulizmga qarshi zardob botulizmni davolash va oldini olish maqsadida qo‘llanadi. Zardob davolash maqsadida botulizmning birinchi belgilari paydo bo‘lgan vaqtidan boshlab maksimal erta muddatlarda yuboriladi. Zardobni yuborishdan oldin botulinik toksin va botulizm qo‘zg‘atuvchisini tekshirish uchun bemordan 10 ml hajmda qon, siydik, me’da yuvilgan suvlar (qusish massalari) olinishi lozim. Tekshirishga shuningdek kasallikni chaqirgan oziq-ovqat mahsuloti ham yuboriladi. Botulizm (qo‘zg‘atuvchi) toksinining noma’lum turi chaqirgan kasallikni davolash uchun monovalent zardoblar (A, V va Ye tur) aralashmasi ishlatiladi. Toksin (qo‘zg‘atuvchi) ning turi ma’lum bo‘lgan hollarda tegishli turdagi monovalent zardob ishlatiladi. Klinik belgilarning yaqqollik darajasidan qat’iy nazar, preparatning bir davolash dozasi vena ichiga tomchilab yuboriladi. Yuborishdan oldin ushbu doza (37±1)oS hararatgacha bo‘lgan issiq suvda isitilgan 200 ml natriy xloridining 0,9% li steril izotonik eritmasida suyultiriladi. Yuborish tezligi minutiga 60-90 tomchi. Kamdan-kam hollarda, tomchilab yuboriladigan infuziyani amalga oshirish mumkin bo‘lmaganida, zardobning davolash dozasi oldindan suyultirmasdan, shprits yordamida asta-sekin oqim bilan yuborishga yo‘l qo‘yildi. Yuz berishi mumkin bo‘lgan allergik reaktsiyalarni oldini olish uchun, zardobni vena ichiga yuborishni boshlashdan oldin bemorga 60-90 mg prednizolon oqim bilan yuboriladi. Zardob bir marta yuboriladi. Profilaktika maqsadida zardob, bemor bilan bir vaqtda botulizm kasalligini chaqirgan mahsulotlarni iste’mol qilgan odamlarga xam yuboriladi. Kasallikni chaqirgan toksin turi bo‘lgan zardobning xuddi shu turining davolash dozasining yarmi (ampula ichidagisining yarmi) yuboriladi. Agar toksinning turi aniqlanmagan bo‘lsa, monovalent zardobning hamma turlarining yarim davolash dozasi yuboriladi. Preparat mushak ichiga yuboriladi. Ishlatishdan oldin preparat saqlovchi ampulani sinchiklab ko‘riladi. Butunligi buzilgan, yorlig‘i bo‘lmagan ampulalardagi preparat, shuningdek fizik xususiyatlari buzilgan (rangini o‘zgarishi, parchalanmaydigan qoldiqlari bo‘lgan), yaroqlilik muddati o‘tgan, noto‘g‘ri saqlangan preparat qo‘llash uchun yaroqli emas. Yuborishdan oldin zardobli ampula (37±1)oS haroratli suvda 5 minut tutib turib isitiladi. Zardobli ampulani ochish, preparatni yuborish muolajasi va ochilgan ampulani saqlash (bir soatdan ko‘p emas) aseptika va antiseptika qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Zardobni yuborish shifokorning kuzatuvi ostida o‘tkaziladi. Botulizmga qarshi zardobni yuborishdan oldin begona oqsilga sezuvchanlikni aniqlash uchun, preparatning komplektida bo‘lgan 1:100 nisbatda suyultirilgan ot zardobi bilan majburiy tarzda teri ichki sinamasi o‘tkaziladi. Tozalangan 1:100 nisbatda suyultirilgan zardob ampulalari qizil, botulizmga qarshi zardob esa – ko‘k yoki qora rang bilan belgilangan. Tozalangan suyultirilgan zardob 0,1 ml dozada bilakning ichki yuzasiga teri ichiga yuboriladi. Agar yuborish joyida 20 minutdan keyin 1 sm dan kichik shish yoki qizarish paydo bo‘lsa, sinama salbiy hisoblanadi. Agar shish yoki qizarish 1 sm va undan katta bo‘lsa, sinama ijobiy hisoblanadi. Salbiy teri ichki sinamasida teri ostiga 0,1 ml suyultirilmagan botulizmga qarshi zardob yuboriladi. Zardobga reaktsiya bo‘lmaganida 30 minutdan keyin vena ichiga yoki mushak ichiga zardobning buyurilgan dozasini hammasi yuboriladi. Tozalangan suyultirilgan zardobga ijobiy teri ichki sinamasida yoki suyultirilmagan zardob bilan teri ostiga inyektsiyasiga allergik reaktsiyalar paydo bo‘lganida, botulizmga qarshi zardob faqat davolash maqsadida shifokor kuzatuvi ostida va o‘ta ehtiyotkorlik bilan yuboriladi: Avval 60 mg prednizolon va gistaminga qarshi preparatlar mushak ichiga yuboriladi, so‘ngra esa teri ichki sinamasi uchun mo‘ljallangan tozalangan 1:100 suyultirilgan zardob 20 minutlik interval bilan 0,5 ml, 2,0 ml va 5,0 ml dozada teri ostiga yuboriladi. Bu dozalarga reaktsiyalar bo‘lmasa, 0,1 ml botulizmga qarshi zardob teri ostiga yuboriladi. Reaktsiya kuzatilmasa, 30 minutdan keyin zardobning hamma dozasi yuboriladi. Yuqorida ko‘rsatilgan dozalarning birontasiga ijobiy reaktsiya bo‘lgan hollarda, bemorga vena ichiga oqim bilan 180-240 mg prednizolon va 5-10 minut o‘tgach, zardobning davolovchi dozasining hammasi yuboriladi.

Botulizmga qarshi zardobni yuborish darhol kechuvchi allergik reaktsiyalar, shu jumladan anafilaktik shokni, shuningdek zardob kasalligini rivojlanishi bilan kechishi mumkin.

Botulizmni oldini olish uchun spetsifik shoshilinch vositalarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: 1:100 nisbatda suyultirilgan ot zardobi, monovalent zardoblar (A, V va Ye turlari) ning aralashmasini yoki botulizmga qarshi monovalent zardobni avvalgi yuborilishiga bo‘lgan anamnezdagi tizimli allergik reaktsiyalar va asoratlar yoki preparatlarga yuqori sezuvchanlik bo‘lgan holatlar.Botulizmi bo‘lgan bemorlarda ot oqsiliga sezuvchanlikni aniqlashda anafilaktik shokni rivojlanishi botulizmga qarshi zardobni yuborilishiga qarshi ko‘rsatma hisoblanadi.

Aniqlanmagan.

Preparatni faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha, ona uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan foyda va homila yoki bola uchun xavfni hisobga olib, qo‘llashga ruxsat beriladi.

SP 3.3.2.1248-03 ga muvofiq, 2 dan 8oS gacha bo‘lgan haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda. Muzlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Aniqlanmagan.

Inyektsiya uchun eritma 10000 XB/doza. Botulizmga qarshi zardobning Ye turi – 10000 XB dan ampulada. Ampuladagi preparatning hajmi zardobning faolligiga bog‘liq. 1:100 nisbatdagi tozalangan suyultirilgan ot zardobi – 1 ml dan ampulada. Komplektda chiqariladi. Komplekt botulizmga qarshi zardobning 1 ampulasi va 1:100 nisbatdagi tozalangan suyultirilgan ot zardobining 1 ml ampulasidan iborat. 5 komplektdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, ampula pichoqchasi yoki skarifikator bilan birga karton qutida. 1:100 nisbatdagi tozalangan suyultirilgan ot zardobining ampulasiga qizil rang bilan, botulizmga qarshi zardobning Ye turini ampulasi – ko‘k yoki qora rang bilan markirovka qilinadi. Chiziqchasi, sindirish xalqasi yoki ochish uchun nuqtasi bo‘lgan ampulalar ishlatilganida ampula pichog‘i yoki ampula skarifikatori qo‘yilmaydi.

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgan preparatni qo‘llash mumkin emas.