Supratsef Neoretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1,0 g tseftriaksonga qayta hisoblanganda tseftriaksonning steril natriyli tuzi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Tseftriakson (natriyli tuzi ko‘rinishida).

Preparatning savdo nomi:

Supratsef Neo

Farmakalogik guruhi:

Antibiotiklar (tsefalosporinlar guruhi).

Dori shakli:

Inyektsion eritma tayyorlash uchun kukun.

Oq yoki sarg‘ish rangli kristalllik kukun.

Antibiotiklar (tsefalosporinlar guruhi).

J01DA13

Preparat unga sezgir mikroorganizmlarning shtammlari chaqirgan infektsion – yallig‘lanish kasalliklarni davolash uchun buyuriladi: quyi nafas yo‘llarining infektsion kasalliklarini (pnevmoniya, bronxit, o‘pka abstsessi, plevra empiyemasi), otorinolaringologik infektsion kasalliklarni, buyrak va siydik-jinsiy yo‘llarining infektsion kasalliklarini (piyelit, tsistit, o‘tkir va surunkali piyelonefrit, prostatit, epididimit), teri va yumshoq to‘qimalarini infektsion kasalliklarini, shu jumladan bakterial streptodermiyani; meningitni, suyak va bo‘g‘im infektsion kasalliklarini, peritonitni, o‘t pufagini yallig‘lanishini, me’da–ichak infektsiyalarini, asoratlanmagan gonoreyani va jinsiy yo‘l bilan yuquvchi boshqa infektsiyalarni (yumshoq shankr va zahm), Layma kasalligini (spiroxetoz), tif isitmasi, salmonellezni, salmonella tashuvchanlikni davolash uchun qo‘llanadi. Preparatni shuningdek jarrohlik operatsiyalaridan so‘ng kelib chiqadigan infektsiyalarni oldini olish uchun ham qo‘llanadi.

Preparat qabul qilinganida allergik reaktsiyalar (eshakemi, qichima, eozinofiliya, zardob kasalligi, bronxospazm, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, anafilaktik reaktsiyalar, kam hollarda – anafilaktik shok), stomatit, glossit, me’da-ichak yo‘llari tomonidan esa, ko‘ngil aynishi, qusish, ta’mni yo‘qolishi, qorinda og‘riq, disbakterioz, superinfektsiya, soxtamembranoz kolit paydo bo‘lishi mumkin. Periferik qon ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi; neytropeniya, limfopeniya, leykopeniya, trombotsitopeniya, kam hollarda – gemolitik anemiya yuz berishi mumkin, ayrim hollarda qon zardobi plazma omillarining (II, VII, IX, X) darajasi pasayadi, protrombin vaqti uzayadi, burundan qon ketishi kuzatiladi, xolestatik sariqlik rivojlanadi, siydikda kreatinin darajasi oshadi, tsilindrlar paydo bo‘ladi, oliguriya, anuriya, biokimyoviy o‘zgarishlar (jigar transaminazalari faolligini va bilirubinni qon plazmasida oshishi), o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, aritmiyalar, bosh og‘rig‘i, yuborish joyida og‘riq yoki infiltrat, alohida xollarda – v/i yuborilganda flebit yoki tromboflebit bo‘lishi mumkin.

Tsefalosporinlar sinfiga taalluqli antibiotiklarga va penitsillinlarga, shuningdek lidokainga (m/i yuborilganda) yuqori sezuvchanlik. Jigar-buyrak yetishmovchiligi, anamnezida me’da-ichak yo‘llarining kasalliklari, ayniqsa nospetsifik yarali kolit yoki enterit, homiladorlik, laktatsiya. Dorilarning o‘zaro ta’siri Aminoglikozidlar bilan majmuada qo‘llanganda sinergizm oqibatida grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan samaradorligi kuchayadi, ammo ularning optimal dozalarini tanlash kerak. NYAQV, antiagregantlar qon ketish imkoniyatini oshiradi, halqali diuretiklar va nefrotoksik preparatlar (aminoglikozidlar, polimiksin V) buyrak faoliyatini buzilishini chaqiradi. Preparatning eritmasini mikroblarga qarshi boshqa preparatlar yoki eritmalar bilan farmatsevtik nomutanosibligi sababli, aralashtirish yoki bir vaqtda yuborish mumkin emas Maxsus ko‘rsatmalar Buyrak va jigar yetishmovchiligi birga qo‘shilib kelganida, shuningdek gemodializdagi patsiyentlarda plazmada preparatning kontsentratsiyasini muntazam aniqlash lozim. Uzoq muddat davolanganda periferik qon manzarasini, jigar va buyraklarning funktsional holati ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish lozim. Kam hollarda o‘t pufagini ultratovush tekshiruvi (UTT) da davolash tugagandan keyin yo‘qoladigan soyalar (tseftriaksonning kaltsiyli tuzini pretsipitatlari) aniqlanadi. O‘t pufagining bo‘lishi mumkin bo‘lgan kasalligiga ishora qiluvchi simptomlar yoki belgilar rivojlanganda, yoki “sladj-fenomen” kabi UTT-belgilari bo‘lganida preparatni yuborishni to‘xtatish tavsiya qilinadi. Preparatni qo‘llaganda bemorlarda, ehtimol, o‘t-safro yo‘llarining obstruktsiyasi oqibatida rivojlanishi mumkin bo‘lgan pankreatitni kamdan-kam hollari ta’riflangan. Ko‘pchilik bemorlarda bungacha o‘t-safro yo‘llarida dimlanish omillarining xavfi (preparat bilan ilgari o‘tkazilgan davolash, og‘ir yo‘ldosh kasalliklar va to‘liq parenteral oziqlanish) bo‘lgan; bunda tseftriakson ta’siri ostida safro yo‘llarida pretsipitatlarni hosil bo‘lishiga turtki bo‘lishini istisno qilib bo‘lmaydi. Preparat qo‘llaganida protrombin vaqtini o‘zgarishining juda kam hollari ta’riflangan. K vitamini tanqisligi (sintezini buzilishi, ovqatlanishni buzilishi) bo‘lgan patsiyentlarda, protrombin vaqtini nazorat qilish va protrombin vaqti oshganida tseftriakson bilan davolashni boshlashdan oldin va davolash vaqtida K vitamini (haftada 10 mg) buyurish lozim. Tseftriakson Sa2+ pretsipitatlarini yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘pkasida va buyraklarida to‘planib qolishi natijasida fatal reaktsiyalar hollari ta’riflangan. Nazariy jihatdan Tseftriaksonni vena ichiga yuboriladigan kaltsiy saqlovchi eritmalar bilan o‘zaro ta’sir ehtimoli boshqa yoshdagi patsiyentlar guruhida xam mavjud, shuning uchun tseftriaksonni kaltsiy saqlovchi eritmalar (shu jumladan parenteral oziqlanish preparatlari) bilan aralashtirish mumkin emas. Tseftriaksonni va kaltsiy saqlovchi eritmalarni yuborish orasidagi interval kamida 48 soatni tashkil qilishi lozim. Tseftriakson bilan davolashda Kumbs sinamasi, galaktozemiya sinamasi, siydikda glyukozani aniqlashda soxtamusbat natijalar aniqlanishi mumkin (glyukozuriyani faqat ferment usulida aniqlash tavsiya qilinadi). Katta dumba mushagining yuqori tashqi kvadrantiga m/i yuboriladigan inyektsiya chuqur bo‘lishi kerak. Jigar va buyraklarning faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda preparatning dozasi kamaytiriladi. Kreatinin klirensi 10 ml/min dan kam bo‘lgan bemorlarga antibiotik uchun sutkalik doza 2 g dan oshmasligi kerak. Preparatni homiladorlikda faqat ona uchun taxmin qilinayotgan foyda homila yoki bola uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Preparatni laktatsiya davrida buyurish zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish to‘g‘risidagi masalani hal qilish lozim. Preparatga rezistent mikroorganizmlar paydo bo‘lishi va superinfektsiyani rivojlanishi mumkin. “Halqali” diuretiklarni (furosemid va boshqalarni) bir vaqtda buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Arterial gipertenziyada va suv-elektrolit muvozanatining buzilishda plazmada natriy miqdorini nazorat qilish kerak. Uzoq muddat qo‘llanganida disbakteriozni aniqlash uchun tsitologik tekshirishlarni olib borish zarur. Giperbilirubinemiyasi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, allergik reaktsiyalarga moyilligi bo‘lganlarga extiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparatni transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlanishi va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ta’sirini baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: bosh aylanishi, paresteziyalar, bosh og‘rig‘i, tirishishlar. Davolash: simptomatik davolash. Gemodializ yoki peritoneal dializ samarali emas.

Retsept bo‘yicha

Inyektsion eritma tayyorlash uchun kukun 0,5 g va 1,0 g dan flakonlarda.

2 yil.