STRЕSSANЕT

Tarkibi:

Xar bir kapsulada: do‘lana mevalari – 0,03 g; kashnich mevalari – 0,015 g; dorivor limono‘t – 0,045 g; qashqarbeda o‘ti – 0,015 g; so‘li mevasi – 0,075 g; arslonquyruq o‘ti – 0,06 g; qulmoq to‘pmevasi – 0,06 g.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Majmuaviy preparat.

Preparatning savdo nomi:

STRЕSSANЕT

Farmakalogik guruhi:

sedativ vosita.

Dori shakli:

kapsulalar.

yashil rangli jelatin kapsulalari. Kapsulani ichidagi: och-qo‘ngir bilan sariq-jigarrang tusli o‘simlikdan kelib chiqgan kukun.

sedativ vosita.

N05CM

Turli etiologiyali nevrozlar: ta’sirchanlik, xavotirlik, qo‘rquv, yuqori toliqish, parishonxotirlik bilan birga kechuvchi nevrasteniyaning yengil shakllari;nerv qo‘zg‘alishi;uyqusizlik;gipertonik va kardial turili neyrotsirkulyar distoniya;astenik sindromda (giperstenik shakli) qo‘llanadi.

Og‘iz orqali kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 kapsuladan kuniga 3 marta, ovqatdan 30 minutdan keyin, kamida 100 ml suyuqlik bilan birga buyuriladi. Davolash kursi – 4 hafta. Zarurati bo‘lganida uni 10-15 kundan keyin takrorlash mumkin. Yil davomida davolash kursini 2-3 marta takrorlash tavsiya qilinadi.

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda, allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda uyquchanlik, arterial bosimni pasayishi, dispeptik holatlar (ko‘ngil aynashi, qusish, jig‘ildon qaynashi) paydo bo‘lishi mumkin.

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, homiladorlik va laktatsiya davrida, hamda qonning ivishi pasaygan, ichki qon ketishi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.

Preparat markaziy nerv tizimini susaytiruvchi dori vositalarining ta’sirini kuchaytiradi. Preparat komponentlari V guruhi vitaminlarini saqlaydi va ular levodopaning ta’sirini susaytirishi mumkin.

Preparat haydovchilar va diqqatni yuqori jamlash va tezkor harakat reaktsiyalarini talab qiladigan mexanizmlar bilan ishlaydigan patsiyentlarga buyurilmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 30ºC dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Simptomlari: arterial bosimni pasayishi, bosh aylanishi, jig‘ildonni qaynashi, ko‘ngil aynashi bo‘lishi mumkin. Davolash: simptomatik (me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish).

Retseptsiz

10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda. 1, 2 yoki 3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.