Ma’lumotlar klinik tadqiqotlar va postmarketing tadqiqotlarni o‘tkazish tajribasiga asoslangan.
Quyidagi standart kategoriyalar ishltiladi: Juda tez > 1/10, Tez > 1/100, <1/10, Tez-tez emas > 1/1000, <1/100, Kam hollarda > 1/10 000, <1/1000, Juda kam > 1/10 000 (shu jumladan yakka holatlar).
Qon va limfa tizimi tomonidan Tez-tez: inyektsiya joyidan qon ketishi, ko‘karishlar.
Me’da-ichakdan qon ketishi, urogenital qon ketishlari, burundan qon ketishi;Tez-tez emas: bosh miyaga keyinchalik asoratlar va o‘lim bilan yakunlanishi bilan qon quyilishi, ko‘zning to‘r pardasiga qon quyilishi, og‘ir qon ketishlari (shuningdek o‘lim holati bilan), jigarga qon quyilishi, qorin pardasi ortiqcha qon ketishlari, bo‘g‘imlarga qon quyilishi, taloqni yorilishi.
Qon quyish kam hollarda talab etiladi.
Juda kam hollarda: perikardga qon ketishi, shu jumladan o‘tkir miokard infarktini trombolitik davolash vaqtida miokard perforatsiyasi.
Og‘ir gemorragik asoratlar yuz bergan hollarda streptokinaza bilan davolashni to‘xtatish va protekinaza ingibitorlarini masalan, apropinni quyidagi dozada yuborish lozim: dastlab 500000 KFB (Kallikreinni faolsizlantiruvchi birlik), zarurati bo‘lganida 1 mln KFB gacha, so‘ngra soatiga 50000 KFB dan vena ichiga qon ketishi to‘xtagunicha yuboriladi.
Sintetik antifibrinolitiklar (traneksam, aminokapron kislotasi) bilan birga qo‘llash tavsiya etiladi.
Zarurati bo‘lganida qon ivish omillari yuborilishi kerak.
Immun tizimi tomonidan: Juda tez-tez: streptokinazaga qarshi antitelalarni hosil bo‘lishi;Tez-tez: allergik anafilaktik reaktsiyalar, masalan toshma, qizarish, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi, xansirash, bronxospazm, gipotenziya;Juda kam hollarda: sekin avj oluvchi allergik reaktsiyalar, masalan, zardob reaktsiyasi, artrit, vaskulit, nefrit, neyroallergik simptomlar (polineyropatiya, masalan Giyen Barre), hattoki shokkacha rivojlanuvchi og‘ir allergik reaktsiyalar, shu jumladan nafasni to‘xtab qolishi.
Yengil yoki kuchsiz allergik reaktsiyalarda antigistamin va/yoki kortikosteroid preparatlar ishlatiladi.
Og‘ir allergik/anafilaktik reaktsiyalar yuz bergan hollarda streptokinazani yuborilishi darhol to‘xtatilishi va tegishli davolashni boshlash lozim.
Shokka qarshi davolashning joriy tibbiy standartlariga rioya qilish zarur.
Trombolitik davolash gemologik fibrinolitiklar bilan birga davom ettirilishi lozim.
Nerv tizimi tomonidan Kam hollarda: miyaga qon quyilishi yoki bosh miyaning gipoperfuziyasi bilan kechuvchi yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan nevrologik simptomlar (masalan bosh aylanishi, es-xushni chalkashishi, paralich, gemiparez, qo‘zg‘aluvchanlik, tirishishlar).
Oftalmologik buzilishlar Juda kam hollarda: irit/uveit/iridotsiklit.
Yurak va qon tomir buzilishlari Tez-tez: davolashni boshida gipotoniya, taxikardiya, bradikardiya.Juda kam hollarda: xolesterinemboliya.
Miokard infarkti bo‘lgan patsiyentlarda streptokinaza bilan fibrinolotik davolashda, miokard infarktidan keyingi asorat va/yoki reperfuziya simptomlari kabi quyidagi holatlar aniqlangan: Juda tez-tez: gipotenziya, yurak qisqarishlari ritmi va sonini buzilishi, stenokardiya;Tez-tez: qaytalanuvchi ishemiya, stenokardiya, takroriy infarkt, kardiogen shok, perikardit, o‘pka shishi.Tez-tez emas: yurakni to‘xtab qolishi (bu nafasni to‘xtab qolishiga olib keladi, mitral klapan yetishmovchiligi, perikardit, yurak tamponadasi, miokardni yorilishi, o‘pka yoki periferik emboliya.
Ushbu yurak-qon tomir asoratlari o‘limga olib kelishi mumkin.
Periferik arteriyalarning mahalliy trombolizisi vaqtida distal embolizatsiyani istisno qilib bo‘lmaydi.
Respirator kasalliklar Juda kam hollarda: miokard yirik sohasi infarkti bo‘lgan patsiyentlarda intrakoronar trombolizisdan keyin kardiogen o‘pka shishi.
Me’da-ichak buzilishlari