Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, aritmiya (buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan va kaliy preparatini qabul qilayotgan patsiyentlarda), vaskulit.
Qon va limfatik tizimi tomonidan: leykopeniya (jumladan agranulotsitoz), trombotsitopeniya, megaloblastik yoki aplastik anemiya, eozinofiliya.
Nerv tizimi va ruhiyat tomonidan: bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, bosh aylanishi, ataksiya, falaj, paraplegiya, letargiya, tormozlanish, ongni chalkashishi.
Nafas tizimi, ko‘ks oralig‘i va ko‘krak qafasi a’zolari tomonidan: tovush tembrini o‘zgarishi.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, kusish, ishtahani pasayishi, qorinda va me’dada og‘riq, diareya, qabziyat, ichak sanchiqlari, gastrit, me’da va 12-barmoq ichak yarasi, me’dadan qon ketishi.
Gepatobiliar tizimi tomonidan: gepatit, jigar faoliyatini buzilishlari.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
Tayanch-harakat apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: osteomalyatsiya, mushaklar spazmi, oyoq mushaklarini tirishishi.
Modda almashinuvini va metabolizmi tomonidan: giperkaliyemiya, giponatriyemiya, giperkreatininemiya, qon plazmasida mochevina miqdorini oshishi giperurikemiya, porfiriya, metabolik giperxloremik atsidozi yoki alkalozi, degidratatsiya.
Endokrin tizimi tomonidan: girsutizm.
Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan: libidoni pasayishi, erektil disfunktsiya, ginekomastiya, hayz tsiklini buzilishi, dismenoreya, amenoreya, menopauza davrida metrorragiya, ayollarda sut bezlarini shishi va og‘rig‘i, bepushtlik (yuqori dozalarda sutkada 450 mg qo‘llanganda), sut bezlarini xavfsiz o‘smalari.
Immun tizimi, teri va teriosti qavati tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan: toshmalar, qichishish, eshakemi, dori ta’siridagi isitma, yuguriksimon sindromi, gipertrixoz, alopetsiya, giperemiya, uzuksimon eritema, ekzema, Stivens-Djonson sindromi.
Umumiy: asteniya, kuchli toliqish.