Sofosbuvir metabolizmga uchrovchi nukleozid olddori hisoblanadi.
Faol metaboliti gepatotsitlarda hosil bo‘ladi va plazmada kuzatilmaydi.
Asosiy metaboliti (>90%) GS-331007 faol emas.
U faol metabolitni hosil bo‘lishining ketma-ket va parallel yo‘llari orqali hosil bo‘ladi.
So‘rilishi Sofosbuvir va asosiy aylanib yuruvchi metaboliti GS-331007 ning farmakokinetik xususiyatlari sog‘lom katta ko‘ngillilarda va surunkali S gepatiti bo‘lgan patsiyentlarda aniqlangan.
Sofosbuvir peroral qabul qilingandan keyin tez so‘rilgan va plazmada cho‘qqi kontsentratsiyasi dozaning darajasidan qat’iy nazar yuborilgandan ~ 0,5-2 keyin erishiladi.
Qon plazmasidagi GS-331007 ning cho‘qqi kontsentratsiyasi doza yuborilgandan 2 soatdan 4 soatgacha diapazonda kuzatilgan.
SSG-infektsiyaning 1 dan 6 genotipigacha bo‘lgan subyektlarda (n=986) aholining farmakokinetik tahlili asosida sofosbuvir va GS-331007 uchun barqaror AUC0-24 muvofiq ravishda 1,010 ng • soat/ml va 7,200 ng • soat/ml bo‘lgan.
Sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan (n=284) SSG infektsiyalangan subyektlarga nisbatan sofosbuvir va GS-331007 uchun AUC0-24 muvofiq ravishda 57% yuqori va 39% ga past bo‘lgan.
Ovqatni ta’siri Yog‘larni ko‘p miqdorda saqlovchi standartlashtirilgan ovqat bilan sofosbuvirning bir martalik dozasini yuborishga nisbatan sofosbuvirni so‘rilish tezligini sekinlashtirgan.
Sofosbuvirning so‘rilishi tezligi cho‘qqi kontsentratsiyasiga biroz ta’siri bilan taxminan 1,8 marta oshgan.
Yog‘larni ko‘p miqdorda saqlovchi ovqat borligida GS-331007 ning ta’siri o‘zgarmagan.
Taqsimlanishi Sofosbuvir transporterlarni jigarda o‘zlashtirilishi, organik polipeptid anionlar (OATP) 1B1 yoki 1B3 yoki organinik kationlar (OKT) uchun substrat hisoblanmaydi.
Faol kanalchalar sekretsiyasi sharoitida, jigar transporterlari, shu jumladan tashuvchining organik anioni (OAT) 1 yoki 3, OKT 2, MRP2, P G.P., BCRP yoki Mate1 uchun GS-331007 substrat hisoblanmaydi.
Sofosbuvir va GS-331007P G.P., BCRP, MRP2, BSEP, OATP1B1, OATP1B3 va OCT1 transporterlarning ingibitori hisoblanmaydi.
GS-331007OAT1, OCT2 va Mate1 ingibitori hisoblanmaydi.
Sofosbuvir odam plazma oqsillari bilan taxminan 85% bog‘lanadi (in vitro sharoitdagi ma’lumotlardan tashqari) va bog‘lanish dori vositasining 1 mkg/ml dan 20 mkg/ml gacha dozalar diapazonida kontsentratsiyasiga bog‘liq emas.
Odam qon plazmasida GS-331007 ni bog‘lanishi minimal darajada bo‘lgan.
Sog‘lom odamlarda [14S] – sofosbuvirning 400 mg bir martalik dozasidan keyin 14S-radiofaollik bo‘yicha plazma va qonning nisbati taxminan 0,7 ni tashkil qilgan.
Biotransformatsiyasi Sofosbuvir trifosfat nukleozidning farmakologik faol analogi GS-461203 hosil bo‘lishi bilan jigarda faol metabolizmga uchraydi.
Faollashishning metabolik yo‘li odam katepsini A (SATA) yoki karboksilesteraza I (CES1) tomonidan katalizatsiya qilinuvchi karboksil fragmayentini ketma-ket gidrolizi va keyinchalik biosintezning pirimidin nukleotidni fosforlanishi bilan kechuvchi nukleotid-bog‘loqchi oqsil 1 (HINT1) triadasining gistidinni fosforamidat parchalanishini o‘z ichiga oladi.
Defosforlanish natijasida samarali fosforlanishga ega bo‘lmagan va in vitro sharoitda anti-HCV faollik yetishmovchiligiga bo‘lgan GS-331007 metabolitining nukleozidlarini hosil bo‘lishiga olib keladi.
Sofosbuvir va GS-331007UGT1A1 yoki CYP3A4, CYP1A2, CYP2B6, CYP2C8, CYP2C9, CYP2C19 va CYP2D6 fermentlarining substrati yoki ingibitorlari hisoblanmaydi.
[14S] – sofosbuvirning 400 mg bir martalik dozasidan keyin, sofosbuvir va GS-331007 tizimli ta’sirning muvofiq ravishda dori vositalari bilan bog‘langan taxminan 4% va >90% (sofosbuvir va uning metabolitlarining AUC ga to‘g‘rilash bilan molekulyar massasi yig‘indisi) ga to‘g‘ri kelgan.
Chiqarilishi [14S] – sofosbuvirning 400 mg bir martalik dozasidan keyin dozaning umumiy o‘rtacha chiqarilishi 92% dan yuqori bo‘lgan, siydikda, axlatda va chiqarilayotgan nafasda muvofiq ravishda taxminan 80%, 14% va 2,5% ni tashkil etgan.
Sofosbuvir dozasining ko‘p qismi GS-331007 (78%), ayni vaqtda 3,5% sofosbuvir ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi.
Bu ma’lumotlar buyrak klirensi faol chiqarishning katta qismi bilan GS-331007 ni chiqarilishining asosiy yo‘li hisoblanadi.
Sofosbuvir va GS-331007 ning yarim chiqarilish davri muvofiq ravishda 0,4 va 27 soatni tashkil etadi.
To‘g‘ri proportsionallik/teskari proportsionallik Sofosbuvir va uning birlamchi metaboliti GS-331007 dozasining proportsionalligi sog‘lom subyektlarda baholangan.
Sofosbuvir vaGS-331007 ning AUCs 200 mg dan 400 mg gacha dozalar diapazonida proportsionallikka yaqin.