Sispresretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: Tsiprofloksatsin gidroxloridi monogidrati, (250 mg, 500 mg yoki 750 mg tsiprofloksatsinga ekvivalent). Yordamchi moddalar: mikrokristallik tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy (aerosil), magniy stearati, povidon (PVP K-30), natriy kroskarmelloza. Qobig‘i: SEP. (Sepifilm LP 770 White) (gipromelloza, mikrokristallik tsellyuloza, stearin kislota, titan dioksidi). Ta’rifi: 250 mg – krem rangga moyil oq rangli, hidsiz, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 500 mg – krem rangga moyil oq rangli, hidsiz, oval shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida chiziq va boshqa tomonida “NOBEL” gravirovkasi bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 750 mg – krem rangga moyil oq rangli, hidsiz, oval shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida chiziq bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Tsiprofloksatsin (tsiprofloksatsin gidroxlorid holida).

Preparatning savdo nomi:

Sispres

Farmakalogik guruhi:

Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar).

Dori shakli:

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar).

J01MA02

Preparat me’da-ichak yo‘llarida tez va yaxshi so‘riladi. Preparat qabul qilinganidan so‘ng, uni qonda 30 minutdan kam vaqt davomida aniqlanadi. Qonda maksimal kontsentratsiyaga yetish vaqti 1-1,5 soatni tashkil etadi. Asosan o‘zgarmagan holda buyrak orqali, shuningdek ichak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 3-5 soat. Buyrak faoliyati sezilarli darajada buzilgan hollarda bu ko‘rsatkich olishi (hatto 12 soatgacha) kuzatilishi mumkin.

Buyrak va siydik yo‘llarining infektsiyalari (o‘tkir va surunkali piyelonefrit, obstruktiv litiaz, tsistit, siydik yo‘llarining asoratli yoki qaytalanuvchi infektsiyalari, prostatit, epididimit) nafas yo‘llarining infektsiyalari (pnevmoniya, bronxopnevmoniya, infektsiyalangan plevrit, o‘pka abstsessi, infektsiyalangan bronxoektazalar, surunkali bronxitni kuchayishi) teri va yumshoq to‘qimalar infektsiyalari (infektsiyalangan yaralar, jarohat infektsiyalari, abstsesslar, tsellyulitlar, tashqi otitlar, infektsiyalangan kuyishlar), me’da-ichak yo‘llarining infektsiyalari (qorin tifi, bakterial diareya va boshqalar), qorin bo‘shlig‘i infektsiyalari (peritonit, qorin bo‘shlig‘idagi abstsess, xolangit, xoletsistit, o‘t pufagi empiyemasi), ko‘z, o‘rta quloq va qo‘shimcha bo‘shliqlar, suyak va bo‘g‘imlar, kichik chanoq organlarining infektsiyalari, gonoreya. Immuniteti susaygan bemorlarda infektsiyalarni oldini olish va davolash.

Ichga, 250 mg dan sutkada 2-3 marta, infektsiyaning og‘ir kechishida 500-750 mg dan sutkada 2 marta (har 12 soatda) buyuriladi. Preparatni och qoringa qabul qilish kerak, tabletkalar butunligicha yetarli miqdordagi suyuqlik bilan yutiladi. Tsiprofloksatsinning dozasi kasallikning og‘irligi, infektsiyaning turi, organizmning holati, yoshi, og‘irligi va patsiyentning buyraklarini faoliyatiga bog‘liq. Odatdagi tavsiya etiladigan dozalar: buyraklar va siydik-chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan infektsiyalari – 250 mg dan, asoratlangan infektsiyalarda esa – 500 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi;nafas yo‘llarining quyi bo‘limlarini asoratlanmagan infektsiyalari – 250 mg dan, og‘irroq hollarda esa 500-750 mg dan, sutkada 2 marta buyuriladi.gonoreyani, ayollarda tsistitni (menopauzagacha) davolash uchun tsiprofloksatsinni 250-500 mg dozada bir marta qabul qilish tavsiya qilinadiginekologik kasalliklar, yuqori tana harorati bilan va og‘ir kechuvchi enteritlar va kolitlar, prostatitlar – 500 mg dan sutkada 2 marta (banal diareyani davolash uchun 250 mg dozada sutkada 2 marta ishlatish mumkin) buyuriladi;suyaklar va bo‘g‘imlar, teri qoplamalari va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari – 500 mg dan sutkada 2 marta, og‘ir kechishida 750 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi. Buyraklar faoliyatini yaqqol buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga preparatning yarim dozasini buyurish kerak. Davolash davomiyligi kasallikning og‘irligiga bog‘liq, lekin davolash doimo kasallikning simptomlari yo‘qolgandan keyin kamida yana ikki kun davom etishi kerak. Odatda davolash davomiyligi 7-10 kunni tashkil qiladi.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya, qusish, qorinda og‘riq, meteorizm, ishtahani pasayishi, xolestatik sariqlik (ayniqsa jigar kasalliklarini o‘tkazgan patsiyentlarda), gepatit, gepatonekroz. Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, kuchli toliqish, xavotirlik, tremor, uyqusizlik, “qo‘rqinchli” tush ko‘rishlar, periferik paralgeziya, (og‘riqni xis qilishni anomaliyasi), kuchli terlash, bosh miya ichki bosimini oshishi, ongni chalkashishi, depressiya, gallyutsinatsiyalar, shuningdek psixotik reatsiyalarning boshqa ko‘rinishlari (kamdan-kam hollarda patsiyent o‘z-o‘ziga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan kuchayib boruvchi holatlargacha rivojlanishi mumkin), migren, xushdan ketish, tserebral arteriyalarning trombozi. Sezgi a’zolari tomonidan: ta’m va hid bilishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi, (diplopiya, rang ajratishni o‘zgarishi), quloqlarni shang‘illashi, eshitishni pasayishi. Yurak-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, brak ritmini buzilishi, arterial bosimni pasayishi, yuz terisiga qonni “oqib kelishlari”. Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, granulotsitopeniya, anemiya, trombotsitopeniya, leykotsitoz, trombotsitoz, gemolitik anemiya. Laboratoriya ko‘rsatkichlari: gipoprotrombinemiya, “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligini oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, giperglikemiya. Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: gematuriya, kristallurgiya (eng avvalo ishqoriy siydikda va past diurezida), gloiyerulonefrit, dizuriya, poliuriya, siydikni tutilishi, albuminuriya, uretral qon ketishlar, gematuriya, buyraklarning azotni chiqarish faoliyatini pasayishi, interstitsial nefrit. Tayanch xarakat tizimi tomonidan: artralgiya, artrit, tendovaginit, paylarning uzilishi, mialgiya. Allergik reaktsiyalar: terini qichishishi, eshakemi, qon ketishlari bilan birga kechuvchi qavariqlarni hosil bo‘lishi, va qasmoqlarni hosil qiluvchi mayda tugunlarni paydo bo‘lishi, dori isitmasi, terida nuqtali qon quyilishlar (petexiyalar), yuz yoki xalqumni shishi, hansirash, eozinofiliya, vaskulit, tugunli eritema, ko‘pshaklli ekssudativ eritema, Stivens-Djonson sindromi (xavfli ekssudativ eritema), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi). Boshqalar: yorug‘likka yuqori sezuvchanlik, asteniya, superinfektsiya (kandidoz, soxtamembranoz kolit).

O‘ta yuqori sezuvchanlik, tizanidin bilan bir vaqtda qo‘llash (arterial bosimni yaqqol pasayish xavfi, uyquchanlik), soxtamembranoz kolit, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalik va o‘smirlik yoshi (o‘pka mukovistsidozi bo‘lgan 5dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi Pseudomonas aeruginosa chaqirgan asoratlarni davolash; kuydirgining o‘pka shaklini oldini olish va davolashdan tashqari), homiladorlik, laktatsiya davri, glyukoza–6–fosfatdegidrogenaza tanqisligida qo‘llash mumkin emas.

Gepatotsitlarda mikrosomal oksidlanish jarayonlarining faolligini pasayishi oqibatida teofilinning (va boshqa ksantinlarning, masalan kofein), peroral gipoglikemik dori vositalari, bilvosita antikoagulyantlarning kontsentratsiyasini oshiradi va T1/2 ni uzaytiradi, protrombin indeksini pasayishiga yordam beradi. Boshqa mikroblarga qarshi dori vositalari (beta-laktam antibiotiklari, aminoglikozidlar, klindamitsin, metronidazol) bilan birga odatda sinergizm kuzatiladi; Pseudomonas spp. tomonidan chaqirilgan infektsiyalarda azlotsillin va tseftazidim majmuada muvafaqiyatli qo‘llanishi mumkin;mezlotsillinazlotsillin va boshqa beta-laktam antibiotiklari bilan – streptokokkli infektsiyalarida; izoksazolpenitsillinlar va vankomitsin bilan – stafilokokkli infektsiyalarida; metronidazol va klindamitsin bilan – anaerob infektsiyalarda muvaffaqiyat bilan qo‘llanishi mumkin. Tsiklosporinning nefrotoksik ta’sirini kuchaytiradi, zardobdagi kreatininni oshishi aniqlanadi, bunday patsiyentlarda bu ko‘rsatkichni xaftada 2 marta nazorat qilish kerak. Bir vaqtda qo‘llanganida bilvosita antikoagulyantlarning ta’sirirni kuchaytiradi. Temir saqlovchi preparatlar, sukralfat va magniy, kaltsiy va alyuminiy saqlovchi antatsid vositalar bilan birga peroral qabul qilish, tsiprofloksatsinni so‘rilishini pasayishiga olib keladi, shuning uchun uni yuqorida ko‘rsatilgan dori vositalarini qabul qilishdan 1-2 soat oldin yoki 4 soat keyin buyurish lozim. Didanozin tsiprofloksatsinning, u bilan didanozinda saqlanuvchi alyuminiy va magniyli tuzlar bilan majmualarni xosil qilishi oqibatida, so‘rilishni kamaytiradi. Metoklopramid preparatni so‘rilishini tezlashtiradi, bu uning Cmax ga erishish vaqtini kamayishiga olib keladi. Urikozurik dori vositalarini birga buyurish tsiprofloksatsinning chiqarilishini (50% gacha) sekinlashishiga va plazmadagi kontsentratsiyasini oshishiga olib keladi. Tizanidinning Cmax ni 7 marta (4 dan 24 martagacha) va AUC ni 10 martagacha (6 dan 24 martagacha) oshiradi, arterial bosimni yaqqol pasayish xavfini va uyquchanlikni oshiradi.

Kristallurgiya rivojlanishidan saqlanish uchun tavsiya qilingan sutkalik dozani oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek suyuqlikni yetarli miqdorda iste’mol qilish va siydikni kislotali muhitini tutib turish lozim. Davolash vaqtida yuqori diqqat va ruhiy va xarakat reaktsiyalarining tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘illanishdan saqlanish lozim. Tutqanog‘i, anamnezida tirishish xurujlari, tomir kasalliklari va miyaning organik rivojlanishini xavfi sababli, tsiprofloksatsinni faqat “hayotiy” ko‘rsatmalarga muvofiq buyurish lozim. Davolash vaqtida yoki undan keyin og‘ir va uzoq muddatli diareya paydo bo‘lganida soxtamembranoz kolit tashxisini istisno qilish kerak, chunki u preparatni darhol bekor qilishni va muvofiq davolashni talab qiladi. Bo‘g‘imlarda og‘riq yoki tendovaginitning birinchi belgilari paydo bo‘lganida davolashni to‘xtatish lozim (ftorxinolonlar bilan davolanish vaqtida paylarni yallig‘lanishi va xatto uzilishining alohida xollari ta’riflangan). Davolash davrida to‘g‘ri quyosh nurlaridan va sun’iy UB-nurlanishidan saqlanish kerak. Preparatni bolalar ola olmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

Quruq, yorug‘likdanhimoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: spetsifik simptomlari yo‘q. Bir nechta xolatlarda buyrak parenximasiga qaytuvchi toksik ta’siri aniqlangan. Buyraklar faoliyatini kuzatish tavsiya qilinadi. Davolash: spetsifik antidoti noma’lum. Bemorning xolatini sinchiklab nazorat qilish, me’dani yuvish va boshqa shoshilinch yordam choralarini o‘tkazish, suyuqlikni yetarli miqdorda tushishini ta’minlash lozim. Gemo- yoki peritoneal dializ yordamida preparatning juda oz (10% dan kam) miqdorigina chiqarilishi mumkin.

Retsept bo‘yicha

«Sispres® 250», qobiq bilan qoplangan tabletkalar 250 mgdan, №14. «Sispres® 500», qobiq bilan qoplangan tabletkalar 500 mg dan, №14. «Sispres® 750», qobiq bilan qoplangan tabletkalar 750 mg dan, №14.

3 yil.