Sinereksretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: tobramitsin – 3 mg; yordamchi moddalar: borat kislotasi, natriy xloridi, suvsiz natriy sulfati, polioksil 35 kanakunjut moyi, benzalkoniy xloridi, sulfat kislotasi, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tobramitsin

Preparatning savdo nomi:

Sinereks

Farmakalogik guruhi:

antibiotik (aminoglikozidlar guruhiga).

Dori shakli:

ko‘z tomchilari 0,3%

tiniq, deyarli rangsiz, ko‘rinarli zarrachalarsiz eritma.

antibiotik (aminoglikozidlar guruhiga).

S01AA12

Tizimli qo‘llanilganda tizimli so‘rilishi past. Tobramitsin shox parda orqali yomon o‘tadi va 0,3% li eritma mahalliy qo‘llanilgandan keyin ko‘z ichki suyuqligidagi uning kontsentratsiyasi aniqlanmaydi. Qo‘llash tez-tezligini oshirish tobramitsinni ko‘z ichki suyuqligidagi kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.

Tobramitsinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan ko‘z va uning hosilalarining quyidagi yuzaki bakterial infektsiyalarni: blefarit;kon’yunktivit;keratokon’yunktivit;blefarokon’yunktivit;keratit;endoftalmit;dakriotsistit;iridotsiklit;meybomit (govmichcha) ni davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llashdan oldin flakonni chayqatish kerak. Infektsion jarayon yengil kechganida kon’yunktival bo‘shliqqa 1 tomchidan kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun) 7±1 kun davomida buyuriladi. Infektsion jarayon og‘ir kechganida birinchi kuni uyg‘oq vaqtda 1 tomchidan kuniga 4 marta, keyinchalik – uyg‘oq vaqtda 1 tomchidan shikastlangan ko‘zga kuniga ikki marta buyuriladi, umumiy davolash davri 7±1 kunni tashkil etadi. Flakon-tomchilagich uchi va eritma kontaminatsiyasini oldini olish uchun uni qovoqlar, ko‘z atrofidagi sohalar yoki boshqa yuzalarga tegishidan saqlanish kerak. Qo‘llagandan keyin flakonni zich yopish kerak. Oftalmologiyada mahalliy qo‘llash uchun boshqa dori vositalari bilan birga qo‘llagan hollarda instillyatsiyalar orasidagi 5-10 minutlik intervalga rioya qilish kerak. Keksalarda qo‘llanishi Keksalarda qo‘llaganda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Pediatriyada qo‘llanishi 2 oylikdan oshgan patsiyentlarda tobramitsin ko‘z tomchilarini kattalardagi dozada qo‘llash mumkin. 2 oylikdan kichik patsiyentlarda preparatni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan. Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanishi Tobramitsinni mahalliy qo‘llaganda uning past tizimli ekspozitsiyasi kuzatiladi. Tizimli aminoglikozid antibiotiklari bilan birga qo‘llagan hollarda talab etiladigan tizimli kontsentratsiyalarni tutib turish uchun ularning plazmadagi darajasini nazorat qilish kerak.

Preparatni qo‘llaganda eng ko‘p kuzatilgan noxush ko‘rinishlar bo‘lib toksiklik va mahalliy o‘ta yuqori sezuvchanlik, shu jumladan qovoqlarda qichishish, qovoqlarni shishi, ko‘z yoshi oqishi, kon’yunktival inyektsiya hisoblanadi. Noxush ko‘rinishlar haqidagi xabarlar klinik tadqiqotlar jarayonida va preparatni qayd etilgandan keyingi qo‘llash tajribasidan olingan va uchrash tez-tezligi bo‘yicha quyidagi gradatsiya bo‘yicha tasniflangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1,000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10,000 dan <1/1,000 gacha), juda kam hollarda (<1/10,000), tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida uchrash tez-tezligini aniqlab bo‘lmaydi). Uchrash tez-tezligi bo‘yicha guruhlangan noxush ko‘rinishlarning har bir guruhida noxush ko‘rinishlar jiddiyligini kamayib borishi ketma-ketligida keltirilgan. Immun tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: o‘ta yuqori sezuvchanlik Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: bosh og‘rig‘i. Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar Tez-tez: ko‘zlarda diskomfort, kon’yunktival inyektsiya, ko‘rish a’zosi tomonidan allergik reaktsiyalar, qovoqlarni shishi; tez-tez emas: keratit, shox parda eroziyasi, ko‘rishni buzilishi, ko‘rishni noaniqligi, qovoqlar eritemasi, ko‘zlardan ajralmalar, kon’yunktivani shishi, qovoqlarni shishi, ko‘zlarda og‘riq, “quruq” ko‘z sindromi, ko‘zlarda qichishish, ko‘z yoshi oqishi; tez-tezligi noma’lum: ko‘zlarni ta’sirlanishi. Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: eshakemi, dermatit, madaroz, leykoderma, qichishish, terini qurishi; tez-tezligi noma’lum: toshma, eritema.

preparatning har qanday komponentiga yoki boshqa aminoglikozidlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik;emizish davri;2 oylikkacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ko‘z tomchilarining boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri o‘rganilmagan. Tobramitsinni furosemid va etakrin kislotasi bilan majmuaviy qo‘llaganda ototoksik ta’sir kuchayishi mumkin, miorelaksantlar bilan – ularning mushaklarni bo‘shashtiruvchi ta’siri kuchayishi mumkin. Tobramitsinning oftalmologik shakllari va oftalmologiyada mahalliy qo‘llash uchun kortikosteroidlar bilan birga qo‘llaganda ko‘rish a’zosining bakterial, zamburug‘li va virusli kasalliklarining simptomlari niqoblanishi mumkin, shuningdek o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi bostirilishi mumkin. Mahalliy tobramitsinni tizimli aminoglikozid antibiotiklari bilan bir vaqtda buyurilgan hollarda, tizimli xarakterga ega nojo‘ya samaralar (shu jumladan nefrotoksik, ototoksik ta’sir, mineral almashinuv va gemopoez buzilishlari) kuchayishi mumkin.

Oftalmologiyada faqat mahalliy qo‘llash uchun buyuriladi. Preparat inyektsiya ko‘rinishida yoki peroral qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Bir qancha patsiyentlarda oftalmologiyada mahalliy qo‘llash uchun aminoglikozidlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik kuzatilgan. Boshqa aminoglikozidlarga kesishgan sezgirlik aniqlangan, shuning uchun tobramitsinga o‘ta yuqori sezuvchanlik rivojlangan hollarda mahalliy yoki tizimli qo‘llash uchun boshqa aminoglikozidlarga ham o‘ta yuqori sezuvchanlik rivojlanishi mumkinligini e’tiborga olish kerak. Tobramitsinni peroral qo‘llaganda neyrotoksik, ototoksik va nefrotoksiklik kabi jiddiy noxush reaktsiyalar kuzatilgan. Boshqa aminoglikozidlar bilan birga qo‘llanilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish talab etiladi. Boshqa antibiotiklarni uzoq vaqt qo‘llagandagi kabi tobramitsinga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni, shu jumladan zamburug‘larni haddash tashqari o‘sishi mumkin. Superinfektsiya rivojlangan hollarda preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Ko‘rish a’zosining infektsion kasalliklarini davolash davrida kontakt linzalarni taqish mumkin emas. Preparatning tarkibiga ko‘zlarni ta’sirlanishi va yumshoq kontakt linzalarni rangsizlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan benzalkoniy xloridi kiradi. Preparatni yumshoq kontakt linzalarga tegishidan saqlanish kerak. Patsiyentni preparatni qo‘llashdan oldin kontakt linzalarni yechish va instillyatsiyadan keyin kamida 15 minut o‘tgach ularni takroran taqish kerakligi haqida ogohlantirish kerak. Homiladorlik yoki laktatsiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash bo‘yicha yetarli tajriba yo‘q. Agar kutilayotgan davolovchi samarasi kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar rivojlanishi xavfidan yuqori bo‘lgan hollarda homilador va emizikli ayollarda shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin. Pediatriyada qo‘llanishi 2 oylikdan kichik patsiyentlarda preparatni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan. Dori vositasini transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirining o‘ziga xosligi Preparatni qo‘llagandan keyin ko‘rish aniqligini vaqtincha pasayishi kuzatilishi mumkin va u to‘liq tiklanmaguncha avtomobilni boshqarish va yuqori diqqat va reaktsiyani talab etuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Germetik yopilgan, quruq, salqin va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Preparatni mahalliy oftalmologik qo‘llaganda yoki flakon ichidagisi to‘satdan yutib yuborilganda toksik ko‘rinishlar kutilmaydi. Tobramitsinni instillyatsiyalar ko‘rinishida qo‘llanilganda dozani oshirib yuborilishining klinik ko‘rinishlair quyidagilardan iborat: Simptomlari: nuqtali keraktit, eritema, ko‘p ko‘z yoshi oqishi, qovoqlarni qichishishi va shishi. Davolash: simptomatik davolash.

Retsept bo‘yicha

Tegishli markirovkaga ega 5 ml sig‘imli plastik flakon-tomchilagich. 1 flakon va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasini saqlovchi karton quti.

2 yil. Flakon birinchi marta ochilgandan keyin 28 kun davomida ishlatilsin.