Sinaflan MRretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

100 g surtma quydagilarni saqlaydi: Faol modda: Fluotsinolona atsetonid – 0,025 g. Yordamchi moddalar: propilenglikol – 4,975 g; tibbiyot vazelini – 80,0 g; lanolin suvsiz -5,0 g; tserezin – 10,0 g.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Fluotsinolona atsetonid.

Preparatning savdo nomi:

Sinaflan-MR

Farmakalogik guruhi:

Maxalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid.

Dori shakli:

Surtma

Och sariq rangdan sariq ranggacha surtma.

Maxalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid.

D07AC04

Preparat terining shox qavati orqali teriga oson kiradi. Sirtga qo‘llanganida ahamiyatsiz darajada tizimli qon oqimiga so‘riladi. So‘rilishi terining yallig‘langan burmalarida yoki terining shikastlangan epiteliysi bo‘lgan sohalarida, tez-tez qo‘llanganida yoki terining katta yuzalariga qo‘llanganida oshadi. Preparatni so‘rilishi bolalarda kattalarga nisbatan kuchliroq. So‘rilgan qismi jigarda biotransformatsiyaga uchraydi. Siydik bilan va oz miqdorda safro bilan chiqariladi.

GKS bilan davolab bo‘ladigan kuchli qichishish va giperkeratoz bilan kechuvchi terining o‘tkir va og‘ir infektsiyalanmagan quruq yallig‘lanish kasalliklari: seboreyali dermatit, atopik dermatit, eritematoz temiratki, yassi temiratki, allergik kontakt ekzema, qizil yugurik, ko‘p shaklli eritema, o‘tkazib yuborilgan psoriazda qo‘llaniladi.

Mahaliy reaktsiyalar: xusunbuzar poststeroid qon-tomir purpurasi, epidermisni o‘sishini susayishi, teri va teri osti kletchatkasini atrofiyasi, terini quruqligi, gipertrixoz, soch to‘kilishi, teri depigmentatsiyasi yoki pigmentatsiyasi, striyalar, teleangioektaziyalar, perioral dermatit, furunkulez, ikkilamchi infektsiya, ba’zida –eshakemi, dog‘li-papulez toshma, kechayotgan kasallikni zo‘rayishi. Ko‘z qovoqlari terisiga qo‘llanganida glaukoma yoki katarakta rivojlanishi mumkin. Tizimli reaktsiyalar. Okklyuzion bog‘lov ostida qo‘llanganida GKS tizimli ta’sirining belgilari (shishlar, arterial gipertenziya, immunodepressiv ta’siri) rivojlanishi mumkin.

Terining infektsion, zamburug‘li, tuberkulezli, zahmli, virusli va o‘smali kasalliklarida, perioral dermatitda, husnbuzarlar (pushti va oddiy), vaktsinatsiyadan keyingi teri reaktsiyalari, homiladorlik, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar, preparatga va boshqa GKSlarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llanmaydi. Preparatni jarohatlarga va yarali yuzalarga surtish mumkin emas. Ko‘z kasalliklarini davolash uchun, terining katta sohalari shikastlanganida, ayniqsa yosh bolalarda buyurish mumkin emas. Mahaliy qo‘llanganidan keyin, preparatni ko‘krak suti bilan qay darajada chiqarilishi noma’lum, shuning uchun emizikli onalarga uni ehtiyotlik bilan buyurish lozim.

GKS sirtga qo‘llanganida o‘zaro ta’sirining hollari aniqlanmagan. GKS bilan davolash vaqtida chechakka qarshi vaktsinatsiyani o‘tkazish mumkin emas. Preparat immunodepressiv preparatlarning ta’sirini kuchaytirishi va immunostimulyatorlarning ta’sirini susaytirishi mumkin.

Psoriazda okklyuzion bog‘lov ishlatiladi, uni har kuni almashtirish lozim. Davolashni tanaffussiz 2 haftadan ortiq o‘tkazish mumkin emas. Uzoq muddat qo‘llashdan saqlanish lozim. Terining katta sohalariga uzoq muddat qo‘llanganida nojo‘ya samaralarini rivojlanishini tez-tezligi va preparatning tizimli ta’sirini rivojlanish xavfi (shishlar, arterial gipertenziya, giperglikemiya, immunodepressiv ta’siri) oshadi. Mahaliy qo‘llanganida buyrak usti bezlari – gipofizar tizimini susayishi oqibatida AKTG ishlab chiqarilishini pasayishi, kortizolning qondagi darajasini kamayishi va yatrogen Kushinga sindromi paydo bo‘lishi mumkin, ular davolash to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketadi. Buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining faoliyatini qon va siydikda kortizolni, buyrak usti bezlari AKTG bilan rag‘batlantirilganidan keyin aniqlash yo‘li orqali vaqti-vaqti bilan nazoratini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Surtma qo‘llangan joyda infektsiya rivojlangan hollarda muvofiq  antibakterial yoki zamburug‘larga qarshi davolashni qo‘llash lozim. Preparatni ochiq yoki yopiq burchakli glaukomasi bo‘lgan, shuningdek kataraktasi bo‘lgan shaxslarda, ko‘z qovog‘i terisiga, kasallikni zo‘rayish xavfi sababli, qo‘llashdan saqlanish kerak. Teri osti kletchatkasini atrofiyasida, ayniqsa keksa yoshdagi shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Preparatni yuz terisiga ehtiyotkorlik bilan va ko‘pi bilan 1 xafta davomida qo‘llash lozim. 1 hafta davomida ko‘pi bilan 1 tuba surtmani qo‘llash mumkin. Preparat 2 yoshdan katta bolalarda terining unchalik katta bo‘lmagan yuzasiga sutkada 1 martta qo‘llanadi. Bolalarda preparat yuz terisiga qo‘llanmaydi. Preparat qo‘llanganida transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyati buzilmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq va salqin joyda, 5oC dan 15oC gacha bo‘lgan xaroratda saqlansin.

Simptomlari: Uzoq muddat davomida ahamiyatli miqdorlarda terining katta sohalariga qo‘llanganida preparatning tizimli ta’sirining belgilari rivojlanishi (AB ni oshishi, giperglikemiya, shishlar, immunodepressiv ta’siri), og‘ir hollarda esa, Kushing kasalligi rivojlanishi mumkin. Davolash: Preparatni asta-sekin bekor qilish.

Retsept bo‘yicha

0,25% surtma, 15 g va 25 g dan tubalarda.

2 yil.