Simekarretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: Simvastatin 10 mg, 20 mg, 40 mg va 80 mg, askorbin kislotasi 2,5 mg 5 mg, 10 mg va 20 mg. yordamchi moddalar: laktoza monogidrat, butilgidroksianizol, suvsiz limon kislotasi, natriy kroskarmelloza, mikrokristallik tsellyuloza, qayta jelatinlangan kraxmal, magniy stearat; qobiq tarkibi: gipromelloza, gidroksipropil tsellyuloza, titan dioksidi, qizil temir oksidi, sariq temir oksidi, sariq bo‘yoq moddasi, indigo-karmin laki.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Simvastatin

Preparatning savdo nomi:

Simekar

Farmakalogik guruhi:

Gipolipidemik vositalar.

Dori shakli:

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Pushti rangli, oval shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomoni chiziqli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Gipolipidemik vositalar.

Preparat ichga qabul qilinganidan keyin, u me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Qonda maksimal kontsentratsiyaga (Cmax) 1-2 soatdan keyin erishiladi. Simvastatin nofaol lakton bo‘lib, GMG-KOA reduktazaning kuchli ingibitori hisoblangan faol β-gidroksikislotali metabolitgacha oson gidrolizlanadi. Simvastatin ham, β-gidroksikislotali metaboliti ham, plazma oqsillari bilan oson (95% gacha) bog‘lanadi. Faol metabolitining qon plazmasidagi kontsentratsiyasi past bo‘lib, qabul qilingan dozaning 5% dan kamni tashkil qiladi. Faol gidroksikislotali metabolitining plazmadagi yarim chiqarilish davri (T ½) 1,9 soatni tashkil qiladi. Ikkala modda jigardan “birinchi o‘tish” da metabolizmga uchraydi, keyinchalik esa safro bilan va buyraklar orqali nofaol metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.

Birlamchi giperxolesterinemiya (IIa va IIb turlari), hamda kam miqdorda xolesterin saqlovchi parhezning samarasizligi aniqlangandagi giperxolesterinemiya va gipertriglitseridemiyada qo‘llanadi. Preparat parhez bilan parallel quyidagi kasalliklarda, agar ular yuqorida sanab o‘tilgan giperlipidemiyalar bilan birga kechganida buyuriladi: – yurak tomirlarining, bosh miya va periferik tomirlarning (birlamchi va ikkilamchi profilaktika vositasi sifatida) aterosklerozi; – yurakni ishemik kasalligi (turg‘un va noturg‘un stenokardiya, o‘tkir miokard infarkti); – arterial gipertenziya; – qandli diabet (insulinga qaram (I tur), va insulinga qaram bo‘lmagan (II tur)); – metabolik sindrom; – semirish; – yurak yetishmovchiligi.

Ichga. Preparat ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlanishdan oldin qabul qilinadi. Xolesterinni pasaytirish uchun patsiyentlarga preparatni qabul qilishdan oldin va qabul qilish vaqtida standart parhez buyuriladi. Giperxolesterinemiyada: Tavsiya qilinadigan boshlang‘ich doza kuniga 1 marta, kechqurun 5-10 mg ni tashkil qiladi. Keyinchalik, zarurati bo‘lganida dozani 4 haftalik interval bilan oshiriladi. Maksimal sutkalik doza – 40 mg. Preparat PZLP Xs miqdori 190 mg/dl (4,9 mmol/l dan kam) bo‘lgan parhezdagi patsiyentlarga va keksa yoshdagi patsiyentlarga, sutkada 5 mg ga teng boshlang‘ich dozada, PZLP Xs miqdori 190 mg/dl (4,9 mmol/l) dan ko‘p bo‘lgan bemorlarga esa – sutkada 10 mg dan buyuriladi. Keksa yoshdagi patsiyentlarga PZLP Xs maksimal pasayishiga sutkalik 20 mg yoki kamroq dozani buyurish bilan erishish mumkin. PZLP Xs darajasini 75 mg/dl (1,94 mmol/l) dan kamga yoki plazmadagi umumiy xolesterinning miqdori 140 mg/dl (3,6 mmol/l) dan kamga pasaygan hollarda, preparatning dozasini pasaytirish tavsiya qilinadi. Yurak yetishmovchiligida: Preparat 20 mg dan boshlang‘ich dozada sutkada 1 marta, kechqurun buyuriladi. Dozani to‘g‘rilashni yuqorida ko‘rsatilgandek amalga oshirish mumkin. Preparat bilan bir qatorda immunodepressiv dori vositalarini olayotgan bemorlarga tavsiya qilinadigan maksimal sutkalik doza 10 mg ni tashkil qiladi. Preparatning siydik bilan chiqariladigan miqdori unchalik katta bo‘lmaganligi sababli, buyraklar faoliyatining o‘rtacha buzilishlarida bemorlarda dozani to‘g‘rilashning zarurati yo‘q. Buyraklar faoliyatini yaqqol buzilishlari (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) bo‘lgan patsiyentlarda boshlang‘ich doza sutkada 5 mg ni tashkil qilishi kerak. Shuningdek  preparatni 10 mg dan ortiq dozada buyurishni maqsadga muvofiqligini sinchiklab baholash lozim.

– jigar yetishmovchiligi, jigarni o‘tkir kasallikllari, jigar fermentlari faolligini noaniq genezli oshishi, – homiladorlik, – laktatsiya (emizish) davri. – 18 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlar ( samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan), – simvastatinga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, – anamnezida statin qatori boshqa preparatlariga (GMG-KOA- reduktaza ingibitorlariga) yuqori sezuvchanlik. Preparatni alkogolni haddan ziyod istyemol qiladigan va/yoki anamnezida jigar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga, a’zolari ko‘chirib o‘tkazilgandan keyin  immunodepressantlar bilan davolash o‘tkazilganda (rabdomioliz va buyrak yetishmovchiligini paydo bo‘lishini yuqori xavfi sababli), buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlarini rivojlanishiga olib keluvchi holatlarda, arterial gipotenziyada, og‘ir kechuvchi o‘tkir infektsion kasalliklarda, yaqqol metabolik va endokrin buzilishlarida, suv-elektrolit muvozanatini buzilishlarida, jarrohlik aralashuvlarida (shu jumladan stomatologik) yoki jarohatlarda, skelet mushaklarini tonusini noaniq etiologiyali pasayishi yoki oshishi bo‘lgan patsiyentlarga, tutqanoqda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Preparat bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llaganida oxirgining ta’siri kuchayishi mumkin, immunodepressantlar, nikotin kislotasi, fibrat kislotasining xosilalari, zamburug‘larga qarshi preparatlar, azol hosilalari yoki eritromitsin bilan esa miopatiyani rivojlanish xavfi oshadi. Digoksin bilan bir vaqtda qo‘llanganida oxirgining qon plazmasidagi kontsentratsiyasi biroz oshishi mumkin.

Jigar faoliyatini nazoratini davolashdan oldin va davolash jarayonida muntazam (jigar transaminazalari faolligini har 6 haftada birinchi 3 oy davomida, keyin bir yil davomida va keyin yarim yilda har 8 haftada qolgan 1 marta aniqlash), shuningdek preparatning dozasi oshirilganida o‘tkazish lozim. Dozani 80 mg gacha oshirilganida jigar faoliyatini har 3 oyda nazorat qilish kerak. Jigar transaminazalari faolligini barqaror oshishida (me’yorning  yuqori chegarasidan 3 marta yuqori) Simekarni qabul qilishni to‘xtatish lozim. Simekarni GMG-KOA-reduktazani ingibitorlari kabi, rabdomioliz va buyrak yetishmovchiligini rivojlanishini yuqori xavfida (og‘ir o‘tkir infektsiya fonida, arterial gipotenziyada, katta jarrohlik aralashuvlari rejalashtirilganda, og‘ir metabolik buzilishlarda) qo‘llanmaydi. Preparatni mialgiya, miasteniya va/yoki KFK faolligini yaqqol oshishi  bo‘lgan patsiyentlarda bekor qilish lozim. Patsiyentlarga mushaklardagi tushuntirib bo‘lmaydigan og‘riqlar, bo‘shashish yoki holsizlik, ayniqsa agar bu lohaslik yoki isitma bilan kechsa, bu haqida shifokorga darhol xabar qilish kerakligini tavsiya qilinadi. Simekarni Fredrikson tasnifi bo‘yicha gipertriglitseridemiyaning I, IV va V turlari bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin emas. Simekar monoterapiya ko‘rinishida ham, o‘t kislotalarining sekvestrantlari bilan birga ham samaralidir. Navbatdagi dozani o‘tkazib yuborish hollarida preparatni iloji boricha tezroq qabul qilish lozim. Agar keyingi dozani qabul qilish vaqti boshlangan bo‘lsa, dozani ikki barobar oshirib qabul qilmang. Og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarni davolashni buyrak faoliyatini nazorati ostida o‘tkaziladi.

Simekar homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida qo‘llanmaydi. GMG-KOA ingibitorlari Xs sintezini tormozlashi sababli, Xs va uning sintezini boshqa mahsulotlari esa homilani rivojlanishida, shu jumladan steroidlar va ho‘jayra membranalarini sintezida sezilarli rol o‘ynashi tufayli, simvastatin homilaga noxush ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Homiladorlikda Simvastatinni qabul qilgan onalarning chaqaloqlarida anomaliyani rivojlanishi to‘g‘risida xabarlar bor. Simvastatinni qabul qilayotgan tug‘ruq yoshidagi ayollar homilador bo‘lishidan saqlanishlari  kerak. Agar davolash jarayonida homiladorlik boshlangan bo‘lsa, u holda Simekarni bekor qilish, patsiyentlarni homila uchun mumkin bo‘lgan xavf to‘g‘risida ogohlantirish lozim. Homiladorlikda gipolipidemik vositalarni bekor qilish birlamchi giperxolesterinemiyani uzoq davolash natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Preparatni bolalar ola olmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Ta’riflangan nojo‘ya ta’siri belgilari kuchayishi mumkin. Davolash: qusishni chaqirish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish lozim, zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi. Jigar va buyraklarning faoliyatini, qon zardobida KFK kontsentratsiyasini nazorat qilish lozim.

Retsept bo‘yicha

“Simekar 10”, qobiq bilan qoplangan tabletkalar10 mg dan, №28. “Simekar 20”, qobiq bilan qoplangan tabletkalar 20 mg dan, №14 va №28. “Simekar 40”, qobiq bilan qoplangan tabletkalar 40 mg dan, №14 va №28. “Simekar 80”, qobiq bilan qoplangan tabletkalar 40 mg dan, №14 va №28.

2 yil.