Yurak-tomir tizimi tomonidan: kam – bradikardiya, arterial bosimni o‘zgarishi, yurak urishi, xushdan ketish.
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, diareya bo‘lishi mumkin; kam – qabziyat, meteorizm, me’da-ichak yo‘llarida to‘liqlik hissi, qusish, og‘izni qurishi, chanqoqlik, stomatit, gastrit, me’da-ichak yo‘llarini eroziv-yarali shikastlanishi, jigar faoliyatini buzilishlari.
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bezovtalik, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik bo‘lishi mumkin; kam – paresteziyalar, depressiya, eyforiya, uyquni buzilishi, bosh aylanishi, ta’m bilishni o‘zgarishi, ko‘rishni buzilishi, harakat buzilishlari.
Nafas tizimi tomonidan: kam – nafasni buzilishi, bo‘g‘ilish xuruji.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam – tez-tez siyish, oliguriya, poliuriya, proteinuriya, gematuriya, azotemiya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
Qon ivishi tizimi tomonidan: kam – burun qonashi, anemiya, eozinofiliya, trombotsitopeniya, operatsiyadan keyingi yaralardan qon ketishi.
Moddalar almashinuvi tomonidan: ko‘p terlash, shishlar bo‘lishi mumkin; kam – oliguriya, qon plazmasida kreatinin va/yoki mochevina miqdorini oshishi, gipokaliyemiya, giponatriyemiya.
Allergik reaktsiyalar: teri qichishishi, gemorragik toshma bo‘lishi mumkin; ayrim hollarda – eksfoliativ dermatit, eshakemi, Layell sindromi, Stivens-Djonson sindromi, anafilaktik shok, bronxospazm, Kvinke shishi, mialgiya.
Boshqalar: isitma bo‘lishi mumkin.
Mahalliy reaktsiyalar: inyektsiya joyida og‘riq.