Sertoxolretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda:300 mg ursodeoksixolat kislotasi; yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati; kapsulaning qobig‘i: jelatin, titan dioksidi, temir III oksidi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ursodeoksixolat kislotasi

Preparatning savdo nomi:

Sertoxol

Farmakalogik guruhi:

o‘t toshlarini erituvchi vosita.

Dori shakli:

kapsulalar

oq yoki deyarli oq rangli kukun saqlovchi, korpusi pushti rangli, qopqoqchasi qizil-jigarrang rangli, tiniq bo‘lmagan, 0 o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar.

o‘t toshlarini erituvchi vosita.

A05AA02

Preparat ichga qabul qilinganidan so‘ng ursodeoksixolat kislotasi ingichka ichakda passiv diffuziya hisobiga, yonbosh ichakda – faol transport orqali so‘riladi. Plazmada maksimal kontsentratsiyasiga qabul qilingandan so‘ng 30-60 minut atrofida erishiladi. Preparat muntazam ravishda qabul qilinganida, ursodeoksixolat kislotasi qon plazmasida asosiy o‘t kislotasiga aylanadi, qondagi umumiy o‘t kislotalari miqdorining taxminan 48% ni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi: 96-99%. Preparatning terapevtik samarasi ursodeoksixolat kislotasining qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga emas, balki safrodagi kontsentratsiyasiga bog‘liq. Safroda ursodeoksixolat kislotasining maksimal kontsentratsiyasi preparat 1 kg tana vazniga 10-14 mg sutkalik dozada qabul qilinganida kuzatiladi. Preparatning dozasi yana oshirilganida safroda ursodeoksixolat kislotasining kontsentratsiyasi oshmaydi. Ursodeoksixolat kislotasi yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.

o‘t pufagidagi xolesterinli toshlarni parchalash uchun qo‘llanadi. Rentgenogrammada xolesterinli toshlar soyalar sifatida ko‘rinmasligi kerak va ularning diametri 15 mm dan oshmasligi kerak. O‘t pufagida toshlar bo‘lishiga qaramasdan, uning faoliyati buzilgan bo‘lishi kerak emas;safroni reflyuksi bilan kechuvchi gastritni davolash;dekompensatsiya belgilari bo‘lmaganida jigarni birlamchi biliar tsirrozini (BBTs) simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.

Sertoxol ichga sutkada bir marta uxlashdan oldin yoki sutkada ikki marta qabul qilinadi. Kapsula butun holda, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan yutiladi (ovqat yoki yengil tamaddi bilan qabul qilish mumkin). O‘t-tosh kasalligini davolashda: preparatni qabul qilish kursi uzluksiz va davomli (bir necha oydan 2 yilgacha bo‘lishi mumkin) bo‘lib, sutkalik dozasi tana vazniga 10-15 mg/kg dan boshlanadi, butun sutkalik dozasi uxlashdan oldin bir marta qabul qilinadi. Qabul qilish davomiyligi – toshlar butunlay parchalangunicha va toshlar hosil bo‘lishi qaytalanishini oldini olish uchun yana 3 oy davomida qabul qilinadi. Agar davolash boshlanganidan so‘ng 12 oydan o‘tgach o‘t toshlarini kamayishi kuzatilmasa, preparatni qabul qilish maqsadga muvofiq hisoblanmaydi. Xoletsistoektomiyadan so‘ng, xolelitiazni takroran rivojlanishini oldini olish uchun – 300 mg dan sutkada 2 marta bir necha oy davomida (o‘rtacha 3 oy davomida) qabul qilinadi. Safroni reflyuksi bilan kechuvchi gastritni davolash uchun 300 mg preparat uxlashdan oldin qabul qilinadi. Davolash kursi: 10-14 kundan 6 oygacha (zarurat bo‘lganida 2 yilgacha) davom etadi. Qolgan holatlarda preparatning dozasi sutkada tana vazniga 10-15 mg/kg hisobida (zarurat bo‘lganida 20 mg/kg gacha) 2-3 marta qabul qilishga buyuriladi; preparat 6 oydan bir necha yilgacha qabul qilinadi. 6 yoshdan oshgan (tana vazni 20 kg dan ortiq) bolalar uchun preparatni dozalash individual rivishda sutkada tana vazniga 10-20 mg/kg hisobida buyuriladi.

Nojo‘ya samaralarning uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (>1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (>1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000). Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: Klinik tadqiqotlarda axlatni xamirsimon bo‘lishi yoki diareyani rivojlanishi yuzasidan hisobotlar juda ko‘p qayd etilgan. Juda kam hollarda birlamchi biliar tsirrozni davolash vaqtida qorin sohasida, o‘ng tomonida kuchli og‘riqlar paydo bo‘lgan. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: ursodeoksixolat kislotasi bilan Davolanish vaqtida juda kam hollarda toshlarni kaltsiylanishi rivojlanishi mumkin. Birlamchi jigar tsirrozining kechki bosqichlarini davolash vaqtida juda kam hollarda jigar tsirrozini dekompensatsiyasi kuzatilgan, u preparat bekor qilinganidan so‘ng yo‘qolgan. Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari: Juda kam hollarda allergik toshmalar (eshakemi) toshishi mumkin.

ushbu dori vositasining faol moddasiga yoki tarkibiga kiruvchi boshqa ingrediyentlariga yuqori sezuvchanlikda;rentgen tekshiruv natijalari musbat (tarkibida kaltsiyning miqdori yuqori) bo‘lgan o‘t toshlari aniqlanganida;faoliyat ko‘rsatmaydigan o‘t pufagi bo‘lganida;o‘t pufagi, o‘t chiqarish yo‘llari va ichakni o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida;dekompensatsiya bosqichidagi jigar tsirrozida;yaqqol ifodalangan jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida;pankreatitda;homiladorlikni birinchi uch oyligida;6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Sertoxol preparatini qabul qilish shifokorning nazoratida amalga oshirilishi kerak. Preparat bilan davolashning birinchi uch oyi davomida jigarning funktsional ko‘rsatkichlari AST (SGOT), ALT (SGPT) va g-GT ni har 4 haftada, so‘ngra esa har 3 oyda kuzatish kerak. Preparat xolesterinli o‘t toshlarini eritish uchun qo‘llanganida: Toshlarning o‘lchamiga qarab, davolash samarasini baholash uchun, va toshlarning kaltsinoz belgilarini o‘z vaqtida aniqlash uchun davolash boshlanganidan so‘ng 6-10 oydan keyin o‘t pufagini vizual kuzatish (peroral xoletsistografiya) bilan birga, chalqancha yotgan hamda turgan holatda soyalarini kuzatish (ultratovush tekshiruvini o‘tkazish) kerak. Agar rentgen suratida o‘t pufagini vizual kuzatish imkoni bo‘lmasa yoki toshlarning kaltsinoza rivojlangan bo‘lsa, o‘t pufagini qisqaruvchanligi sust yoki sanchiq hurujlari tez-tez kuzatilsa, Sertoxol preparatini qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlikni I uch oyligida preparatni qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikni II va III uch oyliklarida ona uchun davolashdan kutiladigan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo‘lgan holdagini qo‘llash mumkin (homilador ayollarda ursodeoksixolat kislotasini qo‘llash yuzasidan adekvat qat’iy nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan). Hozirgi vaqtda ursodeoksixolat kislotasini ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi yuzasidan ma’lumotlar yo‘q. Laktatsiya davrida preparatni buyurish zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish xaqidagi masalani hal qilish kerak. Pediatriyada qo‘llanishi Sertoxol preparati kapsulalar shaklida 300 mg dan ishlab chiqarilganligi sababli, preparat 6 yoshgacha (tana vazni 20 kg dan kam) bo‘lgan bolalarga qo‘llanmaydi. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Sertoxol preparati avtomobilni boshqarish va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi ishlarni bajarishga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari yuzasidan xabarlar berilmagan.

Retsept bo‘yicha

Kapsulalar. 10 kapsuladan blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.