Sersentsaretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Preparatning 1 ampulasi quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 250 mg fosfatidilxolin (soya dukkaklaridan olingan fosfolipidlar shaklida); yordamchi moddalar: natriy dezoksixolat, 96% li etanol, all-rac-α-tokoferilatsetat, riboflavin (riboflavin natriy fosfati shaklida), benzil spirti, natriy xloridi, natriy gidroksidi va/yoki xlorid kislotasi, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

fosfolipidlar

Preparatning savdo nomi:

Sersentsa

Farmakalogik guruhi:

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar. Gepatoprotektor vosita.

Dori shakli:

vena ichiga yuborish uchun eritma.

tiniq, ko‘kimtir-sariq rangli eritma.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar. Gepatoprotektor vosita.

A05BA

Asosan yuqori zichlikdagi lipoproteidlar bilan bog‘lanib, fosfatidilxolin, xususan jigar hujayralariga keladi. Xolin komponentini yarim chiqarilish davri 66 soatni; to‘yinmagan yog‘ kislotalarniki esa – 32 soatni tashkil etadi. Preparatning taxminan 5% axlat bilan chiqariladi.

Jigarning yog‘li distrofiyasi (shu jumladan, qandli diabetda);o‘tkir va surunkali gepatitlar, jigar tsirrozi, jigar hujayralari nekrozi, jigar entsefalopatiyasi, koma va koma oldi holati, jigarni toksik shikastlanishi (shu jumladan, alkogolizmda);jigarni dori vositalari ta’sirida shikastlanishi;homiladorlik toksikozi va gestozlarida jigarning funktsional sinamalarini yaqqol o‘zgarishlari; jigarning o‘tkir sariq distrofiyasi (o‘tkir gepatoz, Shixen sindromi); homiladorlarning havfsiz xolestazi (homiladorlar gepatozi);operatsiyadan oldin va keyingi davolash, ayniqsa, gepatobiliar sohalarda o‘tkazilgan operatsiyalarda;xolestaz va o‘t toshlari hosil bo‘lishini qaytalanishini oldin olish;psoriaz (yordamchi davolash sifatida);nur kasalligida qo‘llanadi.

Sersentsa preparati vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan, mahalliy ta’sirlanish reaktsiyalari bo‘lishi mumkinligi tufayli, uni teri ostiga va mushak ichiga yuborish mumkin emas. Kattalar va 12 yosh hamda undan katta bolalarga boshqa tavsiyalar bo‘lmaganida, preparatni vena ichiga oqim bilan asta-sekin sutkada 5-10 ml (1-2 ampula) dan, og‘ir holatlarda esa – sutkada 10 ml dan 20 ml gacha (2-4 ampula) yuborish kerak. Bir martada       10 ml (2 ampula) gacha preparatni yuborish mumkin. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada 2-5 ml dan buyuriladi. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada 2 ml gacha buyuriladi. Preparatni patsiyentning qoni bilan 1:1 nisbatda suyultirish tavsiya etiladi. Patsiyentning shaxsiy qonini ishlatish imkoni bo‘lmaganida, preparatni suyultirish uchun tarkibida elektrolitlar saqlamagan infuzion yuborish uchun 5% yoki 10% li dekstroza (glyukoza) eritmasini, 1:1 nisbatda qo‘llash kerak. Davolash davomiyligi klinik-laborator ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda shifokor tomonidan shaxsiy ravishda belgilanadi va 2-5 kundan 10-20 kungacha bo‘lgan muddatni tashkil etishi mumkin. Shifokorning ko‘rsatmasiga qarab, preparatni 250-300 ml 5% li dekstroza (glyukoza) eritmasida suyultirib, minutiga 40-50 tomchi tezlik bilan tomchilab yuborish mumkin. Preparatning suyultirilgan eritmasi butun yuborish vaqti davomida tiniq bo‘lib qolishi kerak. Preparatni parenteral yuborishdan imkon boricha peroral qabul qilishga o‘zgartirish tavsiya etiladi. Bir shpritsda boshqa dori vositalari bilan aralashtirilmasin. 0,9% li natriy xlorid eritmasida va Ringer eritmasida suyultirilmasin!

Nojo‘ya samaralarning rivojlanish tezligini baholash maqsadida quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 – < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1000 – < 1/100), kam hollarda (≥ 1/10000 – < 1/1000), juda kam hollarda                  (< 1/10000), uchrash tezligi noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlar rivojlanish tezligini aniqlash imkonini bermaydi). Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: yuqori dozalarda qo‘llanganida kam hollarda diareya rivojlanishi mumkin. Immun tizimi tomonidan: kam hollarda preparatning tarkibida benzil spirti borligi sababli, yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishi mumkin; juda kam hollarda teri allergik reaktsiyalari (toshma, ekzantema yoki eshakemi) rivojlanishi mumkin; uchrash tezligi noma’lum – qichishish bo‘lishi mumkin.

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;3 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shu jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va chala tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llash mumkin emas.

Antikoagulyantlar bilan o‘zaro ta’sir qilishi mumkin, shuning uchun bir vaqtda qo‘llanganida antikoagulyantning dozasiga tuzatish kiritish kerak. Preparatni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri ma’lum emas.

Faqat tiniq eritmalarni qo‘llash kerak! Vena ichiga yuborish uchun eritmani suyultirish uchun elektrolitli eritmalarni qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Sersentsa preparatining tarkibida benzil spirti borligi sababli, u yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishi mumkin, homiladorlikda ona uchun davolashdan kutilgan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo‘lgan hollardagina preparatni qo‘llash mumkin. Laktatsiya davrida Sersentsa preparatini qo‘llash zarurati bo‘lganida, preparatni qo‘llash havfsizligi yuzasidan ma’lumotlar yo‘qligi sababli, emizishni to‘xtatish kerak. Pediatriyada qo‘llanishi Preparatni 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas (preparatning tarkibida benzil spirti borligi sababli). Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparat avtotransportni haydash, shuningdek diqqatni yuqori jamlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

2oS-8oS haroratda saqlansin.

Kuzatilmagan.

Retsept bo‘yicha beriladi

Vena ichiga yuborish uchun eritma. 5 ml dan sariq rangli 5 shisha ampula kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.