Senadeksin Remedy rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: 20% kaltsiy sennoizidlari – 70 mg. Yordamchi moddalar: monogidrat laktozasi, makkajo‘xori kraxmali, vanilin, magniy stearati, nipagin, stearin kislotasi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

A va V sennozidlar (kaltsiy tuzlari ko‘rinishida).

Preparatning savdo nomi:

Senadeksin-Remedy

Farmakalogik guruhi:

Surgi vosita.

Dori shakli:

Tabletkalar.

Yassitsilindrik shaklli faskasi bilan, bir tomoni riskali kul rang tusli, och jigarrang ranglidan to‘q jigarrang rangligacha bo‘lgan,oq va to‘q rangli dog‘li, vanilin hidli tabletkalar.

Surgi vosita.

A06AV06

Preparatni ta’sir etuvchi moddalari qisman ingichka ichakda so‘riladi va yo‘g‘on ichakda ajralib chiqadi, bir qismi esa bakteriyalar ta’siri natijasida aynan yo‘g‘on ichakda ajralib chiqadi. Organizmdan siydik va ahlat bilan chiqib ketadi.

Senadeksin turli etiologiyali spastik va atonik qabziyatlarda, shu jumladan yo‘g‘on ichak  peristaltikasini susayishiga va gipotoniyasiga qo‘llaniladi. Ich kelishini tartibga solish maqsadida gemorroyda, proktitda va orqa teshik yoriqlari kasalliklarida tavsiya etiladi.

Preparat qabul qilingandan so‘ng meteorizm, qorinda sanchiqsimon og‘riq va ich surish holatlari kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda dozasini kamaytirish yoki davolashni to‘xtatish lozim bo‘ladi. Uzoq vaqt qo‘llanganda, ayniqsa katta dozalarda, elektrolitlarni yo‘qolishi asosan, kaliy, albuminuriya, gematuriya, ichak shilliq qavatida melaninni to‘planishi va muskullararo bog‘lanishlarni buzilishi holatlari kuzatilishi mumkin.

Spastik kolitda, ko‘richakda, ichakni bekilib qolishida, cababi noaniq qorindagi og‘riqlarda, suv va elektrolit almashinuvi buzilishida, jaroxatlangan churra, qorin bo‘shlig‘i a’zolarini o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida, peritonitda, me’da-ichak yo‘lidan va bachadondan qon ketishi holatlarida, tsistitda, qo‘llanilmaydi.

Senadeksinning katta dozalarini uzoq vaqt qabul qilish yurak glikozidlari ta’sirini kuchaytiradi va gipokaliyemiya rivojlanishi bilan bog‘liq  bo‘lgan antiaritmik preparatlarga ta’sir qiladi. Tiazid diuretiklar, glyukokortikoidlar, qizil miya ildizi preparatlari bilan birga qabul qilganda gipokaliyemiya xavfi oshadi. Tetrotsiklin qatoridagi antibiotiklar absorbtsiyasi buziladi.

Jigar va buyrak kasalliklarida, homiladorlikda va emizikli davrida ehtiyotkorlik bilan tavsiya etiladi. Ba’zan senadeksin qabul qilinganda siydikni rangi o‘zgarishi mumkin, buni klinik ahamiyati yo‘q.

Homiladorlikda senadeksin preparatini qabul qilgandagi xavfsizligi isbotlanmagan. Abdominal og‘riq, diareya, ichaklar spazmini rivojlanish xavfi bo‘lgani uchun buyurish tavsiya etilmaydi.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Terapevtik dozani oshirib yuborish kuchli diareya suv-elektrolit disbalansi rivojlanishi bilan kechadi. Preparat bekor qilinib, simptomatik dori vositalarini buyurish o‘tkaziladi.

Retseptsiz

Tabletkalar.

3 yil.