Semilaktretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka saqlaydi: faol moddalar: spirinolakton – 50 mg yoki 100 mg; furosemid – 20 mg. yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall tsellyuloza, povidon K25, natriy kraxmalglikolyati, natriy laurilsulfati, magniy stearati. qobig‘ining tarkibi: gidroksipropilmetiltsellyuloza Ye6, polietilenglikol 6000, titan dioksidi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

spironolakton/furosemid

Preparatning savdo nomi:

Semilakt

Farmakalogik guruhi:

diuretik vosita.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

dumaloq, ikki tomonlama qavariq, oq rangdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan tabletkalar.

diuretik vosita.

S03Е

Og‘iz orqali qabul qilinganida spironolakton va furosemid me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi, yuqori darajada biokiraolishligi bilan xarakterlanadi. Spironolakton jigarda tez metabolizmga uchraydi. Asosiy farmakologik faol metabolitlari bo‘lib 7-α-tiospironolakton, 7-α-tiometilspironolakton va kanrenon (taxminan 50%) hisoblanadi. Kanrenonning maksimal kontsentratsiyasi ichga qabul qilinganidan so‘ng 2-4 soatdan keyin erishiladi, uning yarim chiqarilish davri o‘rtacha 12,5 soatni tashkil etadi. Furosemid organizmda metabolizmga uchrab, glyukuronidni hosil qiladi. Yarim chiqarilish davri – taxminan 2 soatni tashkil etadi.

yurak yetishmovchiligi, nefrotik sindromdagi (ayniqsa, agar boshqa dori vositalari yetarli darajada samarali bo‘lmasa yoki diuretiklar tomonidan chaqirilgan gipokaliyemiya aniqlansa) shish sindromi;giperaldosteronizm oqibatida elektrolitlar almashinuvini buzilishlaridagi shishlar va astsit;jigar tsirrozida kuzatiladigan astsit;arterial gipertenziyada qo‘llanadi.

Semilakt preparati ichga butun holda, chaynamasdan ovqatlanish vaqtida, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinadi. Dozalash tartibi kasallikning nazologik shakli va suv-elektrolitlar almashinuvi buzilishining yaqqolligini hisobga olib, individual ravishda belgilanadi. Davolashning birinchi 3-6 kunlarida preparat har kuni o‘rtacha 4 tabletkagacha bo‘lgan sutkalik dozada buyuriladi. Samarani bir maromda saqlab turuvchi doza 1 tabletkadan sutkada 3 martagacha qabul qilinadigan dozani tashkil etadi. Klinik samaraning yaqqolligiga qarab bu doza har kuni yoki kunora, yoki 2 kundan keyin buyuriladi. Davolash davomiyligi individual belgilanadi.

Suv-elektrolitlar almashinuvi tomonidan: uzoq vaqt qo‘llanganida giponatriyemiya, gipo- yoki giperkaliyemiya; kam hollarda – giperurikemiya, giperglikemiya, glyukozuriya. Markaziy nerv tizimi tomonidan (MNT): bosh aylanishi, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, ataksiya, ongni chalkashishi, quloqlarda shovqin, paresteziyalar, eishitishni pasayishi, ko‘rishning noaniqligi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat, pankreatit, xolestatik sariqlik, anoreksiya, og‘iz bo‘shlig‘i va me’da shilliq qavatini ta’sirlanishi. Siydik-tanosil tizimi tomonidan: erektsiyani buzilishi, ginekomastiya (erkaklarda), sut bezlarida og‘riq, dismenoreya, amenoriya, girsutizm, ovozni dag‘allashishi (ayollarda). Allergik reaktsiyalar: tizimli vaskulit, interstitsial nefrit, nekrozlanuvchi angiit, eksfoliativ dermatit, ko‘p shaklli eritema, isitma, teri toshmalari, qichishish, eshakemi. Qon yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda – aplastik anemiya, gemolitik anemiya, leykopeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya.

spironolaktonga, furosemidga yoki sulfanilamidlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik;o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, anuriya;jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari (jigar prekomasi va komasi);elektrolitlar almashinuvini to‘g‘rilanmaydigan buzilishlari: gipo- yoki giperkaliyemiya, giperkaltsiyemiya, giponatriyemiya.

Kaliy preparatlari yoki kaliyni tejovchi diuretiklar (triamteren, amilorid), shuningdek angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari bilan birga qo‘llanganida giperkaliyemiya rivojlanishi mumkin; Spironolakton glyukokortikoidlar, shuningdek surgi vositalari bilan birga qo‘llanganida gipokaliyemiya rivojlanishi mumkin; Spironolakton me’da-ichak yarasiga qarshi qo‘llanadigan karbenoksolon preparatining samarasini susaytirishi, noradrenalinning vazopressor samarasini kamaytirishi, digoksinning yarim chiqarilish davrini uzaytirishi mumkin; Salitsilatlar spironolaktonning samarasini pasaytirishi mumkin; Furosemid gipoglikemik vositalar va pressor aminlarning ta’sirini susaytirishi va salitsilatlar, teofillin, litiy preparatlari va qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlarning ta’sirini kuchaytirishi mumkin; Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (masalan, indometatsin) furosemidning ta’sirini pasaytirishi mumkin; Furosemid va aminoglikozid antibiotiklari bir vaqtda qo‘llanganida aminoglikozidlarning nefro- va ototoksik samaralari kuchayishi mumkin.

Semilakt podagra, qandli diabet bilan xastalangan bemorlarga, jigar va/yoki buyraklar faoliyatini buzilishlarida, nafas va metabolik atsidozni rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Semilakt uzoq muddat qo‘llanganida zardobda elektrolitlarning, shuningdek mochevina, kreatinin, glyukoza va siydik kislotasining miqdorini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak. Semilaktni qabul qilish vaqtida alkogolni iste’mol qilish ta’qiqlanadi.

Homiladorlik vaqtida preparatni shifokorning qat’iy ko‘rsatmasi bo‘yicha kutilayotdigan foyda, potentsial xavfdan ustun bo‘lganda qo‘llash mumkin. Semilaktni buyurish zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Quruq joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Simptomlari: degidratatsiya, aylanib yurgan qon hajmini kamayishi, arterial gipotenziya, elektrolitlar muvozanatini buzilishi, shu jumladan gipokaliyemiya, gipoxloremik alkaloz. Davolash: simptomatik – qon-tomirlar ichidagi suyuqlik hajmini va elektrolitlarning tanqisligini to‘ldirishdan tashkil topgan. Gemodializ furosemidning chiqarilishini tezlashtirmaydi.

Retsept bo‘yicha

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletkadan blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.