Selepidretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har 100 ml emulsiya quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: soya moyi                                            10,0 g; tuxum letsitini                               1,2 g; glitserol                                           2,25 g; energetik qiymati (kkal)               1100; osmolyarligi                                     300 mOsm/l; yordamchi moddalar: natriy oleati, natriy gidroksidi, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

soya moyi, tuxum letsitini, glitserol

Preparatning savdo nomi:

Selepid

Farmakalogik guruhi:

parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadigan preparat.

Dori shakli:

vena ichiga yuborish uchun yog‘li emulsiya

yot zarrachalar va yirik yog‘ tomchilari bo‘lmagan oq rangli sutga o‘xshash emulsiya.

parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadigan preparat.

V05VA02

Preparatning tarkibiga kiruvchi yog‘ zarrachalari odam qonidagi xilomikronlarning o‘lchamiga to‘g‘ri keladigan o‘lchamdagi pufakchalarni hosil qiladi, shuning uchun Selepid™ning farmakokinetik ta’siri lipidlarning fiziologik almashinuvi bilan bir xil. Preparat yuborilganidan so‘ng plazmada triglitseridlarning darajasi qisqa muddatga oshishi kerak. Triglitseridlar lipoprotein-lipaza ta’sirida erkin yog‘ kislotalari va glitseringa gidrolizlanadi. Erkin yog‘ kislotalari yo to‘qimalarga taqsimlanadi (u yerda ular oksidlanadi yoki triglitseridlar qayta sintezlanadi va to‘planadi), yoki albuminlar bilan bog‘lanib, plazmada aylanib yuradi. Jigarda erkin yog‘ kislotalari oksidlanadi yoki qonga qayta tushishi mumkin bo‘lgan juda past zichlikdagi lipoproteinlarni hosil qiladi. Tun davomida och qolgan odamda yog‘li emulsiyani chiqarilish darajasi sutkada tana vazniga taxminan 4 g/kg ni tashkil etadi. Organizmdan chiqarilish hususiyati organizmning holati va kasallikni og‘irlik darajasiga bog‘liq.

Selepid™ yog‘li emulsiya parenteral nutritsion yordamga muhtoj bo‘lgan patsiyentlar uchun energiya va almashtirib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalarini manbai sifatida ko‘rsatilgan. Preparat quyidagi holatlarda buyuriladi: Bemorni jarrohlik yo‘li bilan davolashga operatsiyadan oldingi tayyorgarlikda energetik nutriyent sifatida;Operatsiyadan keyingi davrda – organizmning oqsil-energetik holatini tiklash uchun majmuaviy davolash tarkibida;Turli etiologiyali kaxeksiyada;Kuchli plazmoreya va yiringli jarayonlar bilan kechuvchi barcha darajadagi kuyishlarda;Ingichka ichakning shilliq qavatidagi fermentlar sekretsiyasini susayishi va nutriyentlarni so‘rilishini buzilishi (ichakning o‘tkir va surunkali kasalliklari – peritonit, yarali kolit, ichak tutilishi, me’da-ichak yo‘llarida o‘smalarni bo‘lishi, ichak atoniyasi va falaji, malabsorbtsiya sindromi, oziqlanishdagi buzilishlar va b.) bilan bog‘liq bo‘lgan azot muvozanatini buzilishlarida;Patsiyentni uzoq vaqt turli genezli xushsiz holatda bo‘lishi, enteral oziqlantirish imkoni yoki mumkin bo‘lmagan holatlarda;Buyrak faoliyatini buzilishlarida, energiya muvozanatini to‘g‘rilash proteinlar katabolizmi darajasini pasaytirish uchun kerak bo‘lgan holatlarda qo‘llanadi.

Kattalarga: sutkada bemorning tana vazniga 2,5 g/kg hisobida buyuriladi. Bolalarga: sutkada bemorning tana vazniga 0,5-4,0 g/kg hisobida buyuriladi. Selepid™ vena ichiga yuborish uchun 10% li yog‘li emulsiya sutkada bemorning tana vazniga 2,5 g/kg dan yuqori bo‘lmagan dozada yuborilganida organizmning sutkali energiya talabining 60% gacha qismini ta’minlaydi. Qolgan 40% organizmga uglevodlar va aminokislotalar hisobiga to‘ldirilishi kerak. Selepid™ 10% li yog‘li emulsiyani yuborish tezligi birinchi 15 minut davomida            0,5-1,0 ml/(kg*soat) dan oshmasligi kerak. Nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilmasa, infuziya tezligini 2 ml/(kg*soat) gacha oshirish mumkin. Davolashning birinchi kunida Selepid™ 10% li yog‘li emulsiyaning dozasi – 500 ml dan oshmasligi kerak. Noxush reaktsiyalar kuzatilmasa, keyingi kunlarda dozani oshirish mumkin.

O‘tkir reaktsiyalar: hansirash, tsianoz, allergik reaktsiyalar, giperlipidemiya, giperkoagulyatsiya, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yuzni qizarishi, gipertermiya, kuchli terlash, et uvishishi, uyquchanlik, ko‘krakda va belda og‘riq. Kechki reaktsiyalar: gepatomegaliya, xolestatik sariqlik, jigarning funktsional sinamalari ko‘rsatkichlarini tranzitor oshishi, trombotsitopeniya, leykopeniya, splenomegaliya, gipergidratatsiya sindromi. Retikuloendotelial tizimida jigarrang rangli pigment (vena ichidagi yog‘li pigment) to‘planishi mumkin. Ushbu fenomenning sababi va qiymati yetarli darajada o‘rganilmagan.

Shok (boshlang‘ich bosqichi), lipidlar almashinuvini yaqqol buzilishlari (jigarni og‘ir darajadagi shikastlanishi, dekompensatsiyalangan qandli diabet, jigar yetishmovchiligini og‘ir shakli), giperlipidemiya bilan kechuvchi o‘tkir pankreatit va pankreonekroz, patologik giperlipidemiya, lipoid nefroz, gipoksiya bilan kechuvchi tromboemboliya, ketoatsidoz, o‘pka gipertenziya, preparatning komponentilariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Selepid™ yog‘li emulsiyani bir flakonda elektrolitlar va dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas. 1 ml emulsiyaga 1-2 birlik geparin nisbatida emulsiyaga qo‘shilganida preparatning barqarorligi yo‘qolmagan.

Metabolik atsidoz, o‘pka kasalliklari, sepsis, retikulo-endotelial tizimining kasalliklari, anemiya, qon ivishini buzilishi bo‘lgan bemorlarga, yog‘li emboliyani rivojlanish havfi oshganida preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Yog‘li emulsiyalarni haddan tashqari tez yuborish suyuqlik va yog‘ning miqdorini ortiq ketishi oqibatida keyinchalik elektrolitlarning kontsentratsiyasini pasayishi, gipergidratatsiyaga olib kelishi va o‘pka shishini rivojlanishini qo‘zg‘alishiga va o‘pkaning duffuz hususiyatini buzilishiga olib kelishi mumkin. Haddan tashqari tez infuziya qilish giperketonemiya, metabolik atsidozni chaqirishi mumkin. Erkin yog‘ kislotalari albumin bilan bog‘langan bilirubinni o‘rnini almashtirganligi sababli, yog‘li emulsiyani sariqlik bo‘lgan bolalarga yoki erta yoshdagi bolalarga juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas, chunki ushbu bemorlar toifasiga preparatni qo‘llash havfsizligi yuzasidan ma’lumotlar yo‘q. Preparat bilan uzoq muddat davolanganda periferik qon manzarasi (shu jumladan, trombotsitlar soni), qon ivishi tizimi ko‘rsatkichlari, jigar faoliyati, qon zardobidagi lipidlarning ko‘rsatkchilarini nazorat qilish kerak. Qonda bilirubinning kontsentratsiyasi, LDG ning faolligini aniqlash, gemoglobinni kislorod bilan to‘yinishi kabi laborator tekshirishlarni preparatni infuziyasi tugaganidan so‘ng 5-6 soatdan keyin o‘tkazgan afzal. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin!

Dozani oshirib yuborilish simptomlari odatda gipervolemiyani ko‘rinishlari: hansirash, tsianoz, o‘pka shishi hisoblanadi. Shuningdek giperlipidemiya, giperkoagulyatsiya bo‘lishi mumkin. Dozani oshirib yuborilish simptomlari namoyon bo‘lganida yog‘li emulsiyani infuziya qilishni to‘xtatish va simptomatik davolashni boshlash kerak.

Retsept bo‘yicha

Yog‘li emuslsiya 100 ml, 200 ml yoki 500 ml dan flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.