Selemin 5S Plyusretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

100 ml preparat quyidagilarni saqlaydi: NomiMiqdori/100 mlFaol moddalar: L-Izoleytsin0,255 gL-Leytsin0,445 gL-Lizin gidroxloridi0,350 gL-Metionin0,190 gL-Fenilalanin0,255 gL-Treonin0,205 gL-Triptofan0,090 gL-Valin0,240 gL-Arginin0,460 gL-Gistidin0,260 gGlitsin0,395 gL-Alanin0,685 gL-Prolin0,445 gL-Tsistein gidroxloridi H2O0,036 gL-Asparagin kislotasi0,065 gL-Asparagin H2O0,186 gL-Glutamin kislotasi0,230 gL-Serin0,120 gL-Tirozin0,030 gL-Ornitin gidroxloridi0,160 gL-Olma kislotasi0,100 gAtsetiltirozin0,043 gSorbitol10,000 gNatriy atsetati 3H2O0,395 gKaliy atsetati0,245 gMagniy atsetati 4H2O0,056 gNatriy digidrogen fosfati 2H2O0,140 gYordamchi moddalar: Inyektsiya uchun suv100 ml gacha

Preparatning savdo nomi:

Selemin 5S Plyus

Farmakalogik guruhi:

parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadigan preparatlar, aminokislotalar.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma

tiniq, rangsizdan och sariq ranggacha bo‘lgan, ko‘zga ko‘rinadigan zarrachalar saqlamagan eritma.

parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadigan preparatlar, aminokislotalar.

V05VA.

Selemin 5S Plyus tarkibiga kiruvchi kristall aminokislotalar organizmdagi metabolik jarayonlarga darhol kirishadi. Almashtirib bo‘ladigan va barcha almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarning optimal nisbati yallig‘lanish jarayonlarini bartaraf qilish, shikastlangan to‘qimalarni reparativ regeneratsiyasi, hayotiy muhim a’zolar tizimining funktsional holatini yaxshilanishi, shuningdek azotemiya hamda uremiyani oldini olish uchun yaxshi sharoitlar yaratadi. Oqsil yetishmovchiligi va katabolizm bilan kechuvchi holatlarda aminokislotalar eritmasini parenteral qo‘llash qonning normal oqsil tarkibini tez va ishonchli ravishda tiklaydi. Preparat gomeostazni ushlab turadi va hatto metabolik zo‘riqishda ham organizmdagi aminokislotalar muvozanatini izdan chiqarmaydi. Preparat klinik jihatdan yaxshi o‘zlashtiriladi.

Selemin 5S Plyus aminokislotalar eritmasi to‘liq va qisman parenteral oziqlantirish uchun mo‘ljallangan. Organizmda oqsilni yaqqol yo‘qolishi va (yoki) oqsillarga bo‘lgan talabni oshishi oqibatida oqsil yetishmovchiligini oldini olish va davolash maqsadida buyuriladi: Xushni yo‘qolishi, koma oqibatida ovqat qabul qilish imkoni bo‘lmaganida;Jarrohlikda: operatsiyadan oldingi va keyingi davrda, og‘iz orqali ovqat qabul qilish imkoni bo‘lmaganida yoki mumkin bo‘lmaganida – intraoperatsion davrdagi turli asoratlar (katta miqdorda qon yo‘qotilishi, klinik o‘lim va boshqalar) va operatsiyadan keyingi turli asoratlar (yiringli-septik asoratlar, choklarni mustahkam emasligi, tromboemboliya); o‘rtacha va og‘ir darajadagi jarohatlar – kuchli plazmoreya va yiringlanish bilan kechuvchi barcha darajadagi kuyishlar; qizilo‘ngach yoki me’dani o‘yuvchi moddalar bilan shikastlanishi; me’da-ichak yo‘llarini stenozlari – diffuz peritonit, osteomiyelit; o‘pkani sun’iy ventilyatsiyasi apparatida uzoq muddat bo‘lish va reanimatsiyani talab etuvchi boshqa holatlar, katabolik reaktsiyalar bilan kechuvchi jarrohlik aralashuvlari (o‘smalarni olib tashlash, endokrin a’zolarda o‘tkazilgan operatsiyalar, neyroxirurgik aralashuvlar va boshqalar), operatsiyadan so‘ng oqsil-energiya yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda (tana vaznini tanqisligi, trofik buzilishlar); ko‘p suyaklarni sinishi.Odatdagi ovqatlanishni istisno qiluvchi nevrologik va ruhiy kasalliklar.Yaqqol intoksikatsiya ko‘rinishlari, yuqori isitma, uzoq muddatli diareya sindromi va boshqalar bilan kechuvchi og‘ir darajadagi infektsion kasalliklar; anaerob infektsiya.Og‘ir darajadagi oqsil-energiya yetishmovchiligini barcha etiologik va klinik shakllari (alimentar, endokrin, psixogen, rak oqibatidagi kaxeksiya va boshqalar) da qo‘llanadi.

Preparatning dozasi bemorning yoshi, holati va vazniga qarab har bir bemor uchun individual ravishda tanlanadi. Preparatni vena ichiga tomchilab yuborish kerak. Kattalarga: Kuniga tana vazniga 1,0-2,0 g aminokislota/kg. Preparatning sutkalik hajmi 200-800 ml dan oshmasligi kerak. Yuborish tezligi – minutiga 60 tomchi = soatiga 180 ml. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalar: Kuniga tana vazniga 0,20-0,25 g aminokislota/kg. Yuborish tezligi – infuziyani boshlanishida minutiga 15-20 tomchi, so‘ngra minutiga 30-40 tomchi yuboriladi.

Preparat qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga muvofiq buyurilganida nojo‘ya reaktsiyalar kam kuzatiladi. Allergik reaktsiyalar (toshma), me’da-ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish; yurak qon-tomir tizimi tomonidan – taxikardiya, ko‘krak qafasi sohasida noxush hislar bo‘lishi mumkin. Kam hollarda shuningdek et uvishishi, isitma, qizib ketish hissi, bosh og‘rig‘i bo‘lishi mumkin.

Aminokislotalar metabolizmini buzilishi, jigar komasi, buyrak faoliyatini jiddiy buzilishlari, gipernatriyemiya va giperkaliyemiya, dimlangan yurak yetishmovchiligi, gipergidratatsiya, metabolik atsidoz, sorbitolni o‘zlashtirolmaslikda qo‘llash mumkin emas.

Parenteral oziqlantirish uchun preparatlarni antibiotiklar, gormonal preparatlar, gipertenziv vositalar bilan aralashtirish mumkin emas, ularni alohida – turli venalarga yoki Y-shaklli konnektor yordamida yuborish kerak. Preparat bleomitsin bilan nomutanosibdir. Selemin 5S Plyus va qon preparatlarini bir infuziya uchun tizim orqali yuborish mumkin emas, chunki soxta agglyutinatsiyani rivojlanish ehtimoli mavjud. Selemin 5S Plyus va tarkibida bikarbonat saqlovchi preparatlarni bir vaqtda infuziya qilish mumkin emas, chunki bu holat rN o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek bikarbonat ionlari Selemin 5S Plyus eritmasining tarkibida saqlangan kaltsiy va magniy ionlari bilan bog‘lanishi va ular bilan pretsipitatlar (erimaydigan karbonatlar) hosil qilishi mumkin. Insulinni aminokislotalar eritmasi bilan aralashtirish insulinning faolligini pasaytirmaydi.

Eritma haddan tashqari tez yuborilganida aminokislotalar muvozanatini buzilishi bilan kechuvchi buyrak yetishmovchiligi belgilari rivojlanishi mumkin. Suyuqlik muvozanati, zardobdagi elektrolitlarning darajasi, qondagi qand miqdori va kislota-ishqor muvozanatini nazorat qilish kerak. Preparat bilan uzoq muddat davolanganda yog‘ kislotalari yetishmovchiligidan saqlanish uchun ratsionga yetarli miqdorda yog‘ kiritish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin. Muzlatilmasin.

Preparatning yuqori dozalarini buyurish yoki haddan tashqari tez infuziya qilish atsidozga, jigar va buyrak faoliyatlarini buzilishlariga olib kelishi mumkin. Dozani oshirib yuborilishi simptomlari paydo bo‘lganida preparatni yuborishni vaqtinchalik to‘xtatish, so‘ngra zarurat bo‘lganida infuziyani sekinroq yuborishni davom ettirish kerak. Giperkaliyemiyani bartaraf qilish uchun 200-500 ml 10% li glyukoza eritmasini har 3-5 g glyukozaga 1-3 TB insulin bilan yuborish kerak. Bemorning hayotiga havf tug‘diruvchi holatlarda unga dializ muolajasini boshlash kerak.

Retsept bo‘yicha

100 ml, 200 ml yoki 500 ml eritma shisha flakonda; 1 shisha flakon tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.