Sedalgin – neoretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 300 mg paratsetamol, 150 mg metamizol natriy, 50 mg kofein, 15 mg fenobarbital, 10 mg kodein fosfat gemigidrati; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, bug‘doy kraxmali, povidon, krospovidon, natriy metabisulfiti, talk, magniy stearati.

Preparatning savdo nomi:

Sedalgin – neo

Farmakalogik guruhi:

majmuaviy tarkibga ega analgetik-antipiretiklar

Dori shakli:

tabletkalar

dumaloq  yassi, oqdan deyarli oq ranggacha, ikki tomoni faskali va bir tomonida riskali tabletkalar.

majmuaviy tarkibga ega analgetik-antipiretiklar

N02BE71

Sedalgin-neo ning alohida komponentlari mustaqil qo‘llaganda davolash qiyin bo‘lgan, turli kelib chiqishga ega, quyidagi og‘riqlarni qisqa muddatli va simptomatik davolash uchun qo‘llanadi: bosh og‘rig‘i, migren, tish og‘rig‘i;jarohatlar, operatsiyalar va kuyishlardan keyingi og‘riqlar;nevralgiyalar va nevritlar, bo‘g‘imlar va mushaklardagi o‘tkir og‘riqlar.

Sedalgin-neoni doimo Sizning davolovchi shifokoringizning aniq qo‘llanmalariga muvofiq qabul qiling. Agar Siz nimagadir ishonchingiz komil bo‘lmasa, shifokoringizdan yoki farmatsevtdan so‘rang! Preparat ichga qabul qilinadi, davolovchi shifokor dozalashni aniqlab beradi. Odatda bir tabletkadan sutkada 3-4 marta qabul qilinadi. Maksimal bir martalik doza 2 tabletkani, maksimal sutkalik doza esa – 6 tabletkani tashkil qiladi. Davolash kursi ko‘pi bilan 3 kun davom etadi. Tabletkalar ovqatlanish vaqtida, suyuqlik bilan birga qabul qilinadi.

Har qanday dori preparati kabi Sedalgin-neo xam, garchi ular barchada namoyon bo‘lmasada, nojo‘ya reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Ko‘pincha nojo‘ya samaralari o‘tkinchi xarakterga ega va davolash tugaganidan keyin o‘tib ketadi. Ayrim patsiyentlarda quyidagi reaktsiyalar bo‘lishi mumkin: immun tizimi tomonidan buzilishlar anafilaksiya (og‘ir, hayot uchun xavf soluvchi allergik reaktsiya) va agranulotsitoz (infektsiyalarga moyillik bilan oq qon tanachalari sonini kamayishi) xavfini oshishi, ular davolashning har qanday bosqichida namoyon bo‘lishi mumkin va sutkalik dozaga bog‘liq emas;allergik reaktsiyalar: qichishish, teri toshmasi, astma xurujini qo‘zg‘ashi, dispnoe (bo‘g‘ilish). me’da-ichak yo‘llari tomonidan – og‘izni qurishi, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat yoki ich ketishi, jigar transaminazalarini oshishi. nerv tizimi tomonidan – uyquchanlik, toliqish, koordinatsiyani buzilishi, tremor, bezovtalik, ta’sirchanlik; uzoqroq muddat qo‘llanilganda – qaramlikni rivojlanishi. yurak-qon tomir tizimi tomonidan – arterial bosimni pasayishi, yurak urib ketishi, ekstrasistoliya (muntazam bo‘lmagan puls). buyrak va siydik-chiqarish yo‘llari tomonidan – yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilinganda buyrak shikastlanishi (interstitsial nefrit, buyrak yetishmovchiligini rivojlanishi) bo‘lishi mumkin. qon yaratish tizimi va limfatik tizimi tomonidan – juda kam xollarda gemolitik anemiya (qizil qon tanachalari sonini kamayishi, bu terini oqarishi yoki sarg‘ayishi, holsizlik, bo‘g‘ilishga olib kelishi mumkin), trombotsitopeniya (trombotsitlar sonini kamayishi, bu qon ketishi va qon talashlar (ko‘karishlar) paydo bo‘lishi xavfini oshiradi). Jiddiy teri reaktsiyalarining juda kam holatlari haqida ma’lumotlar bor. Agar biron-bir nojo‘ya reaktsiya jiddiylashsa yoki Sizda ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan biron-bir nojo‘ya reaktsiyalar aniqlansa, iltimos, bu haqida shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering. Bu ushbu ilova-varaqada ta’riflanmagan bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha nojo‘ya reaktsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Iltimos, Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki yaqinda qabul qilganligingiz haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering. Majmuaning komponentlari ko‘pchilik dorilarning metabolizmi (o‘zlashtirilishi) ga aralashadi va shuning uchun boshqa medikamentlar bilan birga qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Agar Siz quyida sanab o‘tilgan dori vositalaridan birini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, davolovchi shifokoringizga xabar bering: kumarin antikoagulyantlari;tsiklosporin (immunitetni susaytirish uchun);tritsiklik antidepressantlar;ichga qabul qilish uchun homilador bo‘lishga qarshi vositalar;allopurinol (podagraga qarshi);xloramfenikol va miyelotoksik (suyak ko‘migi faoliyatini susaytirish) ta’sirini kuchayishi tufayli suyak ko‘migini shikastlovchi boshqa preparatlar;aminofenazon (og‘riq va isitmaga qarshi);tuberkulyozga qarshi antibiotik rifampitsin;tsimetidin (me’dani himoyalash uchun);alkogol va jigarni shikastlovchi boshqa vositalar;barbituratlar, benzodiazepinlar, uxlatuvchi va tinchlantiruvchi preparatlar;MAO ingibitorlari yoki tritsiklik antidepressantlar;antixolinergik vositalar;nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (ketoprofen, ibuprofen, naproksen, dikofenak);grizeofulvin (zamburug‘larga qarshi);xinidin (antiaritmik vositalar);doksitsiklin (antibiotik);estrogenlar (ayollar jinsiy gormonlari);fenitoin, karbamazepin (tirishishga qarshi vositalar);fenotiazin (ruhiyatga ta’sir qiluvchi dori);juda kuchli og‘riq qoldiruvchi vositalar (narkotik analgetiklar);natriy valproati va valproat kislotasi.

Sedalgin-neoni qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing, agar: Sizda metamizolga allergiya bor. Qachonlardir metamizolga allergik reaktsiyasi bo‘lgan patsiyentlar uni yana qabul qilishlari mumkin emas.Dozani oshirib yuborilishi va jigarni jiddiy shikastlanishi xavfi tufayli, Siz metamizol saqlovchi boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz.Sizda faol bosqichdagi me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lsa.Sizda buyrak yoki jigar shikastlanishi bo‘lsa.Siz 65 yoshdan oshgan bo‘lsangiz, intoksikatsiyaning yuqori xavfi tufayli.Siz og‘riq qoldiruvchi vositalarni tez-tez qo‘llasangiz. Og‘riq qoldiruvchi preparatlarni tez-tez qo‘llash buyrakni turg‘un shikastlanishiga va buyrak yetishmovchiligi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin. Agar Sizda bosh og‘rig‘ining tez-tez xurujlari bo‘lsa va og‘riq qoldiruvchi preparatlarni muntazam qo‘llash Sizga yordam bermasa, shifokoringizga murojaat qiling. Surunkali bosh og‘rig‘ini rivojlanishining oldini olish uchun og‘riq qoldiruvchi vositalarning tavsiya etilgan sutkalik dozalarini diqqat bilan nazorat qilish va migrenga qarshi dorilarni haddan tashqari ko‘p qo‘llanilishidan saqlanish lozim. Anafilaksiya (teri toshmasi, bo‘g‘ilish, me’da-ichak yo‘llari va yurak-qon tomir tizimi tomonidan shikoyatlar bilan to‘satdan og‘ir allergik reaktsiya) va agranulotsitoz (oq qon tanachalarining turi –granulotsitlarning sonini to‘satdan kamayishi, tana haroratini oshishi, infektsiyalarni rivojlanishi) simptomlari bo‘lganida preparatni qo‘llashni darhol to‘xtatish kerak. Sedalgin-neoni tez-tez va uzoq muddat qo‘llaganda qon manzarasi va buyrak va jigar faoliyati ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak. Sedalgin-neo tarkibidagi metamizol siydikni qizil rangga bo‘yashi mumkin, bu klinik ahamiyatga ega emas. Sedalgin-neoni uzoq muddat qo‘llaganda uning tarkibidagi kodeinga qaramlik va ko‘nikish rivojlanishi mumkin. Metabolizmning alohida turiga ega ayrim patsiyentlarda (“juda tez” metabolizatorlar) hatto tavsiya etilgan dozalar qo‘llanilganida ongni chalkashishi, uyquchanlik, yuzaki nafas olish, qorachiqlarni torayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi va ishtahani yo‘qligi kabi kodein dozasini oshirib yuborilishi simptomni kutish mumkin. Og‘irroq holatlarda hayot uchun xavf soluvchi va juda kam xollarda o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan qon aylanishini buzilishi simptomlari va nafasni susayishi bo‘lishi mumkin.

250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Agar Siz buyurilganidan ortiq doza qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol shifokor yordamiga murojaat qiling. Doza oshirib yuborilganida quyidagi simptomlardan ayrimlari paydo bo‘lishi mumkin: yaqqol bosh aylanishi, uyquchanlik, reaktsiyalarni sekinlashishi, nafasni susayishi, xushdan ketguncha bo‘ladigan kuchli holsizlik bilan namoyon bo‘ladigan markaziy nerv tizimini bostirilishi, pulsni sekinlashishi, arterial bosimni pasayishi, jigar faoliyatini jiddiy shikastlanishi.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkalar PVX/aolyumin folga blisterda. 1 yoki 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 yil. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.