SANAGЕL rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 g Sanagel quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: 30 mg Methyluracilum (metiluratsil), 20 mg Lidocainum (lidokain gidroxloridi). Yordamchi moddalar: letsitin, silbiol, α-tokoferol, trolamin, karbomer, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, etil spirti, tozalangan suv.

Preparatning savdo nomi:

SANAGЕL

Farmakalogik guruhi:

to‘qimalar trofikasini va regeneratsiyasini rag‘batlantiruvchi vosita.

to‘qimalar trofikasini va regeneratsiyasini rag‘batlantiruvchi vosita.

D03AX.

Metiluratsil – sirtga qo‘llanganida amalda tizimli qon oqimiga tushmaydi. Lidokain gidroxloridi – og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati orqali qon aylanishiga lidokainning ozgina miqdori tushadi, faol moddaning plazmadagi maksimal darajasiga taxminan 20-45 minut o‘tgach erishiladi. Organizmda lidokain gastrointestinal yo‘liga tushadi va jigarda to‘liq metabolizmga uchraydi.

Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklari (og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanishi, nur terapiyasidan keyingi kuyishlar, aftoz stomatit, tishlarni olish); Ginekologik kasalliklar (yarani davolash, quriqlik va qichishish, vaginit, operatsiyadan keyingi jaroxatlar); Urologik va proktologik kasalliklar (operatsiyadan keyingi jaroxatlar, anal teshigi va to‘g‘ri ichakning kichik jaroxatlari, anal teshik yoriqlari).

Shikastlangan joylarga kuniga 3-4 marta qo‘yiladi. Qo‘llashning davomiyligi shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha.

faol modda va/yoki har qanday boshqa komponentga yuqori sezuvchanlik;leykozning o‘tkir va surunkali leykemik shakli, limfogranulomatoz, suyak ko‘migining xavfli kasalliklari, jigarning og‘ir kasalliklari, amid turidagi mahalliy anesteziya vositalari yoki gelning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llashga cheklanishlar yo‘q.

Gelni namlikdan va yorug‘likdan saqlash kerak. 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Gelning dozasini oshirib yuborilishi hollari kuzatilmagan.

Retseptsiz

15 g dan alyumin tubalarda, tubalar karton qutiga joylangan.

3 yil