Salbutamol Sofarma (Salbutamol Sopharma)retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

5 ml siropning tarkibi: Faol modda: salbutamol sulfati (salbutamol sulphate) 2 mg salbutamolga (salbutamol) ekvivalent. Yordamchi moddalar: etanol (96%), saxaroza, metil paragidroksibenzoat (Ye218), propil paragidroksibenzoat (Ye216), natriy tsitrati, limon kislotasi monogidrati digidrati, suyuq “Limon” essentsiyasi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

salbutamol

Preparatning savdo nomi:

Salbutamol Sofarma (Salbutamol Sopharma)

Farmakalogik guruhi:

bronxolitik vosita

Dori shakli:

sirop

bronxolitik vosita

So‘rilishi: peroral qabul qilinganida me’da­ichak yo‘llarida tez va to‘liq so‘riladi. Uning ta’siri qabul qilinganidan keyin 15­30 minutdan keyin namoyon bo‘ladi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 2­3 soat davomida erishiladi. Taqsimlanishi: plazmada oqsillari bilan 10% gacha bog‘lanadi. Metabolizmi: jigarda metabolizmga uchraydi. Chiqarilishi: yarim chiqarilish davri ­ 2,7 va 5 soat oralig‘ida. Farmakokinetik tadqiqotlaring natijalari dozaning 58,3 dan 78% qismi 24 soat o‘tgach va 65,3 dan 83,9% gacha qismi 72 soatdan keyin siydik bilan chiqarilishini, 1,2 dan 7% gachasi ahlatda aniqlanishini ko‘rsatdi. Qabul qilingan dozaning 34 va 47% siydik bilan salbutamolning metaboliti shaklida chiqariladi.

Astma va o‘pkaning boshqa kasalliklarida nafasni yengillashtirish uchun qo‘llaniladi. U ingalyator vositalarni ishlata olmaydigan bolalar va kattalarda qo‘llash uchun qulay hisoblanadi.

Salbutamol Sofarmani doimo shifokoringizning tavsiyasiga qat’iy rioya qilgan holda qabul qiling. Agar Siz nimagadir ishonch hosil qilmasangiz, shifokoringiz yoki farmatsevtdan so‘rang. Sirop ichga qabul qilinadi. Odatdagi doza quyidagilarni tashkil qiladi: Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: 5­10 ml sirop (2­4 mg salbutamol) dan kuniga 3­4 marta buyuriladi. Zarurati bo‘lganida dozani 20 ml (8 mg) dan kuniga 4 martagacha oshirish mumkin (maksimal sutkalik doza 32 mg). 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 5 ml sirop (2mg) dan kuniga 3­4 marta buyuriladi. Dozani 15 ml (6 mg) dan kuniga 4 martagacha oshirish mumkin (maksimal sutkalik doza 24 mg). 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: boshlang‘ich doza ­ 2,5­5 ml sirop (1­2 mg) kuniga 3­4 marta buyuriladi. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatning xavfsizligi, samaradorligi va dozasi aniqlanmagan. Keksa yoshdagi patsiyentlar: davolashni ancha kam dozalardan boshlash ­ 5 ml sirop (2 mg) dan kuniga 3­4 marta qabul qilish tavsiya qilinadi. Agar davolanish vaqtida Siz dori preparatining samarasi ancha kuchsizligini his qilsangiz (siropni odatdagidan ancha tez­tez qabul qilishga ehtiyoj paydo bo‘lsa), darhol davolovchi shifokoringizga murojaat qilishingiz lozim. U sizning ahvolingizni baholaydi va davolashni o‘zgartirishi mumkin. Dori preparatining dozasini shifokor maslahatisiz o‘zgartirmang!

Barcha dori preparatlari kabi Salbutamol Sofarma ham, ular hammada xam namoyon bo‘lmasligiga qaramay, nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin. Juda tez-tez (10 iste’molchidan 1 tasidan ko‘prog‘ida kuzatiladi): tremor (oyoq­qo‘llarni qaltirashi). Tez-tez (10 patsiyentdan 1 tasidan kamrog‘ida kuzatiladi): bosh og‘rig‘i, yurak harakatini tezlashishi, yurak sohasida og‘riq, mushaklarni tirishishi. Kam hollarda (1000 patsiyentdan 1 tasidan kamrog‘ida kuzatiladi): ko‘ngil aynishi, qusish (asosan bolalarda preparatning dozasi oshirib yuborilganida), notekis yurak ritmi, yurak urishini xis qilish, periferik vazodilatatsiya, qonda qand miqdorini oshishi va qonda kaliy miqdorini kamayishi. Juda kam hollarda (10000 patsiyentdan 1 tasidan kamrog‘ida kuzatiladi): eshakemi ko‘rinishidagi allergik reaktsiyalar, angionevrotik shish (yuz, lablar, og‘iz bo‘shlig‘i, til va tomoqni shishi, bu yutinish va nafas olishni qiyinlashtirishi mumkin), nafas yo‘llarini spazmi, arterial bosimni pasayishi va kollaps, giperfaollik, mushaklarda zo‘riqish hissi. Tez-tezligi ma’lum emas (mavjud ma’lumotlarga asoslanib baholash mumkin emas): Qanchalik tez­tez yuzaga kelishi ma’lum emasligiga qaramasdan, ba’zi patsiyentlarda ko‘krak qafasida og‘riq (yurak buzilishlari natijasida), uyqusizlik, xavotirlik, bosh aylanishi bo‘lishi mumkin; Parkinson kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda ­ qaltirash va mushaklarni tortishishi kuchayishi mumkin. Agar Sizda Salbutamol Sofarma bilan davolanish vaqtida ushbu simptomlardan ba’zilari yuzaga kelsa, shifokoringizga xabar bering, lekin shifokoringizning ko‘rsatmasisiz va tavsiyasisiz dori preparatini qo‘llashni to‘xtatmang. Agar nojo‘ya ta’sirlardan har qaysisi jiddiy tus olsa yoki agar Siz ushbu ilova­varaqada keltirilmagan boshqa nojo‘ya ta’sirlarni sezsangiz, bu haqida shifokoringiz yoki farmatsevtni xabardor qilishingizni so‘raymiz.

Salbutamol Sofarmani quyidagilarda qabul qilmang agar Sizda faol moddaga yoki Salbutamol Sofarma tarkibidagi boshqa har qanday moddaga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa.

Agar Siz boshqa dori preparatlarini, shu jumladan retseptsiz beriladigan, qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz bu haqida shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar berishingizni so‘raymiz. Agar Siz quyidagi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokoringizni xabardor qiling: bronxlar spazmini davolash uchun boshqa dori preparatlari (simpatikomimetiklar, ksantinlar ­ teofilin, aminofillin);kortikosteroidlar;suvsizlantiruvchi vositalar (diuretiklar);yurak yetishmovchiligini davolash uchun dori preparatlari (digitalis glikozidlar);depressiyani davolash uchun dori preparatlari (MAO ingibitorlari yoki tritsiklik antidepressantlar);qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun dori preparatlari (tireoid gormonlar);beta­blokatorlar (propranolol, atenolol, metoprolol);galotan va boshqa galogenizatsiyalangan uglevodorod anestetiklar, va tsiklopropan miokardni sensibilizatsiyalaydi va β-agonistlarning aritmogen ta’sirini potentsiyalashi mumkin.

Salbutamol Sofarmani qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qiling Salbutamol Sofarma og‘ir yoki noturg‘un shakldagi astmani davolashda o‘z­o‘zicha yoki asosiy vosita sifatida qo‘llanilmaydi. Shuningdek, astmatik xurujlarni bartaraf etish uchun ham qo‘llanilmaydi. Agar Sizda quyidai kasalliklar bo‘lsa, shifokoringizga murojaat qiling: yuqori faolligi bilan bog‘liq bo‘lgan qalqonsimon bez kasalliklari;yurak kasalliklari, va ayniqsa, yurak ritmini buzilishi yoki stenokardiya (ko‘krakda og‘riq) bilan bog‘liq bo‘lgan;yuqori qon bosimi;diabet. Salbutamol bilan davolanishda sportchilarda doping­sinama ijobiy bo‘lishi mumkin. Sirop tarkibida metil­ va propil paragidroksibenzoatni saqlaydi, ular allergik reaktsiyani (ehtimol sekinlashgan) chaqirishi mumkin.

Har qanday dori vositasini qo‘llashdan avval shifokoringiz bilan maslahatlashing. Preparatni homiladorlarda qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli, ularda uni qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Agar Siz emizikli bo‘lsangiz va salbutamol bilan davolanish zarur bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Agar Siz Salbutamol Sofarmaning keragidan ortiq dozasini qabul qilgan bo‘lsangiz Agar Siz ilova­varaqada ko‘rsatilganidan yuqori dozani qabul qilgan bo‘lsangiz, oyoq­qo‘llarni qaltirashi, ko‘p terlash, ko‘ngil aynishi, qusish, ayniqsa bolalarda (salbutamolni dozasi oshirib yuborilganida), ko‘krakda og‘riq, yurak ritmini buzilishi paydo bo‘lishi mumkin. Darhol davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Retsept buyicha

Sirop Birlamchi o‘ram 125 ml sirop 125 ml hajmli to‘q shisha flakonga yoki 125 ml hajmli to‘q polietilentereftalat flakonga dozalanadi. To‘q shisha flakonlar alyumin yoki polietilen burama qopqoqchalar bilan tiqinlanadi. To‘q jigarrang polietilentereftalat flakonlar polietilen burama qopqoqchalar bilan tiqinlanadi. Ikkilamchi o‘ram ­­ 1 (bir) flakon preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va plastmassa o‘lchov stakanchasi bilan birga alohida karton qutiga joylangan.

2 (ikki) yil. Flakon ochilganidan keyin yaroqlilik muddati: 1 (bir) oy.