Rotavit Royal rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: liofilizatlangan asalari suti                                       33,3 mg dimetilaminoetanol bitartrati                                     25 mg Vitaminlar A vitamini (retinol palmitati shaklida)                   2000 XB V1 vitamini (tiamin mononitrati shaklida)                15 mg V2 vitamini (riboflavin)                                                4 mg V5 vitamini (kaltsiy pantotenati shaklida)                4 mg V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi shaklida)      1 mg V9 vitamini (folat kislotasi)                                        25 mkg V10 vitamini (paraaminobenzoy kislotasi)                   50 mg V12 vitamini (tsianokobalamin)                                      5 mkg D3 vitamini (xolekaltsiferol)                                      200 XB Ye vitamini (a-tokoferol atsetati shaklida)                  30 XB RR vitamini (nikotinamid)                                             15 mg N vitamini (biotin)                                                         3 mkg Makro- va mikroelementlar temir (temir fumarati shaklida)                                     10 mg kaltsiy (kaltsiy gidrofosfati shaklida)                     90 mg fosfor (kaltsiy gidrofosfati shaklida)                      70 mg mis (mis sulfati shaklida)                                             1 mg kaliy (kaliy sulfati shaklida)                                      2 mg marganets (marganets sulfati shaklida)                          1 mg rux (rux sulfati shaklida)                                              1 mg O‘simlik komponentlari kontsentratsiyalangan jenshen ekstrakti                      40 mg changlar                                                                                 50 mg soya letsitini 45%                                                               32 mg Aminokislota

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

majmuaviy preparat

Preparatning savdo nomi:

Rotavit Royal

Farmakalogik guruhi:

metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

Dori shakli:

yumshoq jelatin kapsulalar.

sarg‘ish-jigarrang rangli bir xil suyuq massa saqlovchi uzunchoq sariq/to‘q-jigarrang rangli kapsulalar.

metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

A11AA

gipovitaminozni, minerallar yetishmovchiligini oldini olish va davolash;almashinuv jarayonlarini me’yorlashtirish;o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi, shu jumladan operatsiyadan keyingi sog‘ayish davri;yuqori jismoniy va aqliy ish faoliyati;stress oqibatlarini oldini olish;astenik holatlar fonida erkaklarda potentsiyani pasayishida qo‘llanadi.

Rotavit Royal ichga, kuniga yoki kunora 1 kapsuladan 2-3 hafta davomida, ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin darhol qabul qilinadi.

Preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar, uyquni buzilishi bo‘lishi mumkin.

Tarkibiga alyuminiy, kaltsiy, magniy, shuningdek kolestiramin kiruvchi antatsid preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, Rotavit Royal preparatining tarkibiga kiruvchi temirni so‘rilishini kamayishi ro‘y beradi. Preparat tiazid diuretiklar bilan birga qo‘llanganida giperkaltsiyemiyani rivojlanish xavfi oshadi. Rotavit Royal analeptiklarning (kofein, kamfora va boshq.) ta’sirini kuchaytiradi va MNT faoliyatini susaytiruvchi vositalar, shu jumladan barbituratlar, trankvilizatorlar, tirishishga qarshi vositalarning antagonisti hisoblanadi.

Preparatni kunning ikkinchi yarmida qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Rotavit Royal preparatini qabul qilish vaqtida, dozani oshirib yuborilishini oldini olish maqsadida, boshqa polivitamin preparatlarni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Allergik reaktsiyalar paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak. Preparatni qandli diabeti bo‘lgan bemorlar ham qabul qilishlari mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Quruq joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Doza to‘satdan oshirib yuborilganida patsiyent shifokorga murojaat qilishi kerakligi to‘g‘risida xabardor qilingan bo‘lishi kerak. Davolash: zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retseptsiz

Yumshoq jelatin kapsulalar. 10 kapsula blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.

3 yil.