Rinza rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: kofein                                                                      30 mg paratsetamol                                                             500 mg fenilefrin gidroxloridi                                   10 mg xlorfenamin maleati                                            2 mg yordamchi moddalar: kolloid kremniy dioksidi                                               7,0 mg makkajo‘xori kraxmali                                          62,5 mg makkajo‘xori kraxmali (20% li pasta uchun)       20,0 mg Povidon (K30)                                                         4,0 mg natriy metilparagidroksibenzoati                    1,0 mg magniy stearati                                                      6,0 mg talk                                                                         7,0 mg karboksimetilkraxmal natriy (A turi)              10,0 mg puntsoviy [Ponso 4R] bo‘yovchisi                            0,5 mg

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

kofein+paratsetamol+fenilefrin+xlorfenamin

Preparatning savdo nomi:

Rinza

Farmakalogik guruhi:

o‘tkir resperator kasallik simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.

Dori shakli:

tabletkalar

dumaloq, yassi, to‘q-pushti va oq dog‘lari bo‘lgan pushti rangli, chetlari kesilgan va bir tomonida bo‘lish uchun riskasi bo‘lgan tabletkalar.

o‘tkir resperator kasallik simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.

N02BE

“Shamollash kasalliklari” O‘RVK, shu jumladan grippni simptomatik davolash (isitma sindromi, og‘riq sindromi, rinoreya) da qo‘llaniladi.

Ichga. 15 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga – 1 tabletkadan kuniga 3-4 marta. Maksimal sutkalik doza – 4 tabletka. Davolash kursi 5 kundan ko‘p emas.

Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish. Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, uyquga ketishini buzilishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni oshishi, taxikardiya. Me’da-ichak tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral soxada og‘riq, og‘iz bo‘shlig‘ida shilliq qavatning qurishi, gepatotoksik ta’sir. Sezgi a’zolari tomonidan: midriaz, parez, akkomodatsiya, ko‘z ichki bosimini oshishi. Qon yaratish a’zolari tomonidan: anemiya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya, metgemoglobinemiya, pantsitopeniya. Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: siydikni tutilishi, nefrotoksiklik (buyrak sanchiqlari, glyukozuriya, interstitsial nefrit, papillyar nekroz). Boshqalar: bronxospazm. Jiddiy teri reaktsiyalari: Juda kam: o‘tkir tarqalgan ekzantematoz pustulez (O‘GEP). O‘tkir yiringli toshmalar rivojlanish xolatlari. Achishish va qichishish bilan kechuvchi isitma va diffuz eritema bilan xarakterlanadi.Stivens-Djonson sindromi (SDS) (xavfli ekssudativ eritema). Og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq, ko‘z, jinsiy a’zolar shilliq qavati, teri va shilliq qavatlarning boshqa sohalarida pufakchalar paydo bo‘ladigan ko‘p shaklli eritemaning og‘ir turi.Toksik epidermal nekroliz (TEN, Layell sindromi). Sindrom kreatinotsitlarning dermoepidermal birikmalar joylarida terining katta soxalari ko‘chishiga olib keluvchi keng qo‘llamli apoptozi oqibatidir. Zararlangan teri qaynoq suvda kuygan teri ko‘rinishiga ega.Agar Siz yuqorida ta’riflangan nojo‘ya ta’sirlardan birortasini aniqlagan bo‘lsangiz preparatni qabul qilishni to‘xtatishingiz va darxol shifokorga murojaat qilishingiz lozim!

Koronar arteriyalarining yaqqol aterosklerozi; arterial gipertenziya; qandli diabet, paratsetamolga va preparatning tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlarga yuqori sezuvchanlik; Rinza® ning tarkibiga kiruvchi moddalarni saqlovchi boshqa preparatlarni qabul qilish; tritsiklik antidepressantlar, monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qabul qilish; homiladorlik, laktatsiya davri; bolalar yoshi (15 yoshgacha); alkogolizm.

Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlarining, sedativ preparatlarning, etanolning samaralarini kuchaytiradi. Preparatni digoksin yoki boshqa yurak glikozidlari bilan birgalikda qo‘llanilganda aritmiya va infarkt miokardi xavfini rivojlanishini oshirishi mumkin. Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar, fenotiazin xosilalari – siydikni tutilishi, og‘izni qurishi, qabziyatlarni rivojlanish xavfini oshiradi. Glyukokortikoidlar glaukomaning rivojlanishi xavfini oshiradi. Mikrosomal oksidlanish (tsimetidin) ingibitorlari gepatotoksik ta’siri xavfini oshirishi mumkin. Metoklopramid va domperidon oshiradi, kolesteramin esa paratsetamolni so‘rilish tezligini susaytiradi. Paratsetamol urikozurik preparatlarning samaradorligini pasaytiradi. Etanol antigistamin dori vositalarining sedativ ta’sirini kuchaytiradi. Barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampitsin, izoniazid, zidovudin va boshqa jigar fermentining mikrosomal induktorlari bilan preparatni bir vaqtda buyurilsa, paratsetamolni gepatotoksik ta’sirining xavfi oshishi mumkin. Varfarinni uzoq vaqt davomida qabul qiladigan ko‘pchilik patsiyentlarda, juda kam xollarda paratsetamol qabul qilganlarga qaraganda, MAO ga kam yoki umuman ta’sir etmaydi. Biroq, paratsetamol bilan davolanish va muntazam qabul qilinganda antikoagulyantlarni (varfarin va boshqa kumarin ishlab chiqaruvchilar) samarasini kuchaytiradi, u qon ketish xavfini oshirishi mumkin. Kofeinni katta dozada bir marotaba qabul qilinganda buyrakda litiyni chiqarilishini oshishiga olib keladi. Kofeinni darxol qabul qilish to‘xtatilsa qon zardobida litiy kontsentratsiyasini oshishi mumkin. Xlorfenamin monooksidaza (MAO) ingibitorlari, furazolidon bilan bir vaqtda gipertonik kriz, qo‘zg‘alish, gipepireksiyaga olib kelishi mumkin. Fenilefrinni MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda arterial bosimni oshishi mumkin. Fenilefrin beta-blokatorlar va antigipertenziv preparatlar samarasi ta’sirini susaytiradi. Tritsiklik antidepressantlar fenilefrinning adrenomimetik ta’sirini kuchaytiradi, galotanni bir vaqtda buyurish yurak qorinchalar aritmiyalarini rivojanish xavfini oshiradi. Guanedinning gipotenziv ta’sirini pasaytiradi, u o‘z navbatida fnilefrinning alfa-adrenomimetik ta’sirini kuchaytiradi.

Davolanish davrida alkogol, uyqu chaqiruvchi va anksiolitik (trankvilizatorlar) dori vositalarini qabul qilishdan saqlanish kerak. Boshqa paratsetamol saqlovchi dori vositalari bilan birgalikda qabul qilmang. Agar kasallik simptomlari og‘irlashsa yoki 5 kun davomida preparatni qabul qilingandan keyin ham o‘zgarmasa, uni qabul qilishni to‘xtatish zarur va shifokor bilan maslaxatlashish lozim. Agar dori vositasi yaroqsiz xolga kelgan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa – uni oqava suvlarga yoki ko‘chaga tashlamang! Dori vositasini paketchaga joylang va axlat konteyneriga soling. Bu choralar atrof muxitni ximoya qilishga yordam beradi! Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Davolanish davrida avtotransportni xaydash va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘illanishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Klinik ma’lumotlarga ko‘ra, preparatni homiladorlik va emizikli davrida qo‘llanilish xavfi aniqlanmagan, shuning uchun preparatni ushbu toifadagi patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilganda shifokorga darxol murojaat etilsin. Agar Sizda qandaydir asoratlar yoki simptomlar kuzatilgan bo‘lsa, tezda tibbiy yordam ko‘rsatilishi muxim axamiyatga egadir. Paratsetamol 7,5-10 g dan yuqori dozalarda: qabul qilingandan keyin birinchi 24 soat davomida – terini qoplamlarini oqarishi, ko‘ngil aynishi, qusish; abdominal og‘riq; protrombin vaqtini oshishi, glyukoza metabolizmini buzilishi simptomlari paydo bo‘ladi. Dozani oshirib yuborilganda 12-48 soat dan keyin jigar funktsiyasini buzilishi simptomlari paydo bo‘lishi mumkin: “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, gepatonekroz. Og‘ir xolatlarda – entsefalopatiya bilan kechuvchi jigar yetishmovchiligi, koma. Juda kam xollarda yashin tezligidagi jigar yetishmovchiligi va buyrak yetishmovchiligini asoratlari (tubulyar nekroz) rivojlanishi mumkin. Kofein Yuqori dozani oshirib yuborilishi simptomlari: abdominal og‘riq, qusish, yuzga qon quyulishi, isitma, et uvishishi, qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik, ta’sirchanlik, ishtaxani yo‘qolishi, charchoqlik, tremor, mushak tonusini oshishi, ongni o‘zgaruvchan xolati, bosinqirash, gallyutsinatsiya, gipotenziya bilan kechuvchi arterial bosimni oshishi, taxikardiya, taxipnoe, diurezni oshishi, gipokaliyemiya, giponatriyemiya, giperglikemiya, metabolik atsidoz, tirishish, miokloniya va rabdomioliz, qorinchalar usti va qorincha aritmiyasi. Surunkali kofein “kofeinizm” intoksikatsiyasi simptomlari: ta’sirchanlik, uyqusizlik, xavotirlik, emotsiaonal labillik, qorinda surunkali og‘riq. Xlorfenamin Simptomlari: MNT ni susayishi, gipertermiya, antixolinergik sindromi (midriaz, yuzga qon quyilishi, isitma, og‘iz qurishi, siydik tutilishi, ichak parezi), taxikardiya, gipotenziya, gipertenziya, ko‘ngil aynashi, qusish, qo‘zg‘aluvchanlik, oriyentatsiyani buzilish, gallyutsinatsiya, psixoz, tirishish, aritmiya. Kam xollarda patsiyentlarda ajitatsiya, tirishish yoki komadagi patsiyentlarda rabdomioliz va buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Fenilefrin Simptomlar: ko‘ngil aynishi, qusish, ta’sirchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik, psixoz, tirishish, yurak urib ketishi, taxikardiya, arterial bosimni oshishi, reflektor bradikardiya. Davolash: me’dani yuvish, dozani oshirib yuborilganda dastlabki 6 soatdan keyin faollashtirilgan ko‘mini buyuriladi, dozani oshirib yuborilganda SH-guruhi donatorlari glutation–metionin sintezi o‘tmishdoshini 8-9 soatdan so‘ng va atsetiltsisteinni 12 soatdan so‘ng yuborish kerak. Qo‘shimcha davolash choralarini o‘tkazish, keyinchalik metionin va atsetiltsistein (yuborish) zarurati paratsetamolning qondagi kontsentratsiyasi, shuningdek u qabul qilingandan keyin o‘tgach vaqtga qarab aniqlanadi. Simptomatik davolash.

Retseptsiz

10 tabletkadan AL/AL blisterda yoki AL/PVX blisterda. 1 yoki 2 blister (10 yoki 20 tabletka) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.