RINOMAKS INGO rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: eruvchan streptotsid – 0,5 g, norsulfazol natriy – 0,5 g; yordamchi moddalar: timol, evkalipt moyi, qalampir yalpiz moyi, 96% etil spirti, qand, glitserin, tvin 80, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

streptotsid, norsulfazol natriy.

Preparatning savdo nomi:

RINOMAKS INGO

Farmakalogik guruhi:

LOR-a’zolari kasalliklarni davolash uchun vositalar.

Dori shakli:

mahalliy qo‘llash uchun sprey.

och sariqdan to‘q sariq ranggacha bo‘lgan, o‘ziga xos hidli tiniq suyuqlik.

LOR-a’zolari kasalliklarni davolash uchun vositalar.

R02AA20

Preparat ingalyatsion qo‘llash uchun mo‘ljallangan va asosan yallig‘lanish o‘chog‘ida terapevtik kontsentratsiyani hosil qiladi. Sulfanilamid preparatlari: eruvchan streptotsid va norsulfazol natriy qisman so‘riladi. Ikkala preparat ham qon plazmasi oqsillari bilan qayta bog‘lanadi: streptotsid 12-14% ga, norsulfazol natriy 55% ga. Biotransformatsiya jarayonida preparatning atsetillizatsiyaga uchragan shakllari hosil bo‘ladi, ular shu ko‘rinishda buyraklar orqali chiqariladi. Streptotsidning yarim chiqarilish davri 10 soatni, norsulfazol natriyniki esa – 1,2 soatni tashkil qiladi.

Tonzillitlar, faringitlar, laringitlar, aftoz va yarali stomatitlar, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining boshqa patologik yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llanadi.

Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatini yuvish uchun mahalliy qo‘llanadi. Ishlatishdan oldin vertikal ushlash kerak bo‘lgan flakondan tiniq himoya qalpoqchasini yechish va uchlikni flakonga nisbatan 90° burchak ostida o‘rnatish kerak. Uchlikni og‘iz bo‘shlig‘iga kiritish va suyuqlik oqimini ishlov beriladigan sohaga yo‘naltirib purkagichga 3-4 marta bosish kerak. Yuvishlar sutkada 4-5 marta ovqatlanishdan 2-3 soatdan keyin yoki ovqat qabullari orasidagi tanaffusda o‘tkaziladi. Davolash kursi 3-10 kunni tashkil qiladi. Purkagichni tiqilib qolishidan saqlash uchun, uni puflash yoki qaynagan suv bilan yuvish kerak.

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik hollari (ko‘ngil aynishi, qusish), allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar yo‘q. Preparat bu guruhi bemorlarida qo‘llanganda preparatni dozalash tartibiga qat’iy rioya qilish kerak. Qo‘llashdan oldin flakondan himoya qopqog‘ini yechish va shtok klapiniga komplektda bo‘lgan purkagichli uchlikni kiygizish kerak. Flakon 1 minut davomida silkitiladi va dispers oqim paydo bo‘lguncha uchlik 5 martagacha bosiladi va oqim bo‘lmaganda jarayonni yana bir marta takrorlashga ruxsat etiladi. So‘ngra purkagichning, erkin qismi og‘iz bo‘shlig‘iga kiritiladi va flakonni vertikal ushlagan holda klapanning boshchasi 1-2 sekund davomida bosiladi. Purkagichni tiqilib qolishidan saqlash maqsadida, muolaja tugagandan keyin uni puflash yoki toza suvli stakanga solish kerak. Yuvishdan oldin og‘izni iliq qaynagan suv bilan chayqash kerak. Steril tampon bilan og‘iz bo‘shlig‘ining shikastlangan sohalaridan (yarali, eroziv yuzalari) nekrotik qarash ehtiyotkorlik bilan olib tashlanadi. Preparatni qo‘llash transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retseptsiz

20 ml dan purgagich klapan va tiniq qalpoqchali moslama yordamida germetik to‘q shisha flakonlarda berkitilgan. 1 flakon uchlik purkagich va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

1 yil 6 oy.

Ь