Rinoksil Kids rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: oksimetazolin gidroxloridi – 0,025 g. yordamchi moddalar: evkalipt moyi, natriy digidrofosfati, natriy edetati, benzalkoniy xlorid eritmasi, propilenglikol, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

oksimetazolin

Preparatning savdo nomi:

Rinoksil Kids

Farmakalogik guruhi:

LOR a’zolari kasalliklarini davolash uchun vositalar.

Dori shakli:

nazal sprey.

tiniq, o‘ziga xos hidli, rangsiz yoki och sariqroq rangli suyuqlik.

LOR a’zolari kasalliklarini davolash uchun vositalar.

R01AA05

Mahalliy qo‘llanganida oksimetazolin ahamiyatsiz darajada tizimli so‘rilishga uchraydi, shuning uchun uni qon plazmasidagi kontsentratsiyasi kam. Ta’siri 15 minutdan keyin namoyon bo‘ladi. Ta’sirining davomiyligi 10-12 soat. Asosan o‘zgarmagan holda buyraklar va ichak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 5-8 sutka.

Burun shilliq qavatini, burun-xalqum va gaymor bo‘shliqlaridagi shishni kamaytirish uchun: – shamollash kasalliklarida (o‘tkir rinit); – burun bo‘shliqlarining yallig‘lanishida (o‘tkir sinusit); – yevstaxiitda; – allergik rinitda (shu jumladan, pichan isitmasida); – o‘tkir otitda (yordamchi davolash vositasi sifatida, chunki yevstaxiyev nayining teshigini atrofidagi shilliq qavatining shishini kamaytiradi). Shuningdek burun bo‘shlig‘ining qo‘rishni yengillashtirishi uchun yoki jarrohlik muolajalarida ham qo‘llanadi.

1 dan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda – har bir burun yo‘liga bir martadan sepiladi, zarurati bo‘lganida muolajani qaytarish mumkin. Sepish vaqtida boshni tashlash tavsiya etilmaydi. Davolanishning maksimal mumkin bo‘lgan davomiyligi – 5 kun. Sepishni to‘g‘ri bajarish uchun sepgichni vertikal, uchlik yuqoriga yunaltirilgan holda ushlash kerak. So‘ngra tinik himoyalovchi qopqoqchani yechish, uchlik burun yo‘liga kiritish, tez keskin bir marta sepgichni bosish va sepgichni bo‘shatmasdan burundan chiqarib olish kerak. Sepish vaqtida burundan biroz havo olish lozim, bu oksimetazolinni optimal yuborilishiga yordam beradi.

Oksimetazolin odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Preparatni tez-tez yoki uzoq muddat qo‘llanganida: burun yo‘llarining shilliq qavatining ta’sirlanishi, achishishi va torayishi, gipersekretsiya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, havotirlik, qo‘zg‘alish, yurak urishi, taxifilaksiya, ko‘ngil aynishi, arterial bosimni (AB) ni oshishi, burun va tomoqda sanchilish yoki qurishi, aksirish, burun shilliq qavatining giperemiyasi va atrofiyasi kuzatilishi mumkin.

Preparatga, shu jumladan boshqa intranazal qo‘llash uchun shishga qarshi vositalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, atrofik rinit, gipertireoz, burun yo‘llarining sekret ajratib chiqarishisiz bo‘lgan yallig‘lanishi, 1 yoshgacha bo‘lgan yosh bolalar, homiladorlik, laktatsiya.

Preparat boshqa tomirlarni toraytiruvchi vositalari bilan buyurilganda (yuborish usulidan qat’iy nazar) nojo‘ya samaralarining o‘zaro kuchayishi mumkin. Oksimetazolin mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalarining so‘rilishini sekinlashtiradi va ularning samarasini uzaytiradi. MAO ingibitorlari (ular bekor qilingandan keyingi 14 kunlik davri davomida) va tritsiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda buyurilganda – AB ni oshishi.

Buyurilgan dozalarni oshirmaslik kerak. Yurak-tomir tizimining kasalliklari, gipertireoz, arterial gipertoniyasi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Odatda oksimetazolin tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida rinit belgilarini yo‘q qilish uchun 3 kun yetarli. Agarda bu davrda belgilar yo‘qolmasa davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak. Bir flakonni bir nechta shaxslarda ishlatish infektsiyaning tarqalishiga olib kelishi mumkin. Preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi. Intranazal yuborish uchun mo‘ljallangan preparatni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Preparat ko‘rishga ta’sir qiladi, reaktsiya tezligini pasayishi mumkin. Preparat tavsiya qilinganidan ortiq dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida yurak-tomir tizimiga va markaziy nerv tizimiga (MNT) umumiy ta’sirini istisno qilib bo‘lmaydi. Bunday hollarda transport vositalari yoki qurilmalarni boshqarish qobiliyati pasayishi mumkin. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatish mumkin emas.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: taxikardiya, arterial gipertenziya, MNT susayishi. Davolash: simptomatik davolash.

Retseptsiz

Burun spreyi 0,025% li 10 ml dan, to‘q shisha flakonlarida, yig‘ib oluvchi trubkadan, dozalovchi nasosdan va sepuvchi uchlikdan tashkil topgan moslama bilan berkitilgan. Sepuvchi – uchlikka shaffof qopqoqcha o‘rnatiladi.

3 yil.