Rinikoldretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 500 mg paratsetamol, 30 mg kofein, 10 mg fenilefrin gidroxloridi, 2 mg xlorfeniramin maleati; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, kraxmal, magniy stearati, talk, natriy kraxmal glikolati, jelatin, polivinilpirrolidon, metilparaben, propilparaben.

Preparatning savdo nomi:

Rinikold

Farmakalogik guruhi:

O‘RK simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.

Dori shakli:

tabletkalar.

oq rangli, kapsula shaklidagi, qobiq bilan qoplanmagan, bir tomonida bo‘luvchi o‘yiqchasi bo‘lgan tabletkalar.

O‘RK simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.

Paratsetamol: Paratsetamol me’da-ichak yo‘llaridan tez va deyarli to‘liq so‘riladi. U organizmning ko‘pchilik to‘qimalariga tarqaladi. Terapevtik kontsentratsiyalarda plazma oqsillari bilan bog‘lanishi minimal, lekin doza oshgan sari ortib boradi. U jigarda metabolizmga uchraydi va asosan faol bo‘lmagan glyukuronid va sulfat kon’yugatlari ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi. 5% dan kamrog‘i o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1 soatdan 3 soatgacha o‘zgaradi. Kofein: Kofein preparat qabul qilingandan keyin 45 minut davomida me’da va ingichka ichakda to‘liq so‘riladi. U organizmning barcha to‘qimalariga tarqaladi va birinchi qator kinetikasi orqali chiqariladi. U MNT va so‘lakka oson o‘tadi; shuningdek ko‘krak sutiga past kontsentratsiyalarda aniqlanadi. Kofein jigarda tsitoxrom R450 oksidazalar tizimi yordamida uchta metabolik dimetilksantinlargacha metabolizmga uchraydi. Bu metabolitlarning har biri keyinchalik metabolizmga uchraydi va so‘ngra siydik bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri taxminan 3 soatdan 7 soatgachani tashkil qiladi. Fenilefrin gidroxloridi: Fenilefrin me’da-ichak yo‘llaridan notekis so‘riladi. U birinchi o‘tishda ichakda va jigarda oksidazalarning monoaminlari metabolizmi orqali o‘tadi. Shunday qilib, biokiraolishligi pasayadi. Metabolizmining asosiy yo‘llari sulfat kon’yugatlari (asosan ichak devorida) va oksidlanishli dezaminizatsiyani (monoaminoksidaza ta’siri ostida) o‘z ichiga oladi; shuningdek glyukuronizatsiya ham kam darajada amalga oshadi. Fenilefrin periferik to‘qimalarda tez taqsimlanishga uchraydi. U yerda ehtimol, bosh miyaga kirishi minimal, yo‘ldosh orqali kirmaydi va ko‘proq darajada ko‘krak sutiga kiradi. Fenilefrin va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi. Peroral yuborilgandan keyin dozaning taxminan 80% 48 soat davomida siydik bilan, asosan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Peroral dozaning taxminan 2,5% o‘zgarmagan preparat ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri peroral qo‘llanilgandan keyin o‘rtacha 2-3 soatni tashkil qiladi. Xlorfeniramin maleati: Xlorfeniramin me’da-ichak yo‘llaridan nisbatan sekin so‘riladi, plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyalariga peroral yuborilgandan keyin taxminan 2,5 soatdan 6 soatgacha vaqtda erishilgan. Kattalarga nisbatan bolalarda tezroq va kengroq so‘rilishi, klirensini tezligi va yarim parchalanish davrini qisqaroqligi qayd etilgan. Xlorfeniramin organizmda keng taqsimlanadi va markaziy nerv tizimiga kiradi. Biokiraolishligi past, 25% dan 50% gacha ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Qonda aylanib yurganda xlorfeniraminning taxminan 70% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Xlorferinaminning farmakokinetikasida keng individual farqlar mavjud; 2 soatdan 43 soatgacha diapazonda yarim parchalanish davri ko‘rsatkichlari qayd etilgan. Xlorfeniramin maleati faol metabolizmga uchraydi. Metabolitlari dismetil va didismetilxlorfeniraminni o‘z ichiga oladi. Preparat o‘zgarmagan va uning metabolitlari ko‘rinishida organizmdan asosan siydik orqali chiqariladi; chiqarilishi siydikning rN va tezligiga bog‘liq. Faqat juda kam miqdorlari axlatda aniqlangan.

Tumov, burun bitishi hissi, bosh og‘rig‘i, isitma, qaltirash, bo‘g‘im va mushaklarda og‘riq bilan kechuvchi shamollash kasalliklarida qo‘llanadi.

Kattalarga 1-2 tabletkadan har 4-6 soat ichga tavsiya qilinadi. Maksimal sutkalik doza 8 tabletkani tashkil qiladi. 6 yoshdan oshgan bolalarga 1 tabletkadan har 4-6 soatda buyuriladi, ammo 5 kun davomida kuniga 4 martadan oshmasligi kerak.

Preparatni tavsiya etilgan dozalarda qo‘llaganda nojo‘ya samaralar kam hollarda namoyon bo‘ladi. Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lgan hollarda, ular allergik reaktsiyalar, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, og‘izni qurishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, Rinikold tarkibiga kiruvchi moddalarni saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish, tritsiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish, beta-adrenoblokatorlar, homiladorlik, laktatsiya davri, bolalarda (6 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas. Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; qon kasalligi, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, yopiq burchakli glaukoma, prostata bezi adenomasi; Jilber sindromi, arterial gipertenziyada, qalqonsimon bezi kasalligida, qandli diabetda, bronxial astmada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Preparat MAO ingibitorlari, sedativ preparat, etanolning samaralarini kuchaytiradi. Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi preparatlar, antipsixotik vositalari, fenotiazin xosilalari siydik tutilish, og‘iz qurishi, qabziyat rivojlanish xavfini oshiradi. Glyukokortikosteroidlar glaukoma rivojlanish xavfini oshiradi. Paratsetamol diuretik preparatlarning samarasini pasaytiradi. Xlorfeniramin MAO ingibitorlari, furozolidon bilan birgada qo‘llanilganida gipertonik kriz, qo‘zg‘alish, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar simpatomimetik ta’sirlarni, galotan esa qorinchalar artmiyasini rivojlanish xavfini oshiradi. Preparat guanetidinni gipotenziv ta’sirini kamaytiradi, bu esa o‘z navbatida fenilefrinni alfa-adrenostimulyatsiya qiluvchi faolligini kuchaytiradi.

Davolanish davrida alkogolni iste’mol qilishdan saqlanish kerak. Diqqatni yuqori jamlash, harakat va ruhiy reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi ishlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Rinikold 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, homilador va emizikli ayollarga qabul qilish tavsiya etilmaydi. Rinikoldni paratsetamol saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Preparat faqat tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinishi kerak. Dozani oshirib yuborilishi, odatda paratsetamol bilan bog‘liq. Bunda teri rangini oqarib ketishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish; gepatonekroz; jigar transaminazalarni faolligini oshishi, protrombin vaqtini oshishi kuzatilishi mumkin. Dozani oshirib yuborilishi ko‘rinishlarida zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Davolash: me’dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, simptomatik davolash.

Shifokor retseptisiz

4, 10 tabletkadan PVX – alyumin folgali blisterda yoki alyumin folgali stripda. 1 blisterdan yoki  stripdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton o‘ramga joylanadi. 25 o‘ramdan (№4 tabletka uchun) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

3 yil.