RINGЕR infuziya uchun eritma.retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: natriy xloridi 8,6 g, kaltsiy xloridi 0,33 g, kaliy xloridi 0,3 g. yordamchi modda: inyektsiya uchun suv-1 litrgacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Natriy xloridi, kaliy xloridi, kaltsiy xloridi geksagidrati yoki kaltsiy xloridi digidrati.

Preparatning savdo nomi:

RINGЕR» infuziya uchun eritma.

Farmakalogik guruhi:

Tuzli eritmalar.

Dori shakli:

Infuziya uchun eritma.

Tuzli eritmalar.

Aylanayotgan qon hajmini to‘ldiruvchi vosita sifatida qo‘llanganida, qon tomir xavzasidan tashqaridagi bo‘shliqqa tez chiqishi sababli, samarasi faqat 30-40 minut davomida saqlanadi (shuning uchun eritma aylanayotgan qon hajmini faqat qisqa muddatli to‘ldirish uchun yaroqlidir). Siydik bilan chiqariladi.

Eritrotsitlar o‘rnini to‘ldirishning zarurati bo‘lmagan hollarda plazma o‘rnini bosuvchi vosita sifatida: shok, kollaps, kuyish, davomli qayt qilish va diareyada qo‘llanadi. Preparat turli genezli degidratatsiyada, giponatriyemiyada, gipovolemik shokda (yordamchi davolash sifatida), suyuqlikni yo‘qotilishi bilan bog‘lik bo‘lgan metabolik alkalozda qo‘llanadi.

Eritma faqat vena ichiga (v/i) yuborish uchun mo‘ljallangan. Doza patsiyentning yoshiga, tana vazniga, klinik holatiga va laborator ko‘rsatkichlariga qarab, shifokor tomonidan buyuriladi. V/i tomchilab sutkada 500 ml dan 1000 ml gacha yuboriladi, yuborishning o‘rtacha tezligi tana vazniga – 3,0 ml/kg yoki minutiga 70 tomchini yoki soatiga 250 ml ni tashkil qiladi. Eritmani buyurish, har bir patsiyent uchun suyuqlikni tutib turuvchi yoki ehtiyojini o‘rnini bosuvchi hajmini nazarda tutilgani hisobiga asoslangan bo‘lishi kerak. Umumiy sutkalik doza tana vaznining 2-6% ni tashkil qiladi. Parenteral preparatlarni ishlatishdan avval zarrachalar borligini tekshirish va rangini o‘zgarishishini vizual tekshirish lozim.

Suyuqlikning katta hajmi yuborilganda atsidoz rivojlanishi mumkin. Noadekvat yuqori dozada suv-elektrolit balansi buzilishi, shu jumladan gipovolemiya, gipernatriyemiya, giperkaliyemiya, giperkaltsiyemiya, giperxloremiya bo‘lishi mumkin.

preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi;giperkaliyemiya;oliguriya va anuriya;o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;o‘pka shishi;miya shishi;giperkoagulyatsiya;gipergidratatsiya;tromboflebit;metabolik atsidoz;giperkaltsiyemiya;yondosh davolash.

Quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida organizmda natriyni tutilishi oshishi mumkin: nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, androgenlar, anabolik gormonlar, estrogenlar, kortikotropin, mineralokortikoidlar, vazodilatatorlar yoki ganglioblokatorlar. Kaliyni tejovchi diuretiklar, AAF ingibitorlari va kaliy preparatlari bilan qabul qilinganida giperkaliyemiyani rivojlanish xavfi kuchayadi. Yurak glikozidlari bilan majmuada qo‘llanganda, ularning zaharli samaralarining ehtimoli oshadi.

Katta hajmda tez yuborilgan hollarda kislota-ishqor muvozanatini va elektrolitlarning darajasini nazorat qilish kerak. Qon rN ning o‘zgarishi kislotali bo‘lishi K+ – ionlarini qayta taqsimlanishiga olib keladi (rN ni pasayishi zardobda K+ – ionlarining miqdorini oshishiga olib keladi). Uzoq muddat qo‘llanganida plazmadagi elektrolitlarning kontsentratsiyasini va sutkalik diurezni nazorat qilish kerak. Xlor ionlarining darajasini yuqoriligi tufayli, preparatni uzoq muddat qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Homiladorlik davrida ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llangadi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq. yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Doza sezilarli oshirib yuborilganida, atsidoz va gipergidratatsiya ko‘rinishlari kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda preparatni yuborishni darhol to‘xtatish kerak. Simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retsept bo‘yicha

Infuziya uchun eritma 100 ml, 250 ml va 500 mldan flakonlarda.

2 yil.