Ringer laktatretsept bilan rasmini ko'rish

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

natriy laktati, natriy xloridi, kaliy xloridi, kaltsiy xloridi. Dori shakli: infuziya uchun eritma. Tarkibi: 1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: natriy laktati – 3,2 mg, natriy xloridi – 6 mg, kaliy xloridi – 0,4 mg, kaltsiy xloridi – 0,27 mg; yordamchi modda: inyektsiya uchun suv 1 ml gacha. Ta’rifi: tiniq, rangsiz eritma. Farmakoterapevtik guruxi: tuzli eritmalar.

Preparatning savdo nomi:

Ringer laktatSEEM

Normal kislota-ishqor muvozanati yoki kuchsiz atsidoz sharoitidagi gipovolemiya va degidratatsiya bilan kechadigan o‘tkir tsirkulyator buzilishlarni davolash; kuyishdagi, jarohat, gemorragik, operatsion va operatsiyadan keyingi shok, peritonit, turli etiologiyali og‘ir qusish va diareya, shuningdek metabolik atsidozni davolash uchun qo‘llanadi.

Vena ichiga sutkada sutkada 2500 ml gacha bo‘lgan dozada yuboriladi, yuborishning o‘rtacha tezligi minutiga 60 tomchigacha, shoshilinch holatlarda minutiga 100 tomchigacha buyuriladi. Shifokor dozani bemorning holatiga qarab buyuradi. Davolash davomiyligi patsiyentning klinik holatiga bog‘liq.

Etni uvishishi, tana haroratining ko‘tarilishi, adekvat bo‘lmagan yuqori dozada suv va elektrolitlar muvozanatini buzilishi, shu jumladan gipovolemiya, gipernatriyemiya, giperkaliyemiya, giperkaltsiyemiya, giperxloremiya, allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Preparatni tez yuborilgan qon aylanishini o‘tkir yetishmovchiligi va o‘pka shishiga olib kelishi mumkin.

Alkoloz, organizmga katta miqdordagi suyuqlikni yuborish mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘lganida (bosh miya  ichki gipertenziyasi bilan kechuvchi bosh miyaning  yopiq  jarohatlari, yurak yetishmovchiligi, o‘pka shishi va boshqalar), jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, laktotsidoz, gipertonik degidratatsiyada qo‘llash mumkin emas. Bolalar Klinik sinovlar o‘tkazilmaganligi tufayli pediatriyada qo‘llanilmaydi.

Preparatni fosfat va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Boshqa dori vositalarining erituvchisi yoki tashuvchisi sifatida ishlatish mumkin emas, chunki ularning qo‘shilishi fizik-kimyoviy xususiyatlarni o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Agar ularni qo‘shish zarurati tug‘ilsa, ularning mutanosibligini sinchkovlik bilan tekshirish zarur. Kaliy preparatlari, kaliy tejovchi diuretiklari, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (APF) ingibitorlari qo‘llanganda giperkaliyemiyaning rivojlanish xavfi kuchayadi. Ringer laktat eritmasini va yurak glikozidlaring bir vaqtda yuborish, eritmada kaltsiy ionlarining mavjudligi tufayli, yurak glikozidlarning toksik samarasini kuchaytiradi. Infuziya ko‘rinishida yuboriladigan antibiotiklarni eritish shuningdek, yallig‘lanishga qarshi preparatlarni suyultirish vositasi sifatida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparat tsefamandol, amfoteritsin, etil spirti, tiopental, aminokapron kislotasi, metaraminol, ampitsillin, vibramitsin va monotsiklin bilan nomutanosibdir.

Faqat shoshilinch holatlarda plazma hajmini vaqtinchalik fiziologik chegaralarda saqlab turish uchun qo‘llaniladi. Na+, K+. Ca2+  ionlarini og‘ir tanqisligi va ko‘rsatma bo‘yicha plazmani  o‘rnini to‘ldirish uchun qo‘llash mumkin emas. Katta miqdorda qo‘llanganda kislota-ishqor muvozanatini nazorat qilish kerak. Keksa yoshdagi patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi. Homiladorlik davrida ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. Preparatning dozasi oshirib yuborilganda, ko‘p hollarda yuborishni to‘xtatish kifoya qiladi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Dozani ahamiyatli oshirib yuborilganda alkaloz va gipergidratatsiya holatlari kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda preparatni yuborish to‘xtatiladi. Simptomatik davolash o‘tkaziladi. Chiqarilish shakli Infuziya uchun eritma 250 va 500 ml dan, shisha butilkalarda yoki polipropilen flakonlarda. Saqlash sharoiti 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retsept bo‘yicha

2 yil.