Nojo‘ya samaralarni rivojlanish tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagicha aniqlangan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), rivojlanish tezligi noma’lum – rivojlanish tezligini ko‘rsatkichlari mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida baholanib bo‘lmaydi.
Ko‘rish a’zolari tomonidan: juda tez-tez – allergik kon’yunktivit, ko‘z kon’yunktivasini giperemiyasi, ko‘zning shilliq qavati va qovoqning terisini qichishishi, tez-tez – achishish hissi, ko‘z kon’yunktivasini follikulyozi va follikulyar kon’yunktivit, ko‘z shilliq qavatini mahalliy allergik reaktsiyalari (shu jumladan, keratokon’yunktivit), blefarit, blefarokon’yunktivit, ko‘rish aniqligini buzilishi, katarakta, kon’yunktivani shishi, kon’yunktivaga qon quyilishi, kon’yunktivit, ko‘z yoshini retentsion oqishi, ko‘zlardan shilliq ajralishi, ko‘z shilliq qavatini qurishi va ta’sirlanishi, og‘riq, qovoqlarni shishi, qovoqlarni qizarishi, ko‘zlarda yod jismni his etish, keratit, qovoqlarni shikastlanishi, yorug‘likka sezuvchanlik, yuzaki dog‘li keratopatiya, ko‘z yoshini oqishi, ko‘rish maydonini kichrayishi, shishasimon tanani funktsional shikastlanishi, shishasimon tanaga qon quyilishi, shishasimon tanada suzib yuruvchi xiralashishi va ko‘rish o‘tkirligini pasayishi; tez-tez emas – shox pardani eroziyasi, govmichak; rivojlanish tezligi noma’lum – irit, keratokon’yunktivit, mioz.
Markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, uyqusizlik, bosh aylanishi; rivojlanish tezligi noma’lum – depressiya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – arterial bosim (AB) ni oshishi; tez-tez emas – ABni pasayishi; rivojlanish tezligi noma’lum – bradikardiya, taxikardiya.
Nafas a’zolari tomonidan: tez-tez – bronxit, yo‘tal, hansirash; tez-tez emas – burunning shilliq qavatini qurishi, apnoe.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez – me’da-ichak buzilishlari, dispepsiya, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi; rivojlanish tezligi noma’lum – ko‘ngil aynishi.
Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan: tez-tez – toshma, infektsion kasallik (et uvishishi va respirator infektsiya), rinit, sinusit, shu jumladan infektsion sinusit; rivojlanish tezligi noma’lum – mahalliy teri reaktsiyalari (eritema, qichishish, yuzni shishi, toshma va qovoqning terisida qon tomirlarni kengayishi).
Laborator ko‘rsatkichlar: tez-tez – giperxolesterinemiya.
Boshqalar: tez-tez – umumiy allergik reaktsiyalar, asteniya, toliqish; tez-tez emas – ta’m bilish hissini o‘zgarishi.
Bolalarda: tez-tez – uyquchanlik, faollikni pasayishi; rivojlanish tezligi noma’lum – apnoe, bradikardiya, AB ni pasayishi, gipotermiya, mushaklar gipotoniyasi kuzatilgan.