Riboksin Riboksinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: inozin (riboksin) 100% moddaga qayta hisoblaganda – 0,2 g; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali – 0,024268 g, suvda eruvchi metiltsellyuloz – 0,002280 g, saxaroza (qand) –  0,035896 g, kaltsiy stearati- 0,002700 g, povidon (past molekulyar tibbiy polivinilpirrolidon 12600±2700) – 0,004856 g. Qobiq: suvda eruvchi metiltsellyuloza – 0,002325 g, polisorbat (tvin-80) – 0,00343 g, titan dioksidi – 0,00082 g, asalari mumi – 0,00036 g, “xinolin sarig‘i” (Ye-104) bo‘yovchisi – 0,000065 g.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

inozin

Preparatning savdo nomi:

Riboksin

Farmakalogik guruhi:

metabolik vosita.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

dumaloq, ikki tomoni qavariq, och-sariqdan ko‘kimtir-sariq rangligacha bo‘lgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimda ikki qavat ko‘rinadi, ichki qavati oq rangli.

metabolik vosita.

C01EB

Me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Jigarda glyukuron kislotasini hosil bo‘lishi va uni keyingi oksidlanishi bilan metabolizmga uchraydi. Ahamiyatsiz miqdorlarda buyrak orqali chiqariladi.

Kattalarga yurak ishemik kasalligini majmuaviy davolashda, o‘tkazilgan miokard infarktidan keyin, yurak glikozidlarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan yurak ritmining buzilishlarida buyuriladi. Alkogol yoki dori vositalari chaqirgan gepatitlarda, tsirrozda, jigarning yog‘li distrofiyasida, urokoproporfiriyada buyuriladi.

Ichga, ovqatdan oldin buyuriladi. Ichga qabul qilinganida preparatning maksimal sutkalik dozasi 0,6-2,4 g ni tashkil qiladi. Davolashning birinchi kunlarida sutkalik doza 0,6-0,8 g ga (200 mg dan kuniga 3-4 marta) teng. Yaxshi o‘zlashtirilgan holatlarda doza 1,2 g ga (0,4 g dan kuniga 3 marta), zarurati bo‘lganida – kuniga 2,4 g gacha (2-3 kunga) oshiriladi. Kurs davomiyligi – 4 haftadan 1,5-3 oygacha. Urokoproporfiriyada maksimal sutkalik doza 0,8 g ni (200 mg dan kuniga 4 marta) tashkil qiladi. Davolash kursi 1-3 oy.

Eshakemi, terining qichishishi, terining giperemiyasi ko‘rinishidagi allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin (preparatni bekor qilish talab etiladi). Preparat bilan davolashda kam hollarda qonda siydik kislotasining kontsentratsiyasi oshadi va podagraning kechishi zo‘rayadi (uzoq muddat qo‘llanganida).

Immunodepressantlar (antitimotsitar immunoglobulin, tsiklosporin, gamma-D-glutamil-D-triptofan va boshqalar) bir vaqtda qo‘llanganida Riboksinning samaradorligini pasaytiradi.

Riboksin bilan davolanish davrida qon va siydikda siydik kislotasining kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ma’lumot: 1 tabletka preparat 0,003 non birligiga muvofiq keladi.

Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15 dan 25ºS gacha haroratda.

Dozani oshirib yuborilish hollari noma’lum.

Retsept bo‘yicha

200 mg plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va bosma laklangan alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 5 kontur o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil.