Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 20 mg riboksin (inozin) yordamchi moddalar: natriy gidroksidi, inyektsiya uchun suv.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
inozin
Preparatning savdo nomi:
Riboksin-Darnitsa
Farmakalogik guruhi:
Kardiologik preparatlar.
Dori shakli:
inyektsiya uchun eritma.
tiniq, rangsiz suyuqlik
Kardiologik preparatlar.
S01ЕV.
Riboksin yuborilganida to‘qimalarga tez taqsimlanadi.
Jigarda metabolizmga uchraydi, organizmning biokimyoviy reaktsiyalarida to‘liq utilizatsiya qilinadi.
Juda oz miqdorda asosan siydik bilan chiqariladi.
Yurak ishemik kasalligi (miokard infarkti, stenokardiyadan keyingi holat), yurak ritmini buzilishlari, yurak glikozidlari bilan intoksikatsiya, turli genezli kardiomiopatiyalar, miokardiodistrofiyalar (og‘ir jismoniy yuklamalar fonidagi, infektsion va endokrin genezli), miokarditlarni kompleks davolash; jigar kasalliklarini (gepatitlar, jigar tsirrozi, jigarning yog‘li distrofiyasi) kompleks davolash; nurlanishda leykopeniyani oldini olish; ko‘z ichki bosimi normal bo‘lgan ochiq burchakli glaukomada ko‘rish faoliyatini yaxshilash uchun qo‘llanadi.
Preparat kattalarga oqim bilan yoki tomchilab (sekin), minutiga 40-60 tomchi tezlikda bilan yuboriladi.
Vena ichiga tomchilab yuborilganida preparat 5% li glyukoza eritmasi yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasida (250 ml gacha) suyultiriladi.
Davolanishni boshida 200 mg (2% eritma 10 ml) sutkada 1 marta yuboriladi, keyinchalik yaxshi o‘zlashtirilganida dozasini 400 mg gacha (2% eritma 20 ml) oshirish mumkin, sutkada 1-2 marta yuboriladi.
Davolash kursi shaxsiy ravishda aniqlanadi, o‘rtacha 10-15 kunni tashkil qiladi.
Yurak ritmini o‘tkir buzilishlarida 200-400 mg (2% eritma 10-20 ml) bir martalik dozada oqim bilan yuborish mumkin.
Kardial buzilishlar: taxikardiya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi xissi, qusish, terlash bilan kechishi mumkin bo‘lgan arterial gipotenziya.
Immun tizimi, teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: allergik/anafilaktik reaktsiyalar, shu jumladan toshma, qichishish, terini qizarishi, eshakemi, anafilaktik shok.
Moddalar almashinuvi, metabolizm tomonidan: giperurikemiya, podagrani zo‘rayishi (uzoq vaqt yuqori dozalarda qabul qilinganida).
Umumiy buzilishlar: umumiy holsizlik, yuborilgan joyda o‘zgarishlar (shu jumladan, giperemiya, qichishish).
Preparatning ta’sir etuvchi moddasiga yoki boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; podagra; giperurikemiyada qo‘llash mumkin emas.
Buyrak yetishmovchiligi preparatni qo‘llashga cheklov hisoblanadi.
Preparat boshqa dori vositalari bilan birga qo‘llanganida quyidagilar bo‘lishi mumkin: geparin bilan – geparinning samarasini kuchayishi, uning ta’sir davomiyligini oshishi; yurak glikozidlari bilan – aritmiyalar rivojlanishini oldini olish, musbat inotrop ta’sirini kuchayishi kuzatiladi.
β-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida riboksinning samarasi pasaymaydi.
Nitroglitserin, nifedipin, furosemid, sprinolakton bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.
Bir sig‘imda alkaloidlar, kislotalar, spirtlar, og‘ir metall tuzlari, tanin, V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi) bilan nomutanosibdir.
Nomutanosibligi.
Bir shpritsda yoki bir infuzion sistemada boshqa dori vositalari bilan aralashtirilmasin.
Faqat tavsiya qilingan erituvchilar ishlatilsin (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang).
Terini qichishishi va giperemiyasi paydo bo‘lganida preparat bilan davolashni bekor qilish kerak.
Davolash vaqtida qonda va siydikda siydik kislotasining darajasini nazorat qilish kerak.
Buyrak yetishmovchiligi preparatni qo‘llashga cheklov hisoblanadi.
Buyrak yetishmovchiligida preparatni buyurish shifokorning fikri bo‘yicha, kutilgan samara, qo‘llashdan bo‘ladigan xavfdan ustun bo‘lgandagina maqsadga muvofiqdir.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Ushbu guruh patsiyentlari uchun preparatning samaradorligi va xavfsizligini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun uni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanmaydi.
Bolalar Qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlarni yo‘qligi sababli, preparat bolalarda qo‘llanmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish xususiyati Ma’lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Original o‘ramida, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Qichishish, terini qizarishi bilan namoyon bo‘luvchi, preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlik bo‘lishi mumkin.
Davolash: Preparatni bekor qilish, desensibilizatsiyalovchi terapiyani o‘tkazish kerak.
Retsept bo‘yicha
5 ml dan ampulada; 10 ampuladan qutida; 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda; 2 kontur uyali o‘ramdan qutida; 10 ml dan ampulada; 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda; 2 kontur uyali o‘ramdan qutida.