Repolakretsept bilan

Tarkibi:

Har bir to‘ldirilgan shprits (0,5 ml) quyidagilarni saqlaydi: faol modda: odam rekombinant eritropoetini (tashuvchi hujayra: SNO-DG 44/dhfr-, Vektor: pMSG-cEPO) – 2000 XB (0,0167 mg); yordamchi moddalar: polisorbat 20 – 0,05 mg, D-mannitol – 5 mg, L-izoleytsin – 2,5 mg, aminoatsetil kislotasi – 5 mg, natriy xloridi – 0,5 mg, bir almashtirilgan 2-suvli natriy fosfati – 0,58 mg, ikki almashtirilgan 2-suvli natriy fosfati – 1,115 mg, natriy gidroksidi – q.s., xlorid kislotasi – q.s., inyektsiya uchun suv – q.s.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

) odam rekombinant eritropoetini

Preparatning savdo nomi:

Repolak

Farmakalogik guruhi:

anemiyaga qarshi vosita.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

rangsiz yoki och-sariq rangli eritma.

anemiyaga qarshi vosita.

V03XA.

Dializdagi bemorlarda surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan anemiyani davolash uchun qo‘llanadi. Dializ o‘tkazilmagan bemorlarda simptomatik buyrak anemiyasini davolash uchun.Bolalarda va kattalar anemiyasida va autoqonni ko‘p chiqishi oqibatidagi anemiyani oldini olish uchun qo‘llanadi.

Vena ichiga va teri ostiga inyektsiya ko‘rinishida buyuriladi. Boshlang‘ich doza. Vena ichiga 1-2 minut davomida yoki teri ostiga tana vazniga 50 XB haftada 3 marta buyuriladi. Dozani oshirish/kamaytirish.Dozani oshirish: agar boshlang‘ich dozada (tana vazniga 50 XB dozada haftada 3 marta vena ichiga yoki teri ostiga) 4 hafta davomida qo‘llanganda, gemoglobinni darajasini adekvat oshishi bo‘lmasa (2 g/dl kam), doza har 4 haftada tana vazniga/qabulga 25 XB dan oshirilishi mumkin.Dozani kamaytirish: agar boshlang‘ich doza tana vazniga 50 XB dozada haftada 3 marta vena ichiga yoki teri ostiga 4 hafta davomida qo‘llangandan keyin gemoglobin darajasi 12 g/dl dan oshgan bo‘lsa, dozani tana vazniga 50 XB haftada 2 martagacha kamaytirish mumkin.Samarani bir maromda ushlab turuvchi dozalar: gemoglobinni darajasi barqaror taxminan 10,0-12,0 g/dl bo‘lganda samarani bir maromda ushlab turish bosqichida preparatni 25-50 XB/kg samarani bir maromda ushlab turuvchi dozasi saqlanadi. Gemoglobinni dastlabki darajasi 8 g/dl dan yuqori bo‘lgan patsiyentlarga qaraganda gemoglobinni boshlang‘ich darajasi 6 g/dl bo‘lgan patsiyentlar yuqori samarani bir maromda ushlab turuvchi dozaga ega bo‘lishlari kerak. Samarani bir maromda ushlab turuvchi doza shuningdek patsiyentning yoshiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak. Dializ o‘tqazilmagan buyrak kasalligi tufayli anemiyasi bo‘lgan bemorlar uchun doza yoshga yoki gemoglobinni darajasiga bog‘liq bo‘lishi kerak. Shunga qaramay haftada 70-150 XB/kg dozani qabul qilinganda gematokritni 36-38% ga teng darajasini 6 oydan ko‘p vaqtgacha ushlab turilishi haqida xabarlar bo‘lgan. Har qanday holatlarda preparatni bitta inyektsiyada 200 XB/kg dan ko‘p dozada buyurish mumkin emas. Davolashdan oldin yoki davolash vaqtida qondagi temir darajasini o‘lchash lozim va zarurat bo‘lganda temir saqlovchi  biologik faol  qo‘shimchalarni buyurish kerak.

Yurak–qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipertenziya, gipertonik kriz bo‘lishi mumkin. Markaziy nerv tizimi tomonidan: entsefalopatiya (ko‘proq gipertonik krizlarda), bosh og‘rig‘i, ongni chalkashishi mumkin. Qon ivishi tizimi tomonidan: kam hollarda – trombotsitoz, trombotik asoratlar. Moddalar almashinuvi tomonidan: kam hollarda – giperkaliyemiya. Allergik reaktsiyalar: kam hollarda – teri toshmasi, anafilaktoid reaktsiyalar.

Ta’sir etuvchi moddaga (moddalarga) yoki har qanday yordamchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlik.Nazorat qilinish og‘ir bo‘lgan gipertoniya.Odam albuminiga yoki sut emizuvchi hayvonlar hujayralaridan olingan dorilarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Preparatni tutqanoqda, trombotsitozda, jigar yetishmovchiligida, qon tomir yetishmovchiligida, xavfli o‘smalarda, buyrak faoliyatini og‘irlashishini tezlashishi mumkinligi tufayli gemodializ qabul qilmaydigan nefrosklerozi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Organizmda temir tanqisligida, infektsion va yallig‘lanish kasalliklarida, gemodializda davolash samaradorligi kamayadi. Homiladorlik va laktatsiya Preparatni homiladorlikda va laktatsiya davrida faqat ona uchun davolashdan taxmin qilinadigan foyda, onada ham, homila yoki bolaga ham mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfidan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Eksperimental tadqiqotlarda teratogen ta’siri aniqlanmagan. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri. Davolash davrida yuqori diqqatni va psixomotor reaktsiyalari tezligini talab qiluvchi ishlardan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

2°S dan 8°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Klinik tadqiqotlar patsiyentni shaxsiy reaktsiyalarini o‘zgarishini ko‘rsatdi. Dozani oshirib yuborilishi gipertoniyaga va politsetimiyaga olib kelishi mumkin. Politsetimiyani (gemoglobin darajasini patologik oshishi) flebotomiya bilan davolash mumkin.

Retsept bo‘yicha Ulashish: 2 71 Views

Inyektsiya uchun eritma, 2000 XB/0,5 ml da (shpritslarda).

2 yil