Rentilo 150retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 150 mg ranitidin (gidroxlorid ko‘rinishida). yordamchi moddalar: kraxmal, gidroksipropilmetiltsellyuloza, magniy stearati, talk, kaltsiy digidrofosfati, polivinilpirrolidon, polietilenglikol, titan dioksidi, etiltsellyuloza, izopropil spirti.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ranitidin

Preparatning savdo nomi:

Rentilo-150

Farmakalogik guruhi:

me’da va o‘nikki barmoq ichak yarasiga qarshi vositalar, N-gistamin retseptorlarining blokatori. ATX kodi: A02VA02

Dori shakli:

tabletkalar

dumaloq, ikkiyoqlama qavariq, oqdan sarg‘ish-oq rangligacha bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

me’da va o‘nikki barmoq ichak yarasiga qarshi vositalar, N-gistamin retseptorlarining blokatori. ATX kodi: A02VA02

Me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Ovqat qabul qilish so‘rilish darajasiga ta’sir qilmaydi. Ichga qabul qilinganida ranitidinning biokiraolishligi tahminan 50% ni tashkil qiladi. Preparat bir marta qabul qilinganidan so‘ng 2-3 soatdan keyin plazmada maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) erishiladi. Qon oqsillari bilan bog‘lanishi 15% dan oshmaydi. Jigarda biroz metabolizmga uchrash natijasida va desmetilranitidin va S-oksiranitidin hosil bo‘ladi. Jigardan “birinchi o‘tish” samarasiga ega. Eliminatsiya darajasi va tezligi jigarning holatiga kam darajada bog‘liq. Ichga qabul qilinganidan so‘ng yarim chiqarilish davri (T½) – 2,5 soat, kreatinin klirensi (KK) minutiga 20-30 ml bo‘lganida – 8-9 soatni tashkil qiladi. Asosan siydik bilan o‘zgarmagan holda, ozgina qismi – axlat bilan chiqariladi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi. Gemotoentsefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi. Ko‘krak suti bilan chiqariladi (ayollarda emizish davrida ko‘krak sutidagi kontsentratsiyasi plazmadagiga nisbatan yuqori).

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni (NYAQV) qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, me’da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligining zo‘rayishi, reflyuks-ezofagit, Zollinger-Ellison sindromi, me’da-ichak yo‘llarining operatsiyadan keyingi “stress” yaralarini davolash, shuningdek me’da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlaridan qon ketishlarini qaytallanishini va umumiy anesteziya ostidagi operatsiyalarda me’da shirasining aspiratsiyasini (Mendelson sindromi) oldini olishda qo‘llanadi.

Ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar, chaynamasdan, ozgina miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: Me’da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi. Zo‘rayishlarni davolash uchun 150 mg dan sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) yoki kechga 300 mg dan buyuriladi. Zarurati bo‘lganida – 300 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi. Davolash kursining davomiyligi – 4-8 haftani tashkil qiladi. Zo‘rayishlarini oldini olish uchun kechasiga 150 mg buyuriladi. NYAQV qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan me’da va o‘nikki barmoq ichak yarasida va ularni oldini olish uchun 150 mg dan sutkada 2 marta yoki 300 mg kechasiga 8-12 hafta davomida buyuriladi. Operatsiyadan keyingi “stressli” yaralarda 150 mg dan sutkada 2 marta 4 – 8 hafta davomida, reflyuks – ezofagitda, eroziv ezofagitda 150 mg dan sutkada 2 marta yoki 300 mg dan kechasiga buyuriladi. Zarurati bo‘lgan holda dozani 150 mg gacha sutkada 4 martaga oshirish mumkin. Davolash kursi 8-12 hafta. Zollinger-Ellison sindromida boshlang‘ich doza 150 mg dan sutkada 3 martani tashkil qiladi, zarurati bo‘lganida dozani oshirish mumkin. Qaytalanuvchi qon ketishlarni oldini olish uchun 150 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi, Mendelson sindromini rivojlanishni oldini olish uchun 150 mg dan narkoz berishdan 2 soat oldin, shuningdek operatsiyadan oldingi kuni kechqurun buyuriladi. Jigar faoliyatini yondosh buzilishlari bo‘lganida dozani pasaytirish talab qilinishi mumkin. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda KK minutiga 50 ml dan kam bo‘lganida tavsiya qilinadigan doza sutkada 150 mg ni tashkil qiladi. Gemodializda bo‘lgan bemorlarga navbatdagi doza gemodializ tugagan zahoti buyuriladi.

Ovqat hazm-qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi, qabziyat, qusish, diareya, abdominal og‘riqlar, kam hollarda – gepatotsellyular, xolestatik yoki aralash gepatit, o‘tkir pankreatit. Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, pantsitopeniya, suyak ko‘migining gipo- va aplaziyasi, immun gemolitik anemiya. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi, bradikardiya, aritmiya, atrioventrikulyar blokada. Nerv tizimi tomonidan: yuqori charchoqlik, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, kam hollarda – ongni chalkashishi, quloqlarda shovqin, asabiylik, gallyutsinatsiyalar (asosan keksa patsiyentlar va og‘ir bemorlarda), ihtiyorsiz harakatlar. Sezgi a’zolari tomonidan: ko‘rishni noaniqligi, akkomodatsiyani nimfalaji (porez). Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, mialgiya, Endokrin tizimi tomonidan: giperprolaktinemiya, ginekomastiya, amenoreya, libidoni pasayishi, impotentsiya. Allergik reaktsiyalar: eshakemi, teri toshmasi, antigionevrotik shish, anafilaktik shok, bronxospazm, ko‘pshaklli eritema. Boshqalar: alopetsiya, giperkreatininemiya.

Ranitidin yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligida, anamnezdagi portotizim patologiyasi bilan bo‘lgan entsefalopatiyali jigar tsirrozi, o‘tkir porfiriyalarda (shu jumladan anamnezdagi) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Chekish ranitidinning samarasini pasaytiradi. Preparat metoprololning qon zardobidagi “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i osti maydoni (AUS) va kontsentratsiyasini oshiradi (muvofiq ravishda 80% va 50%), bunda metopropolning T1/2 4,4 soatdan 6,5 soatgacha oshadi. Me’da ichidagisining rN oshishi oqibatida bir vaqtda qabul qilingan itrakonazol va ketokonazolni so‘rilishi kamayishi mumkin. Jigarda fenazon, aminofenazon, diazepam, geksobarbital, propranolol, lidokain, fenitoin, teofillin, aminofillin, bilvosita antikoagulyantlar, glipizid, buformin, metronidazol, kaltsiy antagonistlarining metabolizmini susaytiradi. Suyak ko‘migini susaytiruvchi dori vositalari neytropeniya xavfini oshiradi. Antatsidlar, sukralfaltni yuqori dozalarda bir vaqtda qo‘llash ranitidinning so‘rilishini sekinlashtirishi mumkin.

Ranitidin bilan davolash, me’da kartsinomasi bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarni niqoblashi mumkin, shuning uchun davolashdan oldin yara rakini bor-yo‘qligini tekshirish kerak. Ranitidinni barcha N2-gistamin blokatorlari kabi keskin bekor qilish maqsadga muofiq emas (“rikoshet” sindromi yuz berishi mumkin). Kuchsizlangan bemorlarni uzoq muddatli davolashda stress sharoitlarda me’daning bakterial zararlanishi, keyinchalik infektsiyani tarqalishi bilan kechishi mumkin. Ranitidinning xavfsizligi va samaradorligi 12 yoshdan kichik bolalarda aniqlanmagan. Ranitidinni o‘tkir porfiriya hurujlarini chaqirishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Preparatni itrakanozol yoki ketokonazol, antatsidlar, sukralfatni qabul qilgandan so‘ng 2 soatdan keyin qabul qilish kerak. Glutamattranspeptidezaning faolligini oshirishi mumkin. Siydikda oqsil sinamasini o‘tkazishda soxtamusbat reaktsiya bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Preparat pentagistrin va gistaminning me’dani kislota hosil kilish faoliyatiga to‘sqinlik qilishi mumkin, shuning uchun testdan oldingi 24 soat davomida preparatni qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Ranitidin gistaminga bo‘lgan teri reaktsiyalarini bostirishi va demak, soxtamusbat natijalarga olib kelishi mumkin (terining darhol tur allergik reaktsiyalarini aniqlash uchun teri tashxisiy sinamalari oldidan preparat qo‘llashni to‘xtatish tavsiya qilinadi). Preparatni qabul qilish vaqtida me’daning shilliq qavatining ta’sirlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan ovqat mahsulotlari, ichimliklar va boshqa dori vositalarni iste’mol qilishdan saqlanish kerak. Davolash davrida yuqori diqqat va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15 dan 25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Simptomlari: bir vaqtda ichga 18 g gacha ranitidin qabul qilinganida ta’riflangan nojo‘ya ta’sirlarini kuchayishi aniqlangan. Davolash: simptomatik, me’dani yuvish ko‘rsatilgan. Tirishishlar rivojlanganida vena ichiga (v/i) diazepam yuboriladi. Bradikardiya yoki qorinchalar aritmiyasi rivojlanganida atropin va lidokainni qo‘llash ko‘rsatilgan.

Retsept bo‘yicha beriladi

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletkadan blisterlarda. 10 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.