Rengalin rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: bradikininga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g*, gistaminga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g*, morfinga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g*; yordamchi moddalar: 0,506 g izomaltat, 0,0275 g mikrokristall tsellyuloza, 0,0055 g magniy stearati, 0,005225 g suvsiz limon kislotasi, 0,00275 g kolloid kremniy dioksidi, 0,00275 g natriy tsiklamati, 0,000275 g natriy saxarini. *muvofiq ravishda 10012, 10030, 10050 marta suyultirilgan substantsiyaning suvli-spirtli faol aralashmalari ko‘rinishida izomaltatga surtiladi.

Preparatning savdo nomi:

Rengalin

Farmakalogik guruhi:

yo‘talga qarshi boshqa preparatlar.

Dori shakli:

shimish uchun gomeopatik tabletkalar

yassi tsilindrik shaklli, faskali, yassi bir tomonida riskali, butun qirrali; oqdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan tabletkalar. Riskali yassi tomonidan MATERIA MEDICA, boshqa yassi tomonida RENGALIN yozuvi tushirilgan.

yo‘talga qarshi boshqa preparatlar.

R05DB

Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarining (gaz-suyuqlik xromatografiyasi, yuqori samarali suyuqlik xromotografiyasi, xromato-mass-spektrometriya) sezgirligi Rengalin preparatining faol komponentlarini biologik suyuqliklarda, a’zolar va to‘qimalarda aniqlash imkonini bermaydi, bu farmakokinetikasini texnik jihatdan o‘rganib bo‘lmasligini bildiradi.

Yo‘tal va bronxospazm bilan kechuvchi nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklari. Gripp va O‘RVI, o‘tkir faringit, laringotraxeit, o‘tkir obstruktiv laringit, surunkali bronxit va yuqori va quyi nafas yo‘llarining infektsion-yallig‘lanish va allergik kasalliklarida balg‘amli va quruq yo‘talda qo‘llanadi.

Ichga buyuriladi. Bir qabul qilishga 1 tabletka (to‘liq erib ketguncha og‘izda ushlab turish kerak). 1-2 tabletkadan sutkada 3 marta ovqatlanishdan qat’iy nazar qabul qilinadi. Holatning og‘irlik darajasiga qarab birinchi uch kunda qo‘llash tez-tezligi sutkada 4-6 martagacha oshirilishi mumkin.

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar yetarli emasligi tufayli, Rengalinni 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik holatlari hozirgi vaqtgacha qayd etilmagan.

Homiladorlik va emizish davrida Rengalinni qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan. Preparatni qabul qilish zarurati bo‘lganida foyda/xavf nisbatini inobatga olish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida Rengalinni qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan. Preparatni qabul qilish zarurati bo‘lganida foyda/xavf nisbatini inobatga olish kerak.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

To‘satdan dozani oshirib yuborganda preparatning tarkibiga kiruvchi to‘ldiruvchilar bilan bog‘liq dispeptik ko‘rinishlar kuzatilishi mumkin.

Retseptsiz

Shimish uchun gomeopatik tabletkalar. 10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 1, 2 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillalaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 yil.