Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
Levofloksatsin gemigidrati 500 mg, inyektsiya uchun suv.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
Levofloksatsin gemigidrati.
Preparatning savdo nomi:
Remofloks
Farmakalogik guruhi:
Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolon).
Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolon).
Levofloksatsin kattalarda bakterial infektsiyalarni davolash uchun qo‘llanadi, agarda bu infektsiyalarning qo‘zg‘atuvchisi levofloksatsinga sezgir bakteriyalar bo‘lsa: – LOR-a’zolarning infektsiyalari (sinusit, o‘rta otit); – pastki nafas yo‘llarining infektsiyalari: surunkali bronxitni zo‘rayishi, kasalxonadan tashqaridagi pnevmoniya; – intraabdominal infektsiyalar; – siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan va asoratlangan infektsiyalari (shu jumladan piyelonefrit); – jinsiy a’zolarning infektsiyalari (shu jumladan urogenital xlamidioz); – o‘tkir va surunkali bakterial prostatit; – teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (yiringlagan ateroma, abstsess, furunkullar); – yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lgan septitsemiya.
Preparat v/i 250-500 mg dan sutkada 1-2 marta yuboriladi.
Dozalar infektsiyaning xarakteri va og‘irligi, shuningdek taxmin qilinayotgan qo‘zg‘atuvchining sezgirligiga qarab belgilanadi.
Buyraklar faoliyati normal yoki ahamiyatsiz buzilishi (kreatinin klirensi >50 ml/min) bo‘lgan patsiyentlarga preparatni quyidagi dozalarda buyurish tavsiya qilinadi: Sinusit: 500 mg levofloksatsin sutkada 1 marta.
Davolash kursi – 10-14 kun.
Surunkali bronxitni zo‘rayishi: 250-500 mg levofloksatsin sutkada 1 marta.
Davolash kursi – 7-10 kun.
Kasalxonadan tashqari pnevmoniya: 500 mg dan sutkada 1-2 marta.
Davolash kursi – 10-14 kun.
Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan infektsiyalari: levofloksatsin 250 mg dan sutkada 1 marta.
Davolash kursi – 3 kun.
Allergik reaktsiyalar: ba’zida – qichishish va terini qizarishi; kam – anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyaar (eshakemi, bronxlarning torayishi va og‘ir bo‘g‘ilish ehtimoli kabi simptomlar bilan kechuvchi reaktsiyalar); juda kam hollarda – teri va shilliq qavatlarining shishlari (masalan, yuz va tomoq sohasida), AB ni keskin tushishi, shok, allergik pnevmonit, vaskulit; alohida hollarda – Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) va ekssudativ ko‘p shaklli eritema.
Dermatologik reaktsiyalar: juda kam – fotosensibilizatsiya.
– tutqanoq; – anamnezda xinolonlarni qabul qilish bilan bog‘liq paylarning shikastlanishi; – 18 yoshgacha bo‘lgan bolalik va o‘spirinlik yoshi; – homiladorlik; – laktatsiya (emizish) davri.
– levofloksatsinga yoki boshqa xinolonlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik; Buyraklar faoliyatini yo‘ldosh pasayishi bo‘lishini yuqori ehtimoli, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi tufayli, keksa yoshdagi shaxslarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Keksa yoshdagi bemorlarni davolashda, bu guruh bemorlarda ko‘proq buyraklar faoliyatining buzilishlari bo‘lishini ko‘zda tutish kerak.
Davolash vaqtida, bosh miyaning oldingi shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan, masalan, insult yoki og‘ir travma bilan, bemorlarda tirishishlar xuruji rivojlanishi mumkin.
Tirishishga tayyorlik fenbufen, unga o‘xshash nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar yoki teofillin bilan bir vaqtda qo‘llanganida oshishi mumkin Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llanganda, levofloksatsin gipoglikemiyani chaqirishi mumkinligini hisobga olish lozim.
Pnevmokokklar chaqirgan o‘pkaning juda og‘ir yallig‘lanishida, levofloksatsinni qo‘llanishi optimal terapevtik samara bermasligi mumkin.
Pseudomonas aeruginosa chaqirgan gospital infektsiyalarda, kombinatsiyalangan davolash talab qilnishi mumkin.
Fotosensibilizatsiya levofloksatsin qo‘llanganida juda kam aniqlanishiga qaramasdan, undan saqlanish uchun, bemorlarga juda ham zarur bo‘lmasa, kuchli quyosh yoki sun’iy ultrabinafsha nurlanishga duchor bo‘lish tavsiya qilinmaydi.
Psevdomembranoz kolitga gumon qlinganida darhol levofloksatsinni bekor qilish va muvofiq davolashni boshlash kerak.
Bunday hollarda, ichak motorikasini susaytiruvchi dori vositalarini qo‘llash mumkin emas.
Keksa yoshdagi bemorlarda levofloksatsin qo‘llanganda tendinitni rivojlanish ehtimoli oshadi.
GKS lar qo‘llanganda, ehtimol paylarning uzilishi xavfi oshadi.
Tendinitga gumon qilinganida levofloksatsin preparati bilan davolashni darhol to‘xtatish va shikastlangan payni, unga tinchlik holatini ta’minlab, muvofiq davolashni boshlash kerak.
Levofloksatsinni naychalar sekretsiyasini bloklovchi tsimetidin va probenitsid bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim; ularning ta’siri ostida levofloksatsinni chiqarilishi biroz sekinlashadi.
Bu o‘zaro ta’siri amalda hech qanday klinik ahamiyatga ega emas va bu eng avvalo buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga taalluqli bo‘lishi mumkin.
Levofloksatsinni va K vitaminining antagonistlarini bir vaqtda qo‘llanganda qonning ivish tizimining holatini nazorat qilish kerak.
Antibiotik bilan davolashni o‘tkazishda odamdagi normal holatda bo‘ladigan mikroflorani (bakteriyalar va zamburug‘lar) o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.
Shu sababdan qo‘llanilayotgan antibiotikka chidamli bo‘lgan bakteriyalar va zamburug‘larni ko‘payishini oshishi (ikkilamchi infektsiya va superinfektsiya) yuz berishi mumkin, bu kam hollarda qo‘shimcha davolashni talab qilishi mumkin.
Boshqa xinolonlarni qo‘llash tajribasi, ular porfiriyani zo‘rayishini chaqirish qobiliyatiga egaligidan dalolat beradi.
Bunga o‘xshash samara levofloksatsinni qo‘llanganda xam inkor etilmaydi.
Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar (modda almashinivuning nasliy buzilishi) ftorxinolonlarga eritrotsitlarni parchalanishi (gemoliz) bilan reaktsiya berishlari mumkin.
Buni hisobga olib, bunday toifa bemorlarni levofloksatsin bilan davolashni katta ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak.
Tavsiya qilingan yuborish davomiyligiga qat’iy rioya qilish kerak, u kamida 60 minutni (100 ml infuzion eritma) tashkil etishi kerak.
Levofloksatsinni qo‘llashni tajribasi, infuziya vaqtida kuchli yurak urishi va arterial bosimni tranzitor tushishi kuzatilishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Kam hollarda arterial bosimni kuchli tushishi tomirli kollapsning sababi bo‘lishi mumkin.
Agarda levofloksatsinni yuborish vaqtida arterial bosimning yaqqol tushishi kuzatilsa, quyish darhol to‘xtatiladi.
Homiladorlikda va emizishda qo‘llanishi.
Preparatni homiladorlikda va laktatsiya (emizish) davrida qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri.
Levofloksatsin bosh aylanishi yoki qotib qolish, uyquchanlik va ko‘rishni buzilishini chaqirishi, shuningdek diqqatni jamlash qobiliyatini va psixomotor reaktsiyalarning tezligini pasaytirishi mumkin, buni faoliyati avtomobilni boshqarish, mashinalar va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish, beqaror holatda ishlarni bajarish bilan bog‘liq shaxslarga preparatni qo‘llash zarurati tug‘ilganda hisobga olish lozim.
Ayniqsa bu preparatni alkogol bilan o‘zaro ta’sir holatlariga taalluqlidir.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Quruq joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin!
Simptomlari: ongni chalkashishi, bosh aylanishi, ongni buzilishi va tutqanoq xurujlari turidagi tirishish xurujlari, ko‘ngil aynishi, shilliq qavatlarning eroziv shikastlanishlari.
Levofloksatsinning o‘rtacha terapevtik dozalari bilan o‘tkazilgan kliniko-farmakologik tekshirishlarda QT intervalni uzayishi kuzatilgan.
Davolash: simptomatik davolashni o‘tkaziladi.
Levofloksatsin dializ yordamida chiqarilmaydi.
Maxsus antidoti mavjud emas.