Rekolretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: memantin gidroxloridi – 5 mg yoki 10 mg; yordamchi moddalar: mannitol 25S, mannitol SD200, mikrokristall tsellyuloza PH 102, natriy kroskarmelloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, povidon K 30, magniy stearati, pushti Opadry 03F84827 va tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

memantin gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

Rekol

Farmakalogik guruhi:

Psixoanaleptiklar. Dementsiyani davolash uchun boshqa preparatlar. Memantin.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Psixoanaleptiklar. Dementsiyani davolash uchun boshqa preparatlar. Memantin.

N06DX01.

So‘rilishi Memantinning mutloq biokiraolishligi taxminan 100% ni, qon plazmasida cho‘qqi kontsentratsiyasiga erishishi vaqti (tmax) – 3 soatdan 8 soatgachani tashkil etadi. Ovqatlanishni preparat so‘rilishiga ta’siri belgilari yo‘q. Taqsimlanishi Sutkada 20 mg li dozasi qon plazmasida sezilarli individual o‘zgarishlar bilan memantinning 70 dan 150 ng/ml gacha (0,5-1 mkmol) chegarasida barqaror kontsentratsiyasini keltirib chiqaradi. 5 dan 30 mg gacha sutkalik dozalari qo‘llanilganida tserebrospinal suyuqlikda va qon zardobida preparat miqdorining nisbati 0,52 ga teng. Taqsimlanish hajmi taxminan 10 l/kg ni tashkil etadi. Memantinning taxminan 45% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Biotransformatsiyasi Odam organizmida memantinning taxminan 80% dastlabki modda ko‘rinishida aylanadi, 4- va 6-gidroksimemantinga izomer bo‘lgan aralashma N-3,5 dimetil-gludantan va 1-nitrozo-3,5 dimetiladamantan asosiy metabolit bo‘lib hisoblanadi. Ushbu metabolitlarning hech biri NMDA-antagonistik faollikni namoyon qilmaydi. P450 tsitoxromini in vitro sharoitda metabolizmda ishtiroki aniqlanmagan. Peroral qabul qilingan 14C-memantinni tadqiq etish davomida dozaning o‘rtacha 84% 20 sutka davomida chiqarilgan, bunda uning 99% dan ortig‘i buyraklar orqali chiqarilgan. Chiqarilishi Memantin yarim chiqarilishining yakuniy davri 60 soatdan 100 soatgacha bo‘lgan monoeksponentsial bog‘liqlikning egri chizig‘i bo‘yicha chiqariladi. Buyrak funktsiyasi normal bo‘lgan ko‘ngillilarda umumiy klirens (Cltot) 170 ml/min/1,73m2 ga teng, umumiy buyrak klirensining bir qismi esa kanalchalar sekretsiya bilan erishiladi. Memantin farmakokinetikasining buyrak bosqichi esa shuningdek ehtimol transport oqsillaridan kelib chiquvchi kanalchalar reabsorbtsiyani ham o‘z ichiga oladi. Memantinning buyrak orqali chiqarilishi tezligi siydikning ishqoriy reaktsiyasi sharoitlarida 7-9 marta pasayishi mumkin. Siydikni ishqorlanishi ovqatlanishni keskin o‘zgarishi natijasida, masalan, go‘shtli ovqatlarga boy ratsiondan vegetariancha ratsionga o‘tilganida yoki antatsid me’da vositalari jadal qo‘llanilishi oqibatida yuz berishi mumkin. Proportsionallik Ko‘ngillilar ishtirokidagi tadqiqotlar 10-40 mg dozalar diapazonida farmakokinetikaning proportsional tabiatini namoyon qilgan. Farmakodinamik/farmakokinetik bog‘liqligi Memantinning sutkada 20 mg li dozasida tserebrospinal suyuqlikdagi miqdori darajasi memantinning ki (tormozlanish konstantasi) ko‘rsatkichiga mos keladi, bu odam bosh miyasining frontal po‘stlog‘i sohasida 0,5 mkmol ni tashkil etadi.

Katta yoshdagi patsiyentlarda o‘rtacha va og‘ir darajadagi Altsgeymer kasalligida qo‘llaniladi.

Davolashni faqat vasiy mavjud bo‘lishi sharti bilan boshlanadi, vasiy patsiyent tomonidan preparat qabul qilinishini nazorat qiladi. Tashhis amaldagi tavsiyalarga ko‘ra aniqlanadi. Memantinni o‘zlashtiraolish va dozalarini muntazam ravishda, eng yaxshisi davolash boshlanishidan 3 oy davomida baholash lozim. Keyinchalik memantinning klinik samarasini va patsiyent tomonidan uni o‘zlashtiraolinishini amaldagi klinik tavsiyalarga muvofiq muntazam ravishda baholash lozim. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashni davolash samarasi ijobiy, memantinni patsiyent tomonidan o‘zlashtiraolinishi esa yaxshi bo‘lib qolishigacha davom ettirish mumkin. Agar terapevtik samarasi belgilari yo‘qolsa yoki patsiyent tomonidan davolashni o‘zlashtiraolinishi yomonlashsa, memantin bilan davolashni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqish lozim. Kattalar: Dozani tanlash Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza bir kunda 5 mg ni tashkil etadi, mazkur dozani davolashning dastlabki 4 haftasi davomida quyidagi sxema bo‘yicha tavsiya etiladigan samarani bir maromda ushlab turuvchi dozaga erishgan holda asta-sekin oshirib boriladi: 1-hafta (1–7-kun): 5 mg dan 7 kun davomida qabul qilish kerak; 2-hafta (8–14-kun): 10 mg dan 7 kun davomida qabul qilish kerak; 3-hafta (15–21-kun): 15 mg dan 7 kun davomida qabul qilish kerak; 3-hafta (22–28-kun): 20 mg dan 7 kun davomida qabul qilish kerak. Maksimal sutkalik doza 20 mg ni tashkil etadi. Tavsiya etiladigan samarani bir maromda ushlab turuvchi doza bir kunda 20 mg ni tashkil etadi. Keksa yoshdagi patsiyentlar: Klinik tadqiqotlar natijalariga asosan 65 yoshdan katta bo‘lgan patsiyentlar uchun tavsiya etiladigan doza yuqorida ko‘rsatilganidek sutkada 20 mg ni tashkil etadi. Buyrak funktsiyasini pasayishi: Buyrak funktsiyasini yengil darajada buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 50–80 ml) bo‘lgan patsiyentlar uchun preparat dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Buyrak funktsiyasini o‘rtacha darajada buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 30–49 ml) bo‘lgan patsiyentlar uchun sutkalik dozani 10 mg gacha pasaytirish lozim. Agar davolashning eng kamida 7 kuni davomida preparat yaxshi o‘zlashtiraolinsa, dozani standart sxema bo‘yicha sutkada 20 mg gacha oshirish mumkin. Buyrak funktsiyasini og‘ir darajada buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 5–29 ml) bo‘lgan patsiyentlar uchun dozani sutkada 10 mg gacha pasaytirish lozim. Jigar funktsiyasini pasayishi: Jigar funktsiyasini yengil yoki o‘rtacha darajada buzilishi (Chayld-Pyu A, B) bo‘lgan patsiyentlar uchun dozaga tuzatish talab qilinmaydi. Jigar funktsiyasini og‘ir darajada buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda memantinni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Rekol preparatini jigar funktsiyasini og‘ir buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bolalar: Ma’lumotlar yo‘q.

Jadvalda keltirilgan quyidagi noxush reaktsiyalar Rekol preparatining klinik tadqiqotlari davomida va ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyingi davrda kuzatilgan. Nojo‘ya samaralar a’zolar tizimi bo‘yicha quyidagi sxema bo‘yicha tasniflanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1,000 dan < 1/100gacha), kam hollarda (1/10,000 dan < 1/1,000 gacha), juda kam hollarda (<1/10,000), noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida aniqlanishi mumkin bo‘lmagan). Har bir guruh doirasida tez-tezligi bo‘yicha nojo‘ya ta’sirlar ularning og‘irligi darajasi kamayib borishi tartibida taqdim etilgan.

Preparatning faol moddasiga yoki har qanday yordamchi komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Memantinning farmakologik samaralarini va ta’sir mexanizmini inobatga olgan holda quyidagi o‘zaro ta’sirlar bo‘lishi mumkin: Ta’sir mexanizmi memantin kabi NMDA-antagonistlar bir vaqtda qo‘llanilganida L-dopa, dopaminergik agonistlar va antixolinergik vositalar samaralarining kuchayishi mumkinligini nazarda tutadi. Barbituratlar va neyroleptik vositalar samaralari pasayishi mumkin. Memantin va spazmolitik vositalarni, dantrolen yoki baklofenni bir vaqtda buyurilishi ularning samaralarini modifikatsiya qilishi, dozalarga tuzatish kiritish zaruratini keltirib chiqarishi mumkin.Farmakotoksik psixoz xavfi tufayli, memantinni amantadin bilan bir vaqtda qo‘llanilishidan saqlanish lozim. Ko‘rsatilgan komponentlar NMDA-retseptorlari antagonistlari guruhiga mansub. Bu ketamin va dekstrometorfanga ham taalluqlidir. Memantin va fenitoin birgalikda qo‘llanilganida kutilishi mumkin bo‘lgan xavf hollari haqida e’lon qilingan ma’lumotlar mavjud.Amantadin kabi buyraklarning aynan shu transport tizimidan foydalanadigan tsimetidin, ranitidin, prokainamid, xinidin, xinin va nikotin bilan bir vaqtda qabul qilinganida plazmadagi miqdor darajalari oshishining potentsial xavfini keltirib chiqargan holda memantin bilan ham o‘zaro ta’sirlashishi mumkin.Memantinni gidroxlortiazid yoki gidroxlorotiazid saqlaydigan majmuaviy har qanday preparat bilan birgalikda buyurilganida qon zardobida gidroxlorotiazid miqdori darajasi pasayishi mumkin.Postmarketing qo‘llash davrida varfarinni qabul qiluvchi patsiyentlarda memantin qo‘llanilganida xalqaro normallashtirilgan nisbatning (XNN) oshishiga doir ayrim hollar qayd etilgan. Garchi sabab bog‘liqligi aniqlanmagan bo‘lsa-da, peroral antikoagulyantlarni bir vaqtda qabul qiluvchi patsiyentlarda protrombin vaqti yoki XNN yuzasidan sinchkov monitoringni olib borish zarur. Bir martalik dozalarni farmakokinetik tadqiqotlari davomida sog‘lom ko‘ngillilar orasida memantinni gliburid/metformin yoki donepezil bilan o‘zaro ta’sirlashishida sezilarli samaralar aniqlanmagan. O‘tkazilgan klinik tadqiqotlarida memantinni yosh sog‘lom ko‘ngillilarda galantamin farmakokinetikasiga ta’siri ham aniqlanmagan. Memantin in vitro sharoitda CYP 1A2, 2A6, 2C9, 2D6, 2E1, 3A, flavin saqlovchi monooksigenaza, epoksidgidrolaza yoki sulfationning ingibitori bo‘lib hisoblanmaydi.

Preparatni tutqanoq bilan kasallangan bemorlarga, anamnezda tirishish epizodlari bo‘lgan patsiyentlarga, shuningdek tutqanoq rivojlanishi xavfi omillari bo‘lgan patsiyentlarga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Amantadin, ketamin yoki dekstrometorfan kabi N-metil-D-aspartat (NMDA)-antagonistlarini bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish lozim. Ushbu birikmalar memantin ta’sir qiladigan aynan o‘sha retseptorlar tizimiga ta’sir qiladi, shuning uchun nojo‘ya reaktsiyalar (asosan MNT tomonidan) tez-tez yuzaga kelishi va yanada yaqqol ifodalangan bo‘lishi mumkin. Siydik pH darajasi oshishini chaqiruvchi ayrim omillar patsiyentni sinchkov kuzatish zaruratini keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘rsatilgan omillar ovqatlanish tartibida keskin o‘zgarishlarni, masalan go‘shtli taomlarga boy ratsionni vegeterian taomlarga almashtirishni yoki antatsid me’da vositalarini jadal qo‘llanilishini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, tubulyar buyrak atsidozi yoki Proteus bacteria keltirib chiqaradigan siydik yo‘llarining og‘ir infektsiyalari oqibatida siydik rN darajasi oshishi mumkin. Klinik tadqiqotlarining ko‘pchiligida yaqin orada miokard infarktini o‘tkazgan patsiyentlar va dekompensatsiyalangan turg‘un yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifiga ko‘ra III–IV darajada) bo‘lgan patsiyentlar, shuningdek arterial bosimi nazorat qilinmaydigan darajada yuqori bo‘lgan patsiyentlar ishtirokchilar safidan chiqarilgan. Buning oqibatida cheklangan tegishli ma’lumotlar mavjud, bunday kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar ustidan esa sinchkov kuzatuv zarur. Yordamchi moddalar: preparat sorbit saqlaydi, shu sababli kam uchraydigan nasliy fruktozani o‘zlashtiraolmaydigan patsiyentlarga uni qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik davri Memantinni homiladorlikning kechishiga ta’siri haqidagi ma’lumotlar yo‘q yoki cheklangan miqdorda mavjud. Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar odamlardagiga nisbatan bir xil yoki bir muncha yuqori kontsentratsiyalar ta’sirida ona qornida o‘sishning sekinlashishi mumkinligini ko‘rsatadi. Odam uchun potentsial xavf noma’lum. Memantinni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas, aniq va yaqqol zaruratdan kelib chiqadigan hollar bundan mustasno. Laktatsiya davri Memantinni ko‘krak suti bilan ajralishi noma’lum, biroq substantsiyaning lipofilligini inobatga olgan holda buning ehtimoli bor. Memantinni qo‘llayotgan ayollar emizishdan saqlanishlari kerak. Fertillik Memantinni erkaklar yoki ayollarda reproduktiv faoliyatga salbiy ta’siri aniqlanmagan. Avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri O‘rtachadan to og‘ir shakllarigacha bo‘lgan Altsgeymer kasalligi odatda avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyati yomonlashishini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari Rekol avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga sezilarli bo‘lmagan yoki o‘rtacha ta’sir ko‘rsatadi, shu sababli ambulatoriya sharoitidagi patsiyentlarni alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurati to‘g‘risida ogohlantirish lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi bo‘yicha cheklangan ma’lumotlar mavjud bo‘lib, ular klinik tadqiqotlar davomida va memantinni ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi qo‘llanilishi tajribasida olingan. Simptomlari Nisbatan yuqori dozalarda (3 kun davomida sutkada 200 mg va 105 mg) qo‘llanilganida toliqish, xolsizlik va/yoki diareya qayd etilgan yoki simptomlar mavjud bo‘lmagan. 140 mg dan kam dozada qabul qilinganida yoki noma’lum doza qabul qilingan taqdirda, patsiyentlarda MNT tomonidan nojo‘ya reaktsiyalar (ongni chalkashishi, gipersonmiya, uyquchanlik, vertigo, qo‘zg‘aluvchanlik, tajovuzkorlik, gallyutsinatsiyalar, qadam tashlashning buzilishi) va/yoki ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qusish, diareya kuzatilgan. Dozani oshirib yuborilishining eng og‘ir holatida patsiyent memantinni 2000 mg dozada ichga qabul qilganidan keyin tirik qolgan, unda 10 kun davomida koma, so‘ngra diplopiya va ajitatsiya) kuzatilgan. Patsiyent simptomatik davolash va plazmafarezni olgan. Patsiyent keyingi asoratlarsiz sog‘aygan. Dozani oshirib yuborilishining boshqa og‘ir holatida patsiyent memantinni 400 mg dozada ichga qabul qilganidan keyin tirik qolgan va sog‘aygan. Patsiyentda MNT tomonidan nojo‘ya reaktsiyalar (bezovtalik, psixoz, ko‘rish bilan bog‘liq gallyutsinatsiyalar, tirishishga tayyorlik bo‘sag‘asini pasayishi, uyquchanlik, stupor va hushdan ketish) kuzatilgan. Davolash Dozani oshirib yuborilganida simptomatik davolashni o‘tkazish tavsiya etiladi. Intoksikatsiyada yoki dozani oshirib yuborilganida maxsus antidot yo‘q. Moddani me’dadan chiqarilishiga qaratilgan standart davolash tadbirlarini, masalan, me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish (potentsial ichak-jigar retsirkulyatsiyasini oldini olish), siydikda kislotali reaktsiyani hosil qilishni o‘tkazish zarur, jadallashtirilgan diurez o‘tkazilishi mumkin. MNT ni o‘ta rag‘batlantirish belgilari va simptomlarida simptomatik davolashni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish lozim.

3 yil. Ulashish: 2 230 Views