Rekatsefretsept bilan

Tarkibi:

faol moddalar: tseftriakson natriy tseftriaksonga ekvivalent – 100 mg; sulbaktam natriy sulbaktamga ekvivalent – 500 mg; yordamchi modda: inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tseftriakson, sulbaktam

Preparatning savdo nomi:

Rekatsef

Farmakalogik guruhi:

antibakterial vosita (tsefalosporinlarning III avlodi)

Dori shakli:

inyektsiya qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun.

deyarli oq rangli kristall kukun.

antibakterial vosita (tsefalosporinlarning III avlodi)

J01DA63

Mushak ichiga yuborilganidan so‘ng tseftriakson va sulbaktamning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi 15 minut va 2 soatlar orasida aniqlanadi. Tseftriaksonning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi mushak ichiga bir martalik dozasi 1,0 g yuborilganidan so‘ng taxminan 81 mg/l ni tashkil etadi va 2-3 soat davomida aniqlanadi, ayni paytda sulbaktam natriyning kontsentratsiyasi esa 6-24 mg/ml ni tashkil etadi va doza yuborilganidan keyin 1 soat davomida aniqlanadi. Tavsiya etilgan dozalarda vena ichiga qo‘llanganida tseftriakson natriy organizmning a’zolari va to‘qimalariga yaxshi taqsimlanadi. Bakteritsid kontsentratsiyalari 24 soat davomida tutib turiladi. Tseftriakson albumin bilan qayuvchan bog‘lanadi, va kontsentratsiyasi oshishi bilan bog‘lanishi kamayadi, masalan, plazmadagi kontsentratsiyasi <100 mg/l bo‘lganida bog‘lanishi 95% dan 300 mg/l bo‘lganida bog‘lanishi 85% gacha kamayadi. Albuminning miqdori kamligi tufayli, erkin tseftriaksonning to‘qima suyuqligidagi proportsiyasi plazmadagiga nisbatan muvofiq ravishda yuqori bo‘ladi. Tseftriakson natriyning taqsimlanish xajmi 7-12 l ni tashkil etadi va sulbaktamniki esa 18-27,6 l ni tashkil etadi. Ikkalasi xam amniotik suyuqlikka keng taqsimlanadi. U shuningdek sutda ham aniqlanadi. Yosh va katta yoshdagi sog‘lom ko‘ngillilarda plazmaning tozalanish koeffitsiyenti minutiga 10-22 ml ni tashkil etadi. Jigarning tozalanishi minutiga 5-12 ml tashkil etadi. Taxminan 75-85% sulbaktam va 50-80% tseftriakson o‘zgarmagan holda buyraklar orqali, qolgan doza esa, safro bilan chiqariladi. Tseftriaksonning plazmadagi o‘rtacha yarim parchalanish davri sog‘lom yosh, katta yoshdagi ko‘ngillilarda 8 soatni tashkil etadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda siydik bilan chiqarilishi dozasining taxminan 70% ni tashkil etadi. Sakkiz kunlikdan kichik bolalarda va 75 yoshdan oshgan keksa odamlarda yarim parchalanish vaqti odatda sog‘lom, yosh odamlar guruhiga nisbatan 2-3 marta yuqori bo‘ladi. Sulbaktamning plazmadagi o‘rtacha yarim parchalanish vaqti taxminan 1 soat. Gemodializ sulbaktamning yarim parchalanish vaqtini, organizmdan umumiy chiqarilishini, taqsimlash hajmini o‘zgartiradi. Pediatriyada o‘tkazilgan tadqiqotlar, majmuaviy shaklda yuborilganida tseftriaksonning komponentlarini farmakokinetikasi ahamiyatli o‘zgarishlarga ega emasligini ko‘rsatdi.

Rekatsef, unga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan, quyidagi infektsiyalarni davolash uchun buyuriladi: yuqori va quyi nafas yo‘llari va LOR-a’zolarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklari (shu jumladan, o‘tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, kasalxonadan tashqari pnevmoniya, o‘pka abstsessi, plevra empiyemasi, o‘rta quloqni o‘tkir bakterial otiti);teri va yumshoq to‘qimalarning infektsion-yallig‘lanishli kasalliklari;siydik jinsiy a’zolarning infektsion-yallig‘lanishli kasalliklari (piyelit, o‘tkir va surunkali piyelonefrit, tsistit, prostatit, epididimit va boshq.);suyak va bo‘g‘imlar, yuz-jag‘ sohasining infektsion-yallig‘lanishli kasalliklari;qorin bo‘shlig‘i a’zolarini infektsion-yallig‘lanish kasalliklari (peritonit, xoletsistit, pankreatit va boshqalar.);asoratlanmagan gonoreya, shu jumladan penitsillinaza ishlab chiqaradigan mikroorganizmlar chaqirgan gonoreya;sepsis va bakterial septitsemiya;bakterial meningit va endokardit;yumshoq shankr va sifilis;Laym kasalligi (spiroxetoz);salmonellyoz va salmonella tashuvchilar;immuniteti kuchsizlangan patsiyentlardagi infektsiyalar;operatsiyadan keyingi infektsion asoratlarni oldini olish. Operatsiyadan keyingi infektsion asoratlarni oldini olish: operatsiyadan oldin preparatni yuborish operatsiyadan keyingi infektsiyalar havfini kamaytirishi mumkin. Operatsiya o‘tkaziladigan patsiyentlar (masalan, vaginal abdominal gisterektomiya, havf guruhidagi patsiyentlarda surunkali kalkulyoz xoletsistit bo‘lganda xoletsistektomiya, antimikrob preparatlar yuborishni talab qilmaydigan o‘tkir xoletsistit, obstruktiv sariqlik yoki o‘t yo‘llariga toshlarni tiqilib qolishi va boshqalar.) infektsiyani rivojlanishiga nisbatan potentsial havfli hisoblanadilar. Shuningdek, operatsiya maydoni jiddiy havf solishi mumkin bo‘lgan patsiyentlar (masalan, aorta-koronar shuntlash vaqtida) ham infektsiyani rivojlanishiga nisbatan potentsial havfli hisoblanadilar.

Kattalar uchun tseftriaksonning odatdagi sutkalik dozasi 1-2 grammni tashkil etadi, u infektsiyaning turi va jiddiyligiga qarab, kuniga 1 marta (yoki teng bo‘lingan dozalarda kuniga ikki marta) yuboriladi. Maksimal sutkalik dozasi 4 grammdan oshmasligi kerak. Buyraklarni yaqqol buzilishlari (KK minutiga 15-30 ml) bo‘lgan bemorlarda preparatning maksimal dozasi har 12 soatda 1 g ni tashkil etadi (sulbaktamning maksimal sutkalik dozasi – 2 g), KK minutiga 15 ml dan kam bo‘lgan bemorlarda esa, sulbaktamning maksimal dozasi har 12 soatda 500 mg ni tashkil etadi (sulbaktamning maksimal sutkalik dozasi – 1 g).

Preparat qabul qilinganida allergik reaktsiyalar (eshakemi, qichishish, eozinofiliya, zardob kasalligi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, anafilaktik reaktsiyalar, kam hollarda – anafilaktik shok) paydo bo‘lishi mumkin; stomatit, glossit, ovqat hazm qilish tizimi tomonidan esa ko‘ngil aynishi, qusish, ta’m sezishni yo‘qolishi, qorin og‘rig‘i, disbakterioz, superinfektsiya soxta membranoz kolit. Periferik qon ko‘rsatkichlarini o‘zgarishlari: neytropeniya, limfopeniya, trombotsitopeniya, kam hollarda – gemolitik anemiya bo‘lishi mumkin, ayrim hollarda qon zardobidagi plazma omillarining (II, VII, IX, X) darajasi pasayadi, protrombin vaqti uzayadi, burundan qon ketishi kuzatiladi, xolestatik sariqlik rivojlanadi, siydikda: kreatininni darajasi oshadi, tsilindrlar paydo bo‘ladi; oliguriya, anuriya, bioximik o‘zgarishlar (jigar transaminazalari faolligini va qon plazmasida bilirubinni oshishi), o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, aritmiyalar, bosh og‘rig‘i, yuborilgan joyda og‘riq va infiltrat, ayrim hollarda vena ichiga yuborilganida – flebit yoki tromboflebit kuzatilishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yoki penitsillinga, shuningdek lidokainga (mushak ichiga yuborishda) ma’lum allergiyasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas. Jigar va buyrak yetishmovchiligi, anamnezdagi me’da-ichak yo‘llari kasalliklari, ayniqsa nospetsifik yarali kolit yoki enteritda, homiladorlik, laktatsiya vaqtida qo‘llash mumkin emas.

Tsefalosporinlar va tsiklosporin bir vaqtda qo‘llanganida, tsiklosporinning qon plazmasidagi darajasi va toksikligi oshishi mumkin. Aminoglikozidlar bilan majmuada qo‘llanganda sinergizm oqibatida grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan samaradorligi kuchayadi, ammo ularning optimal dozalarini tanlash kerak. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, antiagregantlar qon ketish ehtimolini oshiradi, halqali diuretiklar va nefrotoksik preparatlar (aminoglikozidlar, polimiksin V) buyrak faoliyatini buzilishini chaqiradi. Diklofenak bilan birga qo‘llanganida tseftriaksonni safroga ajralishini rag‘batlantiradi va siydikdagi umumiy klirensini pasaytiradi. Atsetalozamid me’da shirasidagi tseftriaksonning kontsentratsiyasini oshiradi. Tseftriaksonning eritmalarini boshqa mikroblarga qarshi preparatlar bilan aralashtirish yoki bir vaqtda yuborish mumkin emas. Tseftriaksonni kaltsiy saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.

Jiddiy anafilaktik reaktsiyalarda epinefrinni (adrenalinni) shoshilinch holatda yuborish kerak. Vena ichiga glyukokortikosteroidlar yuboriladi va nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligi ta’minlanadi, shu jumladan intubatsiya qilinadi. O‘t chiqarish yo‘llarining og‘ir obstruktsiyasida, og‘ir darajadagi jigar kasalliklarida, shuningdek buyrak faoliyatini buzilishlarida, preparatning dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinadi. Jigar faoliyatini buzilishlari va buyraklar faoliyatini yondosh buzilishlari bo‘lgan bemorlarda tseftriaksonning zardobdagi kontsentratsiyasini monitoring o‘tkazish va zarurati bo‘lganida uning dozasiga tuzatish kiritish kerak. Agar bunday hollarda tseftriaksonning zardobdagi kontsentratsiyasini muntazam monitoring o‘tkazilmasa, u holda uning dozasi 2 g dan oshmasligi kerak. Preparat bilan uzoq muddat davolashda (boshqa antibiotiklar kabi) sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni xaddan ziyod o‘sishi kuzatilishi mumkin. Davolash vaqtida bemorlarni sinchiklab kuzatish kerak. Preparat bilan uzoq muddat davolashda ichki a’zolar faoliyatini, shu jumladan buyraklar, jigar va qon yaratish tizimi ko‘rsatkichlarini, vaqti-vaqti bilan nazorat qilish tavsiya etiladi. Bu ayniqsa yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, eng avvalo chala tug‘ilgan chaqaloqlar va kichik yoshli bolalar uchun muximdir.

Homiladorlik va laktatsiya davrida faqat ona uchun kutilgan foyda, homila va bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan hollarda qo‘llanishi mumkin.

Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, +25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Tayyor eritmani tayyorlangandan so‘ng darhol ishlatish kerak.

Simptomlari: nojo‘ya ta’sirlarini kuchayishi. Davolash: simptomatik, gemodializ yoki peritoneal dializ samarasiz.

Retsept bo‘yicha

Inyektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun. Tiniq shisha flakonda. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.